Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
262 — Sen non berganlarga xiyonat qiluvding. Endi haqini to‘la. — Ayb menda emas. — Mening bobomga, Ismoilbey og‘amga kafanni o‘zbeklar berishgan edi. Sen esa kafanga zor bo‘lib o‘lasan. Shu narsaga aqling yetadimi sening? — Ha, tushunaman. — Tushunmaysan. Sen nafsingga qul bo‘lib yashagan eding, endi kafanliging ham nafs bo‘ladi. — Meni o‘ldirasizmi? — Ha. Esingdami, Farg‘onadan qochayotganingda qayoqqa borsang ham izlab topib, otaman devdim. — Zeli og‘a, unday demang, men sizni hurmat qilaman. — Ha... o‘shanda ham shunday devding. Sen meni hurmat qilolmaysan. Chunki men o‘lganman. Eshitmovdingmi? — Eshitganman. — Oxirgi ko‘rishganimizdagi gapim esingdami? «Sen meni kutgin, bir kunmas bir kun uyingga kirib boraman. Agar bir balo bo‘lib qamalib ketsam, odam yuboraman. Seni o‘ldirish – men uchun qiyomat qarz!» demaganmidim? Men seni topdim. Endi qarzni uzish kerak. To‘pponchadagi o‘q seni kutaverib zanglab ketdi. Zelixon shunday dedi, ammo qo‘lida to‘pponcha ko‘rinmadi. Panjalarini ochgan ravishda unga yaqinlashdi. So‘ng bo‘g‘di... Xaridorgir do‘zax ahli qatorida umr kechirgan Selimning hayoti shu tarzda poyoniga yetdi. Shoir aytmoqchi: Seskanmay shum nafsning xohishlaridan, Mast bo‘lib shaytonning olqishlaridan, Qo‘rqmasdan mazlumning qarg‘ishlaridan Umri ham o‘tdi... Selimning so‘nggi nafasi shu tarzda kechib, «yurak xurujidan jon berdi», deb rasmiylashtirildi. Asadbek Selimning Xongirey qarmog‘iga qanday ilinganini o‘ylab o‘tirgan paytda «shaxsi noma’lum» deb topilgan narkokurerning jasadi kuydirishga tayyorlanardi... 2 Jalil Abdulhamidning kundan kun so‘lib borayotganini ko‘rib, Asadbekka bildirmay, Muhiddin otani olib keldi. «Hozir oshnamning yonida suyanadigan bir odam bo‘lishi kerak. Mening tilim yomon, suyanaman, deganida bir gap aytvorib, dilini battar xira qilaman», deb qo‘ydi. Otaning kelishi Asadbek uchun ayni muddao bo‘ldi. Suhbatlashib o‘tirgan choqlari Asadbek g‘am-tashvishdan bir oz uzoqlashgan bo‘lardi-yu, lekin yolg‘iz qolganida iztirobli xayollar yana band etaverardi. U moskvalik vrachning kasallik haqidagi gapini ko‘p o‘yladi. O‘ylay-o‘ylay gumonlari oqimi Xongirey tomonga burilavergach, Abdusamadni chaqirib, gapga tutdi. Abdusamad xorijda ekanliklarida do‘xtir zotiga yaqinlashmaganlarini ayta turib, Moskvada tut-qun bo‘lgan kechasi bilak tomiridan qon olishganini aytdi. Asadbek esladi: o‘shanda ham aytishuvdi, qoradori iste’mol qilinganini aniqlash uchun olishgan ekan. O‘shanda bunga ishongan edi. Abdusamadning gapidan so‘ng gumon haqiqatga aylanib, Asadbek Ilikoga qo‘ng‘iroq qildi. «O‘g‘limga yomon kasallik yuqqan. Moskvadagi qamoqxonada qon olishganda yuqtirishgan», deyishining o‘ziyoq Ilikoga kifoya qildi. Asadbekning «ikki-uch kundan keyin borayinmi?» degan taklifini butunlay rad etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling