Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
264 Abdulhamid «men bu ilmlarni egallay olmadim», degan afsusini tiliga chiqarmadi. Buning o‘rniga chuqur nafas oldi. Asadbek o‘g‘lining armonini anglab, ko‘ngliga malham bo‘lguvchi so‘z aytmoqni ixtiyor etdi-yu, shunday so‘z tiliga kelmadi. Buyruq berishga, ba’zan haqoratlashga o‘rganib qolgan til o‘z farzandiga tasalli so‘zlarini aytmoqqa ojizlik qilib qoldi. Umri kuzagining adog‘iga yetib qolganini anglab yetgan Abdulhamid yolg‘iz qolgan kezlari o‘y o‘ylab ota-onasiga ba’zi gaplarni aytmoqlikni istardi. U onasini qanday ovutishni bilmasdi. Onalik baxti nimaligini endi ko‘raman, deb turgan ayol kulfat bo‘roniga duch kelganda uni qanday yupatish mumkin? «Oyijon, mendan rozi bo‘ling. Sizday onaga o‘g‘il qilib dunyoga keltirgani uchun Ollohga hazor-hazor shukrlar aytaman. Sizning xizmatingizni qilish qismatda yo‘q ekan... Xudo sizga sabrni mo‘l-mo‘l qilib bergan. Oyijon, keliningizning boshi qorong‘u, agar Xudo qiz bersa unga «Yodgora» deb ism qo‘ymanglar. O‘zingizga o‘xshasin, «Manzura» deb qo‘ying... Keliningiz istagan yerida yashasin. Turmush qursin, meni deb yolg‘iz o‘tmasin, gunoh bo‘ladi...» Abdulhamid shunga o‘xshash allaqancha gaplarni hozirlab qo‘yardi-yu, onasi kirib kelishi bilan o‘ylari bug‘ kabi ko‘tarilib ketardi. Bu gaplaridagi har bir so‘z zaharli o‘qqa aylanib, onasi yuragiga sanchilib, uni yaralab, beadoq azoblarga giriftor etmog‘iga aqli yetarli. Ona o‘g‘lini quchoqlab, o‘pib, ko‘z yosh to‘kardi. O‘g‘il onani quchoqlab, o‘pib, ko‘z yosh to‘kishdan o‘zini tiyardi... Dunyoga kelganida olam-olam quvonch baxsh etgan farzand onasini olam-olam anduhi furqat dengiziga g‘arq qilib, tarki jon qilishga hozirlanardi. Abdulhamid ayniqsa otasiga ko‘p gaplarni aytmoqni istardi. U otasi haqidagi mish- mishlarga uncha ishonmasa ham, bu boylik, bu e’tibor haromlik soyining oqavalari ekaniga aqli yetib turardi. Xorijga ketmasidan avval, ayniqsa doktor Xudoyorning qanoti ostiga o‘tmasidan oldin bu boylik, bu shon-shuhratni Xudo tomonidan berilgan tabiiy ne’mat deb bilardi. Keyin-keyin Xudo emas, shayton alayhila’na mukofoti ekanini anglay borib, ko‘p siqildi. O‘g‘il haddida turish uning uchun g‘oyat og‘ir kechdi. Uning ruhi ikki o‘t oralig‘ida jizg‘anak bo‘ldi. Shaytonning mukofotlaridan shodon yashaganliklari evaziga Yaratganning ajri halitdan berila boshlaganini Moskvadagi turmada o‘tirganidayoq his etdi u. Abdulhamid otasiga aytar so‘zlarini Muhiddin ota vositasida yetkazmoqni xayol qildi. Muhiddin ota kirganida u o‘zini ancha yengil his etardi. Xuddi doktor Xudoyor huzurida ruhiga quvvat olganday. Asadbek o‘g‘lini yupatuvchi so‘zlarni izlab o‘tirganida Muhiddin ota kirib, mushkulini oson etdi. — Ada, ishingizga boravering, bugun ancha tetikman. Otam bilan gaplashib o‘tiraman, — dedi Abdulhamid jilmayishga harakat qilib. Jilmayishga uringan lablar bilan hayot nuri so‘nayotgan ko‘zlar orasidagi masofa juda qisqa, ota bilan farzandning ayriliq onlari esa bundan-da yaqin edi. Asadbekning g‘ash ko‘ngli nimanidir sezganday bo‘l- di-yu, lekin ayriliq omburi ishga kirishganini idrok eta olmay, o‘g‘lining gapiga ishondi. Hovliga chiqqanida Manzuraning odatdagiday «ahvoli yaxshimi?» degan savol nazari bilan qarshilandi. — Ishga borib kelavering, deyapti, bugun ancha tetik, a? — dedi Asadbek. Bir necha daqiqa avval o‘g‘lining huzuridan chiqqan Manzura unda tetiklik nishonasini ko‘rmagan bo‘lsa ham, erining gapiga ishongan bo‘lib: — Xudoga shukr! — deb qo‘ydi. Hakimlar aytadilarki: to‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi bilgay: yoshlikning qadrini yoshi o‘tib qolganlar, tinchlik-xotirjamlik qadrini boshiga balo tushganlar biladi. Sog‘liq- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling