Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet266/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
266
Uning «adamga shunday do‘st bo‘ling, tavbaga yetaklang, iymonsiz ketmasinlar» 
demoqchi ekanini Muhiddin ota tushundi. So‘nggi nafaslarini olayotgan yigit otasining 
zulm yo‘lidan qaytishini istab, bobo qadrdoniga vasiyat qilayotganini ham angladi... 
Muhiddin ota ayvonga chiqishi bilan Asadbek unga yalt etib qaradi: otaning salla o‘rniga 
do‘ppisi atrofiga bog‘lab yuruvchi oq chit ro‘molning yo‘qligi unga yomonlikdan xabar 
berib, tanasidan jon chiqib ketganday bo‘ldi. Qimirlashga ham, so‘z aytishga ham holi 
qolmadi. 
Mehmonxonada ivirsib yurgan Manzura ayvonga chiqib turib qolgan otani ko‘riboq, 
«Voy, bolam!» deb yugurib qolganini o‘zi ham sezmadi. 
Muhiddin ota er-xotin kelgunicha joyidan jilmadi. So‘ng:
— Olloh sizlarga sabri-jamiil ato etsin. Inna lillahi va inna ilahi rojiu’n*, — dedi-da, ilova 
qildi: — Olloh farzandu arjumandingizga imon kalimasi bilan jon taslim etmoq baxtini 
berdi... 
O‘sha onda na Asadbek, na Manzura bu baxtning ma’nosini angladilar... 
_____________ 
* Ma’nosi budir: «Biz barchamiz Ollohnikimiz va unga qaytguchimizdir. 
3 
Kamalak — chiroyli, lekin isitmaydi. Astoydil yoki til uchida aytilgan hamdardlik so‘zlari 
qanchalar ko‘p bo‘lsa-da, qalb yarasiga malham bo‘la olmas edi. Asadbek zaif jismiga 
quvvat, majruh va dardli ko‘ngliga sihhat yetishmay bu dunyoni tashlab ketgan o‘g‘li 
hajrida o‘rtangan kezlari o‘zicha bir haqiqatni kashf etdi: har qancha qiyinchilikka duch 
kelsa bayon etarga bir mehribon do‘st, boshiga har qanday qattiqchilik yetsa izhor 
qilarga sirdosh o‘rtoqlar zarur ekan. Birgina Jalil uning yarasiga malham bo‘la olmas 
ekan. Har kim aybsiz do‘st qidirsa, do‘sti kamayaverarkan, do‘stlarini ranjitaversa, 
dushmani ko‘payarkan. Asadbek shundaylardan ekaniga ishondi. Bir kuni Jalilga hazil 
aralash «Sen meni yaxshi ko‘rasanmi?» deganida, oshnasi jiddiy tarzda «Yaxshi 
ko‘raman, lekin Xudoni ko‘proq yaxshi ko‘raman», deb uni mulzam qilgan edi. 
Donishmandlar «dunyo nadir?» deb so‘rashganida, u «bir ohga arzimas matoh», degan 
ekan. O‘g‘lining o‘limidan so‘ng butun topgan-yiqqanlari yarimta ohga arzimasligini 
tushundi. Hayot bor joyda o‘lim ham muqarrar mavjudligini barcha bilsa-da, xuddi 
bundan bexabarday dunyodan ko‘ngil uzmay, tirishgandan tirishadi. Bilmaydiki, barcha 
xatolarning asli aynan shu dunyoga muhabbatdir. 
Asadbek xastalanib, hayotdan umidini uzib qo‘ygan paytda, aniqrog‘i, Jalil Buxorodan 
tilla tanga olib kelgan kuni, ikki oshna hayot haqida ezilib suhbatlashishgan edi. 
— Shu tilla tanga necha yuz yil avval quyilgan ekan. Nechta qo‘ldan o‘tgan, nechta 
odam shuni deb bir-birini o‘ldirgan ekan. Agar hozir ko‘chaga chiqarib tashlasang, yana 
nechta odam shuni deb bir-birining go‘shtini yerkin? 
— Odamlar tilla uchun olishmaydilar, aslida yashash uchun olishadilar. Bu tilla yaxshi 
yashashning bir vositasi, — deb javob bergandi. 
— Birovni abgor qilib yaxshi yashashdan ko‘ra, birovning qarg‘ishiga qolmay 
kambag‘allikda umr kechirgan a’lo emasmi? Payg‘ambarimiz «kambag‘alligim – faxrim» 
degan ekanlar. Eshitmaganmisan? 
— Odam o‘zini majburlab kambag‘allikda yashashi shartmi? Men kambag‘al odamning 
baxtli bo‘lganini ko‘rmaganman. 
— Unda sen baxtli ekansanda, a? 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling