Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
261 qo‘ymasliklari... Asadbekning vujudi bir to‘lg‘onib oldi-yu, ammo o‘zini bosishga kuch topdi. Jamshid yangiliklarini bayon etish jarayonida Xongireyning maqsadini anglaganiga ishora qilgandi. Shu sababli Asadbek o‘ylaganlarini, gumonlarini, xulosalarini unga oshkor qilmadi. Faqat «Sergak bo‘lib tur», deb ogohlantirdi. Jamshid ketgach, Asadbek uning gaplarini yana fikr tarozusidan bir-bir o‘tkazdi. Uning Selim bilan yaqin salom-aligi bo‘lmasa-da, qoradori bilan shug‘ullanishini yaxshi bilardi. Hosilboyvachcha bilan kelisholmay yurishidan ham xabardor edi. O‘tgan yilgi g‘alvalardan so‘ng uning izini yo‘qotgan edi. Bu yil kutilmaganda paydo bo‘lishi, yana Kesakpolvon bilan osh-qatiq bo‘lishligi sabablarini Asadbek hali tushunib ulgurmay, ish bu tomonga aylanibdi. Mamatbey «yuragi chatoq» degan bo‘lsa, demak, Selimga birinchi so‘roq ham nasib etmaydi. Militsiyaga ko‘p gaplarni aytishi mumkin bo‘lgan odamning ko‘p yashashiga yo‘l berilmaydi. Bu masalada Asadbek yanglishmagan edi. Jamshid Novosibirdan uchgan paytda bir kishilik qamoqxonada o‘tirgan Selimning baquvvat yuragi urishdan to‘xtagan edi... Selim Xongireyning qahrli nigohiga ro‘para kelgan ondayoq uning ko‘zlaridan o‘lim hukmini o‘qigan edi. Restorandagi talvasasi bejiz emasdi. Lekin Mamatbeyning gapiga ishonib, shafqatga umid qildi. Krasnoyarga jo‘natilishida ham bir zulmni sezib tursa-da, yana umidga aldandi. Hatto militsiya mashinasiga o‘tirayotganida, qamoq xonasiga kirganida ham umidini uzmagandi. Xongireyning atrofida zir qaqshab yashagandan ko‘ra, turmada umr kechirish unga rohatday ko‘rinib, bu qismatidan rozi bo‘ldi. Boshidagi garanglik chekinib, xayoli bir oz ravshanlashgach, ko‘rguliklarini idrok etmoqchi bo‘ldi. U Mamatbey aytganiday, katta ovga bir martagina qo‘l urmoqchi bo‘luvdi. Og‘zi kuyib, tavba qilib, qatiqni ham puflab ichadigan bo‘lib qolsa-da, baribir hali u tomondan, hali bu tomondan turtkilayverishlariga u hayron edi. «Onangni ko‘rsataman», deb yurgan Hosilboyvachchaning o‘zi ko‘radiganini ko‘rdi. Zelixon ham o‘ldirmoqchi edi, u ham nasibasiga yarashasini oldi. Endi Xongirey... U «o‘ldiraman», degani yo‘q... Selim shunisidan qo‘rqdi... U «So‘roq qachon boshlanarkin, qiynasa ham chidashim kerak, Xongireyni sotsam, shu yerda chiritadi», deb o‘ylab o‘tirganida eshik ochilib, ikki yigit kirib keldi-yu, ura boshladi. Selim buni «so‘roq oldidan tayyorgarlik», deb bilib, bukchayib, boshini qo‘llari orasiga olganicha chidadi, ovoz chiqarmadi. Yigitlar tez charchashdimi yo birinchi galdagi «ishlov» shunday kamroq belgilanganmidi, urishni bas qilishib, chiqib ketishdi. Selim shundan keyingina ixranishini boshladi. Shunday keyingina kaltak zarblari o‘z kuchini ko‘rsatdi. Ko‘ngli ag‘darildi. «Ichimda bir nima yorildi», deb o‘yladi u. Oradan yarim soat o‘tmay, yigitlar qaytib kirishdi. Selim avvalgi safar e’tibor bermagan edi, yigitlar uning yuziga tegishmay, faqat qorni, biqiniyu ko‘kragini mo‘ljallab urishardi. «Selim «nega shunday?» deyishga ulgurmadi. Hushidan ketdi. Shu asnoda yana qancha tepki, qancha musht yeganini bilmadi. ...Og‘riqlar vujudini tark etib, qush kabi yengil tortdi. Hatto ucha boshladi. Dalalar, tog‘lar ustidan uchib o‘tdi. Rohatlandi. Farg‘onadagi uyigacha bordi. Qo‘ndi. Lekin... Uyga qo‘ndim, deb o‘ylab quvonuvdi. Yo‘q... qarasa, qamoq xonasiga qo‘nibdi... Eshik og‘zida kimdir turibdi. Urgan yigitlarga o‘xshamaydi. Diqqat bilan tikildi: Zelixonmi? Ha, Zelixon... — Boshingga itning kuni tushibdi-ku? — dedi Zelixon kulib. — Men bunchalik bo‘larini kutmagan edim, — dedi Selim. — Qanaqa bo‘ladi, deb o‘ylovding? — Bilmayman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling