Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet258/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
o‘ylashsin-chi, kimni taklif etisharkin», degan fikrda ulardan javob talab qilib
shoshirmadi. Ulardan sado chiqavermagach, ikkovini hayrat dengiziga uloqtirib: 
— Xongireyning fikricha bu safar tavakkal qilmay, ikkovlaringdan birlaring borishlaring 
kerak,— dedi. 
Bu kutilmagan taklif Selimni ham, Kesakpolvonni ham dovdiratib qo‘ydi. Ayniqsa o‘zini 
bu tomonlarning xo‘jayini deb yurgan Kesakpolvon dastyorlikka tushib qolishini hazm 
qila olmadi. Ichida «Xongireyingni ham, o‘zingni ham...» deb so‘kindi-da, «Bu senbop 
ish ekan», degan ma’noda Selimga qaradi. Selim ham o‘z navbatida «Men Xongireyning 
bu yerdagi vakiliman, demak, bu ishni senga yuklayman», degan ma’noda unga tikilib 
oldi. 
Mamatbey ichki talvasadagi bu ikki odamning holatidan o‘zicha kulib qo‘ydi-da, ajrim 
chiqardi: 
— Haydar bu sohani yaxshi bilmaydi. Selim, sen bunaqa ishda har qanaqa itni tiriklayin 
yutvoradigan bo‘lib qolgansan. Knyazga bir xizmat qilib, o‘zingni oqlab olmaysanmi? 
Haydar ishonchli yigitlaridan birini senga dastyorlikka beradi. 
Mamatbey muloyim ohangda gapirgan bo‘lsa ham, Selim taklif emas, buyruq berilganini, 
itoat etishga majburligini anglab, bu fikr Kesakpolvondan chiqqanday unga o‘qrayib 
qarab qo‘ydi. Kesakpolvon beradigan yigit dastyor emas, uni bir qadam nari-beriga 
yurishga yo‘l qo‘ymaydigan qo‘riqchi ekanini angladi. 
3 
Selimning yonida kim borishi o‘ylanayotgan paytda Jamshid Tarzanni Asadbekka ro‘para 
qilib, uchrashuv natijasini ko‘chada kutib turgan edi. Xojasi atrofiga ishonchli yigitlarni 
to‘plash niyati borligini aytmasa-da, Jamshid uning maqsadini uqib, Tarzanni ham, uning 
yigitlarini ham avval o‘zi chig‘iriqdan o‘tkazib ko‘rgan edi. Tarzanning Asadbekka ma’qul 
kelishiga ishonib, yanglishmagan ekan. Asadbek Tarzanga ijozat bergach, Jamshidni 
chaqirib «bu bollardan o‘zing ko‘z-quloq bo‘lib tur, hozircha jim yurishsin. Xarajatlari 
mening bo‘ynimda», deb tayinladi. 
Jamshid otasining ahvolidan xavotirlangani uchun ruxsat so‘rab uyga barvaqtroq 
qaytgan edi. O‘gay onasi bilan ikki-uch og‘iz so‘zlashishga ulgurmay, Kesakpolvondan 
chopar keldi. 
Jamshid Mamatbeyni Asadbekning to‘yida ko‘rganida u tanimaganday o‘tib ketgan edi. 
Hozir esa Jamshidni o‘rnidan turib qarshiladi. Uzoq vaqt ko‘rmay, sog‘inib qolgan 
ukasining diydoriga yetgan baxtiyor akaday so‘rashdi. Zarur topshiriq berish uchun 
emas, shunchaki so‘rab qo‘yish uchun chaqirganday gaplashib o‘tirdi. So‘ng soatiga 
qarab oldi-da: 
— Ikki soatdan so‘ng Krasnoyarga uchasan, — deb unga sinovchan tikildi. 
Asadbek tomonidan ogohlantirilgan Jamshid bu amrni xotirjam ravishda qabul qildi. 
— «Nimaga?» deb so‘ramaysanmi? 
— Haydar akam «nimaga?» degan savolni yomon ko‘radilar. «Xo‘p», deyishni 
yoqtiradilar, — dedi Jamshid Kesakpolvonga qaramay. 
— Bolaning tarbiyasi menga yoqdi, — dedi Mamatbey kulimsirab, so‘ng o‘rnidan turib, 
Jamshidni yon tomondagi eshik tomon boshladi-da, pardani sal tortib, qo‘shni xonaga 
ishora qilib: «qara», dedi. Jamshid oromkursida yastanib o‘tirgan Selimni ko‘rdi-yu, 
Mamatbeyga «qaradim, endi bu yog‘i nima bo‘ladi, aytavering», deganday boqdi. 
— Taniysanmi? 
— Sal-pal. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling