Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet256/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
polkovnik Selim yashaydigan joyga yaqin bir qishloqdagi qabrda katta boyligi borligini 
bildirdi. Jangda halok bo‘lgan yigitning jasadini temir tobutga solishdan oldin uning 
qorniga o‘n kilodan mo‘lroq qoradori joylaganini ayt-di. Marhumning ismi-nasabini, 
qabrning tartib raqamini ham yashirmadi. Bu boylikka teng sherik bo‘lish haqidagi 
og‘zaki ahdnomaga qo‘l tashlashdi. 
Hosil boyvachcha Selimni qayirib olmoqchi bo‘lganida «Sen mayda baqqolsan, katta 
ishlarga fahming yetmaydi», deb yanglishmagan edi. Polkovnikdan sir olgach, befahmligi 
tufayli shoshib qoldi. Ahdnomadagi boylikning yarmiga qanoat qilmay, barchasiga ega 
chiqqisi keldi. Bu ishni osongina uddalash mumkinday tuyulib, polkovnikning jomadoniga 
qoradori solib qo‘ydi-yu, o‘sha zahoti militsiyaga qo‘ng‘iroq qildi. Qo‘llari kishanlangan 
polkovnikning olib ketilishini eshik tirqishidan kuzatib, «Xudoga shukr», deb qo‘ydi. 
Xonasiga militsiya bostirib kirib, jomadondan qoradori topgach, polkovnik kim 
tomonidan xoinlik bo‘lganini darrov angladi. Shu bois ham qo‘li kishanlangan holda 
dahlizga chiqqanida Selimning tirqishdan mo‘ralab turganini sezganday, ayanchli 
ravishda kulimsirab qo‘ygan edi.
Selim bu kulimsirashning ma’nosini keyinroq tushundi. 
U shoshqinch ravishda uyiga qaytib, aytilgan mozoristonga bordi, aytilgan qabrni topib, 
quvonchdan yuragi toshib ketay dedi. U katta boylikdan bir quloch yuqorida turardi, 
temir tobut qazib olinsa bas... Boylikdan emas, o‘limdan sal nari turganini u keyinroq 
bildi. 
Qo‘shni shaharga borib bir mayxo‘r payvandchini topdi. Avval hovlisidagi tok so‘rilarini 
yangilatdi. Ishdan keyin saxiy to‘ra kabi payvandchini obdon siyladi. Payvandchi galdirab 
qolgan paytda katta pul va’da qilib, mozoristonga boshlab bordi. Qabr ochilib, belkurak 
temirga «taq» etib urilganda hovuch-hovuch tillalar cho‘ntagini to‘ldirib qo‘yganday 
quvondi. Temir tobut usti tuproqdan tozalangach, uni yuqoriga ko‘tarish muammosi 
tug‘ildi. Shunda payvandchi «tepaga chiqarib nima qilamiz, joyida ochaman, keyin 
ko‘mib qo‘yaveramiz», deb pastga tushdi. Mayitning qornini mo‘ljallab, temir tobutning 
o‘rtasini kavsharlagichning o‘tli tili bilan doira shaklida kesa boshladi. 
Qishloqning kimsasiz mozoristonida, yulduz to‘la osmon ostida vahshiylik deyilsa 
vahshiylikdan-da yuksakroq, hayvonlik deyilsa undan-da ustunroq, haromilik deyilsa 
undan-da tubanroq bir yumush bilan band edilar. Temir tobut bilan olovli til orasida 
sachrayotgan uchqunlar shaytonlar shodiyonasida otilayotgan mushak kabi edi... 
Payvandchi bir oz ishlagach, yuqoriga qaradi: 
— Xo‘jayin, yuzta otib olmasam bo‘lmaydi, qo‘lansa hid tomog‘imni g‘ip bo‘g‘di, — dedi 
u. 
— Ozgina chida, oldingga yuz shishani terib qo‘yaman, ichaverasan, — dedi Selim. 
Payvandchi yana ozgina ishlagan bo‘ldi-yu, yana zorlandi. Uchinchi marta yalingach
Selim ko‘chada qoldirib kelgan mashinasi sari yurdi. Mozoristondan chiqishga ulgurmay, 
kuchli portlashdan esxonasi chiqib ketdi. Qo‘rquvdan o‘tirib qolganini o‘zi ham sezmadi. 
Bir necha daqiqa hushsiz o‘tirdi, keyin nima voqea yuz berganini anglab, shoshilganicha 
mashinasiga o‘tirdi-yu, qishloqni katta tezlikda tark etdi. 
Qabristondagi portlash haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Militsiya bir qancha vaqt 
jinoyat izini qidirganday bo‘ldi. Ashyoviy dalil sifatida yig‘ib olingan odamning bo‘lak-
bo‘lak a’zolaridan biron-bir xulosa chiqarish imkoni bo‘lmadi. 
Oradan kunlar o‘tib, Selimning vahimasi bosildi. Jonini saqlab qolgani uchun bir qo‘y 
so‘ydirib, xudoyi qildi. Bu dunyoda polkovnikning turqini ko‘rmasam kerak, deb yurardi. 
Polkovnik bilan Gamletning bir qamoqxonada uchrashib, til topishib qolishlarini u 
qaerdan bilsin? Qoradori bilan qo‘lga tushib qamalgan zobitda gap ko‘pligini sezgan 
Gamletning muddaoga yetishini Selim o‘ylab ham ko‘rmagan edi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling