Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
252 Inongil, bu sevgi emasdi aslo, Aldanib o‘rtangan dard edi biroq, Yolg‘iz sendan— yolg‘iz tasalli— sevinch, Yolg‘iz sendan— yolg‘iz bedavo— alam. Axir sen-la birga bo‘lolmasman hech Axir seni tashlab ketolmasman ham... ...Yolg‘iz osmondandir yupanch— tasallo... Oshxonadan qaytgan Zaynab erining charchaganini sezib, aravachani karavot yoniga olib keldi. Kech kirib qolgani uchun qo‘shnilarni chaqirishga iymandi. Elchin uning bo‘yniga osilgan holda surila-surila karavotiga o‘tdi. Yostiqqa bosh qo‘yayotgan damda ko‘zlari namlandi. U shu topda yuragining yorilib ketishini istardi. Juda-juda istardi. XXII b o b 1 Dunyoda million o‘g‘ri bo‘lsa, birining uslubi boshqasinikidan farq qiladi. Xongireyning esa o‘g‘irlik, bosqinchilik uslubidan tashqari yana bir qilig‘i ortiqcha: yolg‘on gapirish bo‘yicha u ja’miki o‘g‘rilarni dog‘da qoldirishi mumkin edi. Kattalar qamoqxonasiga tushgan Aftondil hali Xongirey laqabini olmasdan ancha ilgari ustozi Zelixonning diqqatini aynan shu odati bilan tortgan edi. Zelixon vaqtida ishonarli yolg‘onni to‘qib, yov changalidan qutulib ketishni o‘g‘rining fazilati deb bilardi. Keyinchalik Zelixon shogirdidagi bu fazilatning keragidan ortiq ekanini sezib, ko‘p tanbeh bergan edi. Hatto bir kuni «Hov bola, sen shaytonni dog‘da qoldirib, bir martagina rost gapirsang-chi», degandi. Ba’zilar yolg‘oniga bosh-qalarni ishontirish uchun ko‘p o‘ylashadi, turli bahonalarni izlashadi. Xongirey esa bu bosh og‘riqlardan xoli: tili hech qachon yolg‘on gapga muhtoj bo‘lmaydi. Markaziy bank xodimining qaynonasiga «Men o‘ynashingdan bo‘lgan o‘g‘lingman», degan Xongirey «Bu gapimga ishonadimi yo yo‘qmi?» deb o‘ylab ham ko‘rmagandi. Chunki xotinning ishonish yoki ishonmasligi u uchun mutlaqo farqsiz, unga muhimi — xotinning boshi qotadi. Asadbekka otasining vasiyatini bajarish uchun Polshaga ketayotganini aytganida ham «yolg‘onim fosh bo‘lsa-chi?» degan o‘yi yo‘q edi. U Polshaga otasining vasiyatini bajarish uchun ketyaptimi, rostdanam amakisi Krakovda xalok bo‘lganmi — bularni bilish Asadbek uchun ham farqsiz edi. Shu sababli Xongireyning safar haqidagi gapiga uncha e’tibor bermagandi. Xongireyning nima uchun aynan Krakovga borishini u ke-yinroq o‘ylab qoladi. Xongirey Shaxovskiydagi qarorgohida birodarlarini ziyofat qilgan kuni o‘zi kutmagan holda qarmog‘iga tilla baliq ilinib qolgan edi. Yarim tunga qadar davom etgan ziyofat poyoniga yetib, mehmonlar tarqalgach, yaqinda «jinni» degan tashxis bilan qamoqdan chiqib kelgan birodari ketishga shoshilmadi. O‘z otasini chavaqlab tashlagani uchun «Gamlet» laqabini olgan bu mehmon qolishining sababini darrov aytmadi. Maishatni tongga qadar davom ettirib charchagan Xongirey «Endi dam olamiz», degach, Gamlet muddaoga ko‘chdi: — Sen qoradoriga astoydil aralashibsan, — dedi u. — Hozir eng to‘g‘ri yo‘l shu. Bir qo‘ling Krasnoyarga bir qo‘ling Lvovga borgani yaxshi. Lekin qulochni yana ham cho‘zishing mumkin. Lvovdagilarning nayrangini bilasanmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling