Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
249 — Dorining kuchi bilan isitma sal ariganday bo‘ladi, lekin yana ko‘tarilaveradi, — dedi vrach. — Siz ketmang, shu yerda qoling. Ikki-uch soat kelinning yonida o‘tirmasa bo‘lmaydi. Abdulhamid otasini tashvishdan qutqarish maqsadida: — Ada, xavotirlanmang, ahvolim uncha yomon emas. O‘rnimdan turaman, — dedi. Uning gapi Asadbekka dalda bo‘lib, hovliga chiqdi. Abdusamad onasiga o‘xshash bo‘shashganroq, Abdulhamid esa otasi kabi irodasi mustahkam yigit edi. Karnay-surnay ovozlari yangragach, u akasi va kuyov jo‘ralari hamrohligida nikoh bazmi bo‘ladigan restoranga borib, mehmonlarni qarshiladi. Kelinlar mashinadan tushayotganida hamma kuyovlarning qanday qarshilashlari, kelinlarning oyoqlarini bosib qo‘yishlarini kutib, qiziqib qarardi. Manzura bilan Asadbekning ko‘zlari esa asosan Abdulhamidda edi. Kelinlar mashinadan tushib, kuyovlar uzatgan benazir guldastalarni olib, tanlaganlari yonida to‘yxona sari odimlashgach, Kesakpolvon paydo bo‘lib o‘yinga tusha ketdi. Kimdir buni qadrdon do‘stning quvonchi ifodasi deb qabul qildi, boshqa kimdir «kayfi oshib qoldimi?» deb o‘yladi. Ba’zilarning esa ensasi qotdi. Asadbek bu holatni g‘ashlik bilan kuzata turib ancha vaqt ilgari ko‘rgan tushini eslab, yuragi qalqib ketdi. ...Tobut oldida karnay-surnay, baka-bakabum avjida. Tobut ichida kafanlangan Asadbek. Oldinda esa to‘n kiyib belini bog‘lagan Kesakpolvon yer tepinib o‘ynab boryapti. «Hoy axmoq, — deydi kafanlangan Asad- bek, — bel bog‘lagan odam ham tobut oldida o‘ynaydimi?» Kesakpolvon qah-qah otib kuladi: «To‘y bo‘lganidan keyin o‘ynayman-da... Bizga to‘y... Senga esa aza...» Ko‘rinmas barmoqlar Asadbekning tomog‘idan bo‘g‘di. Yonidagi Jamshidga qarab «ol uni!» deb ishora qildi. Jamshid ildam borib, Kesakpolvonning qulog‘iga «Bek akam chaqiryaptilar», deb shivirladi. Kesakpolvon cheksiz-chegarasiz shodon odam ko‘rinishida Asadbekka ro‘para bo‘ldi. Asadbek sir boy bermaslik uchun: — Mamatbeyni yaxshi joyga o‘tqazdingmi, xabar olib tur, — dedi. «O‘yinim Asadga yoqmadi», degan fikrdan yiroq Kesakpolvon ichkari kirib ketdi. Kelin-kuyovlarning izidan kelayotgan Chuvrindining xotinini Asadbek to‘xtatdi-da: — Kelganing uchun rahmat, — dedi. — O‘g‘illaringning to‘yini xuddi shu yerda, bundan ham afzalroq qilib o‘tqazamiz. Chuvrindining xotini titroq lablari bilan «rahmat» deb qo‘yib, boshqa so‘z aytmay xotinlar oqimida ichkariga qarab yurdi. Nikoh bazmidan sal oldinroq yetib kelgan Iliko uzoq o‘tirmadi Asadbekni ranjitmaslik uchun ketishi sababini yashirmay aytdi: — To‘yda xunuk xabar aytish yaxshi emas, lekin sen bizga begona emassan... ertaga bobomni so‘nggi yo‘lga kuzatishim kerak. Asadbek beixtiyor ravishda uni bag‘riga bosdi. Ruhi tushkun qariyaning so‘nggi gaplarini esladi. Ilikoni kuzatib ichkari kirganida Kesakpolvon chap qo‘lida mikrofon, o‘ng qo‘lida ikkita mashina kalitlarini ko‘z-ko‘z qilib ushlaganicha do‘sti Asadbek sha’niga maqtovlar yog‘dirardi. Maqtovlar yakun topib, mashinalarning kalitlari kuyovlar qo‘liga topshirilgach, Kesakpolvon mashshoqlarga «chal», deb ishora qilib, yana o‘yinga tushib ketdi. Asadbek ensasi qotsa ham o‘ziga tikilib turgan o‘nlab nigohlarni his qilib, o‘rtaga tushdi, shu paytgacha qilmagan ishini qildi: Kesakpolvonning ustidan pul sochdi... To‘y bazmi avjga chiqqanida Jamshid Asadbekka yaqinlashib: — Bek aka, Hamid charchadi, kuyov-kelinlarga javob berishsinmi? — deb so‘radi. Jamshid aytmasa ham Asadbek dam-badam o‘g‘liga qarab uning holsizlanayotganini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling