Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
251 nozik jism bu dard tog‘ini ko‘tarib turishga yana qancha chidarkin, deb chamalardi. U qoradori balosidan qutulishga kuch topgan juvonning bu dard tog‘iga chidashgina emas, uni yiqishga ham qodir ekanini xayoliga ham keltirmas edi. Elchin Zaynabni oddiy ayollardan deb bilib, uning iroda kuchini hisobga olmayotgandi. Balki boshqa ayollar dard oldida egilib qolarlar? Lekin Asadbekning qizi egilmas, dardga yengilmas... Zaynab laganchaga ikki kishilik taom suzib kirgach, Elchin: — Oying kelmaydilarmi? — deb so‘radi. Zaynab «Kelishlari kerakmidi?» degan savol nazari bilan javob qaytardi. Erining bu unsiz javobdan qoniqmaganini bilib: — Qarindoshimiznikida to‘y, — deb izoh berdi. — Sen nega bormading? Men ertaga chiqsam ham bo‘laverardi, — dedi Elchin. Zaynab undan ko‘zlarini olib qochib: — Men ertaga borsam ham bo‘ladi, — dedi. Taomdan so‘ng televizor ko‘rishdi. Har ikkovining ko‘zlari tamoshada bo‘lsa-da, xayollari boshqa yerlarda sarsari kezardi. Akalari bilan kelinayalarining baxtiyor chehralari Zaynabning ko‘zi oldidan nari ketmadi. «Xudo baxt beraman, desa beraverarkan-da, — deb o‘yladi u. — Bu qizlar dunyoning nariga chetida edi. Shunda ham xohlaganlariga yetishishdi. Meniki shunday yonginamda edi...» Zaynabning taqdiriga dil maqsudiga yetolmaslik yozilgan ekan, na iloj qilsin? «Noumidlik yomon, dunyo umid bilan qoyimdir», deyishadi. Zaynab dardni umid bilan yengishga urinardi. Lekin... qurigan umid daraxti qayta gullashi mumkinmikin?.. Bu g‘am man- zilida unga nelar qolmish yana? Zaynabning yura- gida yaralangan surur bu savolga javob topolmay ingradi. Televizordagi tamosha tamom bo‘lib, qo‘shiq boshlanganida Zaynab oshxonada edi. Ma’yus ohang diqqatini tortib, so‘zlariga quloq tutdi: Sho‘rpeshona ishqni tolega yo‘yib, Jimgina taqdirga berganimda tan. Ishonchu, sevgingni qo‘limga qo‘yib Dovdir hayotimga kirib kelding sen... Zaynabning ko‘z oldiga Jamshid kelib beixtiyor titrab, qo‘lidagi likopchani tushirib yubordi. Likopcha tushdi-yu, lekin negadir sinmadi. Singanida «Kelgan balo-qazo shunga ursin», deb qo‘yardi. Endi balo-qazo nimaga uradi?.. Elchinning ko‘zlari televizorga qadalgan bo‘lsa-da, xayoli to‘zonli shamol singari tentirardi. U Zaynabni g‘amga solgan edi, endi g‘am uning o‘zini yeyarmi? Yeb-eb ado etarmi? Kasalxonada ekanida vrach yuragi ustiga kaftini qo‘yib, barmoqlari bilan urib-urib qo‘yardi. Xuddi birovning eshigini taqillatayotgandek bo‘lardi. Uning qalb darvozasi ochilsa nimalarni ko‘rmoq mumkin? Zulumot va o‘limdan bo‘lak yana ne qolgan bu yurakda? Zaynabning qo‘lidagi likopcha tushgan paytda Elchin ham qo‘shiqni diqqat bilan eshitayotgandi. Uni ajablantirgan narsa — Anvar jinnixonada o‘zini osmay turib shu she’rni yozgan, qog‘ozning bir chetiga esa «Dardli do‘stimga bedard Anvardan esdalik», deb imzo chekib bergan edi. Elchin ancha paytgacha ohang izlab, o‘zicha hirgoyi qilib yuruvdi. Anvarning akasi uning daftarda qolgan she’rlarini gazetaga olib borgan, bu qo‘shiqqa asos bo‘lgan she’r ham e’lon qilingan edi. Elchinni hayratga solgan narsa qo‘shiqning so‘zlari emas, balki aynan u hirgoyi qilgan kuyning yangrayotgani edi. Bu qo‘shiqni o‘zidan bosh-qa hech kim eshitmagan edi. Hatto Zaynab ham... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling