Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
250 sezib turardi. — Hech kim bilmasin, avval kelin yangasi bilan sekin chiqishsin. Ketidan Hamidni o‘zing olib chiq. Samad o‘tiraversin, — dedi. Keyin tayinladi: — Kennaying ergashmasin. Mehmonlarga qarasin. Biz borguncha do‘xtir Hamidning yonidan jilmasin. Asabdek aytganday bo‘ldi. Ularning chiqib ketishganini birov bildi, birov e’tibor bermadi. Nima voqea yuz berganini Mamatbeygina sezdi. Sezdi-yu, mamnunlik bilan kulimsirab qo‘yib, Kesakpolvonni chaqirdi-da, cho‘qishtirib ichdi. Shu onda Asadbekning nigohi o‘ziga qadalib turganini esa bilmadi. 3 Abdulhamidning xastaligi Manzura bilan Asadbek uchun bir tashvish bo‘lsa, Zaynabning nikoh bazmiga kelmagani tashvish ustiga noxushlik edi. Asadbek bazm boshlangunga qadar ham qizining kelib qolishiga umid qilib yo‘lga qarab-qarab qo‘ydi. Kesakpolvon Mardona o‘ldirilganidan keyin «qizing o‘zingga o‘xshaydi», deganida Asadbek achchiqlangan edi. Qizining o‘zi kabi o‘jar, cho‘rtkesarligiga mana endi ishondi. Elchinni to‘yga olib borish taklifi rad etilga-nini Manzura yumshoqlik bilan tushuntirsa-da, Zaynab otasining maqsadini angladi va o‘zining aytganidan qaytmadi. Bazmda ishtirok etmaslikka uzil-kesil ahd qilib, sartaroshxonaga otlangan akalari bilan ko‘chaga chiqdi- da, kasalxonaga qarab ketdi. Jalil sochlarini tarattirib kelgan kuyov to‘ralarga to‘n kiygizayotgan paytda Zaynab kasalxonaning mashinasida erini uyiga olib kelgan edi. Qo‘shnilar yordamida zambildagi bemor yangi aravachaga o‘tqazilgach, mehmonxonaga kirdilar. Mehmonxonadagi yasatig‘liq dasturxonni ko‘rgan Elchin qaynotasi kelmasa ham qaynonasining kelib qolishiga umid qildi. Zaynab choy damlab, eriga quyib uzatdi-da, ayvonga chiqib onasiga qo‘ng‘iroq qildi. Qizining bu ishidan hayratga tushgan Manzura: — Voy qizimey, bugun shartmidi, a? — deyishdan boshqa gap ayta olmadi. «Insofga kirib qolarmikinlar», degan umidda Asadbekka to‘g‘risini aytdi. Asadbek bu xabarni eshitib, qoshlarini chimirib qo‘ydi. «Mayli, kuyovni to‘yga olib kelinglar», demadi. Zaynabning ko‘rinmay qolganidan eng avvalo kelinlar havotirlanishdi. «Ularning «Zaynab bonu nechuk ko‘rinmaydilar?» degan savollariga «Eri og‘irlashib qolibdi», deb, ichida tavba ham qilib qo‘ydi: Yolg‘onni Xudo kechirsin!» To‘ydan bexabar Elchin qaynonasining kelmaganiga ajablandi. Bugun ertalab ham kasalxonadan chiqish haqida gap yo‘q edi. Zaynab «javob tegdi, ketamiz», deb kulimsiragan bo‘lsa ham Elchin uning yuziga soya tashlayotgan tashvish bulutini sezdi. Vaqt o‘tib, kun botganda ham er-xotin yolg‘iz o‘tirardilar. Tilsiz, harakatsiz qoladi, deb tashxis qo‘yilgan Elchin vrachlarning kutganlarini puchga chiqarsa-da, hali bemalol gaplashib o‘tirish darajasiga yetmagan edi. Tili burro bo‘lgani bilan nimalarni gaplashib o‘tirardi? «Mening tirik qolishim sening komronlig‘ingmi yo baxtsizligingmi?» deb so‘raydimi? «Otang mening o‘lishimni istagan edi, tirik qolishim xonadoning uchun baxtsizlikdir? Umuman... o‘lsam nimani yo‘qotardim, tirik qolib nima yutdim? Sen meni jiyanlarimdan tortib olding hisob. Birga yashab, xush baxt bo‘lishmizga ishonasanmi?» dermidi. Bu gaplar tilga ko‘chmasa ham ko‘z qarashlarida zohir edi. Zaynab erining tuyg‘ularini to‘la bo‘lmasa-da, his etardi. Go‘yo o‘sha mash’um voqea yuz bermagandek, go‘yo qalbida intiqom cho‘g‘i yo‘qdek, go‘yo chalajonga aylangan bu odamni azal-azaldan yaxshi ko‘radigan baxtiyor juvondek ko‘rsatishga urinardi. Elchin esa baxtiyorlik niqobi ortidagi tog‘dek dard-ni qalb ko‘zi bilan ko‘rib turardi. Bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling