Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet257/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
Alhol, «Lebedinaya pesnya» restoranidagi dasturxonning narigi betida garangsib o‘tirgan 
polkovnikka tikilib qolgan Selim uning bu yerda paydo bo‘lishi tafsilotlarini bilmas edi. 
Oralarida noz-ne’matga to‘la dasturxon emas, balki o‘lim jari ustiga tortilgan qil ko‘prik 
mavjudligini, bu qil ko‘prikdan avval kim qulashi Xongireyning marhamatiga bog‘liq 
ekanini uning kalta fahmi idrok etolmasdi. 
Selim polkovnikning bema’no boqayotgan ko‘zlariga tikila turib, unga la’nat o‘qlarini 
yog‘dirdi. Boshiga tushgan ko‘rgulik uchun uni aybladi. Tobut portlagan paytda ham shu 
fikrda edi. O‘shandan beri «bu ko‘rgulikka polkovnik emas, o‘z nafsim aybdor», degan 
haq fikr xayolini yoritmadi. Agar birov, aytaylik, Xongireymi yoki Mamatbeymi shunday 
desa ham bu haqiqatni tan olmagan bo‘lardi. «O‘liming oldidan bir so‘z ayt», deb so‘nggi 
imkon berilsa, o‘shanda ham nafsini emas, polkovnikni la’natlay-la’natlay jon bergan 
bo‘lardi. 
Mamatbey «sog‘inib qolgan bo‘lsa maza qilib tikilib to‘yib olsin», deganday indamasdan 
turdi. So‘ng bu manzara g‘ashini keltirib, eshik og‘zidagi yigitga ishora qilgan edi, u 
polkovnikni boshlab chiqib ketdi. Shundan keyin Mamatbey Selimning qadahini yana 
aroqqa to‘ldirdi. 
— Ich, qorningni to‘yg‘azib ol. 
Selim bir-ikki qultum ichdi-yu, qadahni yana jo-yiga qo‘yib, Mamatbeyga qaradi: 
— Mamatbey, axir... u paytda sizlarni yaxshi bilmasdim... Men yolg‘iz ishlardim. O‘tgan 
ish o‘tib ketdi... Men sizlarga xiyonat qilmadim-ku? 
— Senga birov «xiyonat qilding?» dedimi? Ol, ichib qo‘y. 
— Men... 
— Dovdirama. Shunchalik quyonyurak ekansan, nima qilarding katta ovga osilib. Seni 
o‘ldirmaymiz. Seni bizga Hosil sovg‘a qilib ketgan. Biz sovg‘ani bekordan bekorga 
tashlab yubormaymiz. Bundan bu yog‘iga qada-mingni bilib bos. 
— Men.. bolalarimdan xabar olib kelay. 
— Ahmoq ekansan! Knyaz sening joningni qaytib berdi. Bu mukofot uchun xizmat 
qilishni o‘ylamay, bolalarim, deysan, a? Sen bolalaringni unut. Hozir izingga qaytasan. 
— Bir o‘zimmi? 
— Agar yo‘q demasang birga borardim. 
Bu piching zamirida «endi sen yolg‘iz yurmaysan, shunga aqling yetmadimi?» degan 
ma’no yotardi. 
Moskvadan qaytishgan kunning ertasiga Mamatbey xo‘jayiniga qo‘ng‘iroq qilib, undan 
topshiriq oldi-da, go‘shakni joyiga qo‘ygach, bosh chayqaganicha, afsus bilan: 
— Knyaz xunuk xabar yetkazdi — polkovniging o‘libdi. Yuragi chatoq ekan-da, a? 
Aytmoqchi, sening yuraging ham bezovtalanib turadimi? — dedi. 
Selim bu aytilmish gapning yopinchig‘i ostida qanday ma’no yashirinib yotganini 
anglasa-da, biron nima demoqqa chorasizligi tufayli tilini tiyishga majbur bo‘ldi. Selim 
Moskvaga chorlanib, uchib borayotgan mahalidayoq, Xongirey tomonidan taqdiri hal 
etilib qo‘yilganini bilmasdi. Iziga qaytilib, Haydar yo‘qlangach, Xongireyning biron 
topshirig‘i aytilar, deb o‘ylab, yanglishmadi. 
Kesakpolvon kelgach, Mamatbey undan hol-ahvol so‘ragan bo‘ldi-da, Asadbekning 
aytgan gapiga zid ravishda, Xongireyning undan norozi ekanini bayon qildi. Narkokurer 
tanlashda asosan Kesakpolvon adashgani, Mamatbey bilan Selim unga to‘la ishonib, 
xatoga yo‘l qo‘ygani uchun Xongirey tomonidan tanbehga loyiq ko‘rilgani ham bildirildi. 
Norasmiy xo‘jayinning shoshqich ravishda Moskvaga chorlanganidan xavotirda yurgan 
Kesakpolvon «Selim shu maqsadda chaqirilgan ekan-da?» degan o‘yda tashvishini bosdi. 
Mamatbey xo‘jayinining marhamati tufayli bu safar hech kim jazolanmasligini aytgach, 
yangi narkokurer tanlashda adashish qimmatga tushajagidan ogohlantirdi. «Qani, bular 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling