Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati
Odamlarda kassalik quzgatuvchi virus
Download 0.75 Mb.
|
kuch birlikda
Odamlarda kassalik quzgatuvchi virus.
COVID-19 pandemiyasi — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi.[3] Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.[4] 26-iyun 2021-yilga qadar virusni 192 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 180 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 3 900 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 165 milliondan oshiq odam esa tuzaldi.[5] Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.[5] 2019–20 koronavirus pandemiyasi COVID-19 Outbreak World Map per Capita.svg 2021-yilning yanvar oyigacha virusni yuqtirganlar soni aks etgan xarita har 1 000 kishiga >1 holat har 10 000 kishiga 1–10 holat har 100 000 kishiga 1–10 holat har 1 million kishiga 1–10 holat har 10 million kishiga 1–10 holat har 100 million kishiga 1–10 holat Kasallik COVID-19 koronavirus infeksiyasi (COVID-19) Virus shtammlari Ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) Joylashuv Jahon miqyosida (hududlar roʻyxati) Birinchi holati Uxan, Xubey, Xitoy 30°37′11″N 114°15′28″E / 30.61972°N 114.25778°E Sana 1-dekabr 2019 — hozirgacha[1] Tasdiqlangan holatlar 180 361 382[2] Faol holatlar 11 354 487[2] Tuzalish 165 098 641[2] Oʻlimlar 3 908 254[2] Territoriya 192[2] Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi.[6][7][8] Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin.[9] Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin.[8][10] Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir.[8][10] Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.[7][8][11] Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi,[12][13] Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi,[14][15][16] turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi,[17][18] aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi,[19] virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi.[20][21][22] Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi.[23] Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi. Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi,[24] sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi,[25] dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi.[26][27] Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi,[28][29] turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatilGripp (frans.grippe), inflyuensa ((ital. influenza, lot. infl uo — tarqalaman) — 1780—82-y.larda gripp yoppasiga tarkalganda unga berilgan nom.) — keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. G.ni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, V turi uchraydi. G. viruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan soʻng yuqish ehtimoli yoʻqoladi, quyosh nuri taʼsirida tez nobud boʻladi. Past haroratda, ayniqsa xavo harorati 0° dan past boʻlganda virus uzoq saqlanadi. Shu sababli G. kasalligi sovuq mavsumda koʻproq kuzatiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) taʼsirida viruslar tez nobud boʻladi. Isiriq tutuni ham G. viruslarini oʻldiradi. G. butun dunyoga tarqalgan, har 2 — 3 y.da G. epidemiyasi qayd etiladi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yoʻtalganida, gaplashganila virus havo zarrachalari va soʻlak tomchilari bilan atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida virus bemor organizmidan koʻplab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yoʻllari orqali tushadi. Aholining barcha tabaqalari (bolalar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli xastaliklarga chalingan odamlarga G. tez yuqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarda kasallik kam kuzatiladi. Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri juda qisqa — bir necha so-atdan 1 — 2 kungacha. Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Sogʻlom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi, lohas boʻladi, harorati koʻtarila boshlaydi. Oradan 1 — 2 soat oʻtgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon boʻladi. Isitma qisqa vaqt ichida 39 — 40° gacha koʻtariladi, bemor junjikib, sovqotadi, qaltiraydi. Harorat koʻtarilib boʻlgach, bemorning badani qiziydi, betoqat boʻladi. Aʼzoi badani, boshi, qoʻl-oyoq muskullari zirqirab ogʻriydi. Ayniqsa, peshona va chakka sohasida ogʻriq kuchli boʻladi. Baʼzan bemorning boshi aylanib, koʻzi tinadi. Koʻz yoshlanadi, qizarib ketadi, koʻz soqqasida ogʻriq boʻladi. Burun "bitib" qoladi, nafas olish qiyinlashadi, tomogʻi ogʻriydi, ogʻzi qaqraydi, quruq yoʻtal paydo boʻladi. G. yengil, oʻrtacha va juda ogʻir oʻtadi. Kasallik ogʻirroq kechganda koʻngil aynishi, qusish, burun qonashi ham mumkin. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling