Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati
Viruslarning meditsena va qishloq xo'jaligidagi vazifasi
Download 0.75 Mb.
|
kuch birlikda
Viruslarning meditsena va qishloq xo'jaligidagi vazifasi.
Viruslarni kelib chiqish tarixi Virusologiya fani mikrobiologiya va immunologiya fanlari kabi juda keng o‘rganilgan tibbiy-biologik fanlardan biri xisoblanadi.Viruslar tabiatda xilma-xil bo‘lib, yuqimli kasalliklarning etiologik omillardan xisoblanadi. Virusologiya fanini rivojlanishida birinchilardan bo‘lib 1796 yilda Angliya vrachi E.Djenner virusi infeksiya sanalgan –chechakga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Virusologiya faninig rivojlanish davrlari. XX asr 30-40 yillarida viruslarni o‘stirish va aniqlash uchun laboratoriya xayvonlari ishlatilishini, bularga sichqon, kalamush, quyonlarda gripp viruslari o‘rganildi. 40chi yillarning oxirida tovuq embrionni qo‘llash yo‘lga qo‘yildi. Sun’iy oziq muxitlarida, xujayra to‘qima kulturalarida viruslarni o‘stirish mumkinligi aniqlandi. Viruslardan vaksinalar tayyorlandi.Poliomielit (shol) kasalligiga qarshi Solk-Sebin, CHumakov, Smorodinsovlar tomonidan o‘ldirilgan va tirik poliomielit vaksinasi ishlab chiqildi. 1960 yillarda molekulyar biologiyaning asosiy metodlari ishlab chiqildi. Bunda viruslar tuzilishi, ularning xujayraga kirish yo‘llari, metodlari o‘rganildi. 1970 yillarda viruslarning submolekulyar tushunchalar- yangiliklar ochildi, bunda nuklein kislotalar va oqsillar birligi strukturasi o‘rganildi.DNK va RNK tutuvchi viruslar aniqlandi. Viruslarni kelib chiqishi to‘g‘risida xar xil taxminlar bor. Ba’zi bir avtorlarning ko‘rsatishicha bakteriyalarning yoki bir xujayrali organizmlarning eng oxirgi paydo bo‘lgan natijasidir. Bunda regressiv evolyusiya gipotezi deb yuritiladi. 2-gipoteza bo‘yicha viruslar xujayrali xayot bo‘lguncha paydo bo‘lgan qadimgi avlodlar deyiladi. 3-gipotezada viruslar xujayraning genetik elementlaridan paydo bo‘lishgan, bular avtonom xolda bo‘lgan , shuning uchun viruslarning genetik materiali (DNK, RNK) xar xil, chunki ular shu elementlarning qaysi birlaridandur paydo bulgan va shu ning uchun xar xil degan taxminlarni aytadilar. Viruslar klassifikatsiyasi Virusologiya tabiatda nixoyatda keng tarqalgan va nixoyatda mayda bo‘lgan viruslar to‘g‘risidagi fandir. Virus Virus so‘zi xayvon zaxari ma’nosini bildirib, bu L.Paster tomonidan berilgan. Viruslar ko‘pgina yuqimli kasalliklarning sababchilari ekanligi aniqlangan. 1892 yilda D.I.Ivanovskiy tomonidan tamakining mozaik kasalligining sababchisi viruslar ekanligini birinchi bo‘lib isbotladi.Virusologiya fanining rivojlanishida olimlardan Morozov M.A., Zilber L.A.,CHumakov M.P.,Smorodinsov A.A., Jdanov V.M.lar ishlari nixoyatda katta axamiyatga ega. Viruslar odam, xayvon, xashorat o‘simlik, zamburug‘lar va bakteriyalarning qattiy xujayra ichida yashovchi parazitlari bo‘lib, oqsilni sintezlash, ferment va energiya xosil qilish xususiyatiga ega emas. Viruslar struktura tuzilishi jixatidan xam, funksiyalari jixatidan xam prokariotlar va eukoriotlardan farq qiladi, chunki ular: 1. Xujayra struktura tuzilishiga ega emas. 2. Faqat bitta nuklein kislota tutadi.(DNK yoki RNK). 3 O‘sish va binar bo‘linish xususiyatiga ega emas. 4. O‘zining metobolik sistemasiga ega emas. 5. O‘z tarkibiy qismi evaziga emas, balki birgina nuklein kislotasi xisobiga tashkil topgan. 6. SHaxsiy oqsillini sintez qilish uchun xo‘jayinning ribosoma xujayrasidan foydalanadi. 1966 yilda Moskvada chaqirilgan IX xalqaro kongresda viruslarni vaqtinchalik klassifikatsiyasi qabul qilingan va toksinomik o‘rni belgilangan. Klassifikatsiya asosida viruslarni quyidagi xususiyatlari xisobga olingan. 1. Nuklein kislotaning turi. 2. Uning molekulyar massasi. 3. G –S ning miqdori. 4. Nuklein kislotadagi ipning soni. 5. Nnuklein kislotaning viriondagi oz miqdori. 6. Virion shakli. 7. Kapsid oqsilidagi simmetriya turi. 8. Kapsomerlar soni. 9. Xo‘jayin va kasal tashuvchining turi. 10. Virusning yuqish yo‘llari. Ushbu klassifikatsiyadagi xamma viruslar VIRA podsholigiga birlashgan, bu o‘z navbatida nuklein kislotaning turiga qarab 2 ta pod tipga bo‘linadi: a) riboviruslar. b)dezoksiviruslar. DNK tutuvchi viruslarga quyidagi oilalar kiradi. Poksviruslar- chinchechak. Gerpeviruslar- oddiy gerpes, suv chechak. Adenoviruslar- adenovirus. Papaviruslar- papiloma, sugal. Parvoviruslar- adenoassotsirovaniy virus. Gepadnoviruslar-gepatit RNK tutuvchi viruslar oilalari: Pikarnoviruslar- shol. Reoviruslar-bolalar gastroenterit virusi. Retroviruslar – OITS. Togoviruslar- qizilcha. Flavoviruslar-kana istmasi Bun’yaviruslar-sariq istma. Arenoviruslar-qrim istmasi. Rabdovirus- qutirish. Paramiksovirus-paragripp. Ortomiksoviruslar- gripp. Filovirus. Kalitsivirus. Koroniviruslar. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling