Mikrobiologiya va
Download 1.89 Mb.
|
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа
rasm. Virus saqlovchi materalin rivojlanayotgan tovuq embrioniga yuqtirish
Rivojlanayotgan tovuq embrionigayuqtirish.Tekshriladigan material tovuq embrionir.ing allantois va amniotik bo‘shlig‘iga, xorionallantois qobig‘iga yoki sariqlik xaltachasiga yuboriladi (28-rasm). Materialni yuqtirishdan oldin tuxumning havoli kamera ustidagi po‘stlog‘i 70° li spirt bilan tozalanadi, alangada qizdiriladi, 2% li yod eritmasi surtiladi, ikkinchi marta spirt bilan artiladi va qizdiriladi. Allantois bo‘shligiga yuqtirish uchun havoli kamera (ovoskopda tuxumga yorug‘lik tushirilganda uning chegarasi oldindan qalam bilan chizib qo‘yiladi) ustidagi tuxum pofcchog‘i qaychi, skalpel yoki maxsus asbob yordamida ehtiyotlik bilan teshiladi. Shprits bilan 0,1-0,2 ml virusli material (antibiotik qo‘shilib ishlov berilgan) havo kamerasi chegarasidan 3 mm chuqurlikka yuboriladi. Tuxum po‘chog‘idagi teshikka eritilgan parafin quyiladi. Zararlangan embrion virus juda ko‘paygan vaqtda, ya’ni 48- 72 soat 37 °C da termostatda saqlangandan so4ng ochiladi. Tuxum spirt bilan artiladi va unga 2% li yod eritmasi surtiladi. So‘ngra qaychi bilan havo kamera atrofi bo‘ylab chizilgan belgidan biroz yuqoriroqdan tuxum po‘chog‘i kesiladi. Bunda tuxum po‘chog‘i bo‘shliqqa tushmasligi uchun qiyshaytirilgan holda ushlanadi. Po‘choq olinib, asta-sekin uning pardasi 63 ham olinadi va xorion-allantois pardasining virus yuqtirilgan joyida gemorragik, oqimtir shikastlanish o'choqlarining bor-yo'qligi qayd qilinadi. So'ngra paster pipetkasi bilan xorion-allantois pardasining qon tomiri kam bo‘lgan joyidan teshiladi va allantois suyuqligi so*rib olinadi. Keyin xorion-allantois pardasi ajratib olinib, ikki marta natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi, Petri kosachasiga o’rnatiladi va qora fonda, maxsus (spetsifik) zararlanish borligi aniqlanadi. Gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish (GAR). Tovuq embrioni ochilgandan so'ng allantois suyuqligi so‘rib olinadi va probirkalarga yoki pleksiglasdan tayyorlangan plastinkalar chuqurchasiga 0,5 ml hajmda (nazorat uchun 0,5 ml yuqtirilmagan embrionning shunday suyuqligidan) quyiladi. So‘ngra uning ustiga 0,2 mil % li yuvilgan tovuq eritrotsitidan qo‘shiladi vauy haroratidasaqlanadi. Reaksiya natijasi 40 daqiqadan so‘ng, ya’ni eritrotsitlar cho‘kma hosil qilgandan keyin tekshiriladi. Reaksiya musbat bo‘lsa, probirkaning ostida bir biri bilan vopishgan eritrotsitlardan tashkil topgan yupqa parda soyabon hosil bo'ladi. Reaksiya natijalari 4 tagacha musbat belgi bilan aniqlanadi. Yaxshi gemagglyutnatsiya + + + + bu holatda probirkaning ostida parda soyabon yaqol ko'rinishida bo'ladi; “+ + +” pardaning oralarida ochiq joylar qoladi; “+ +” eritrotsitlarning birlashishida viruslar kamayganligi sababli parda chetlari tekislashadi; “+” kam agglyutinatsiyalangan eritrotsitlar birikmalari bilan o‘ralgan eritrotsitlamiig cho‘kmasi; ‘ ” eritrotsitlar cho4kmasining atrof chegarasi yaqqol ko‘rinib turadi, ammo nazoratdan (eritrotsitlar tugmacha shaklini oladi) farq qilmaydi. Agar tajribadagi probirkalarda gemagglyutinatsiya bo‘lib, nazorat probirkalarda bo‘lmasa, bu - tekshirilayotgan suyuqlikda virus borligini ko‘rsatadi. Viruslami indikatsiya qilishda tekshirilayotgan suyuqliklarda viruslarning titrini (miqdoriy ko‘rsatkichini) aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Virus saqlovchi materialni maksimal suyultirilganda virus o‘zining (SPT, GAR, hayvonlarni nobud qilish va boshq.) infeksion aktivligini namoyon qila oladigan miqdoriga virus titri deb ataladi. Titr 1 birlik qilib olingan, ya’niy shu titrda viruslar 50% yuqtirilgan kulturalarda SPT keltirib chiqaradi. GAR virus tirtri deb ++ ( I AE - bitta agglyutinatsiya beruvchi birlik) dan kam bo'lmagan eritrotsitlarning agglyutinatsiyasini beruvchi eng ko‘p suyultirilgan eritmasiga aytiladi. Viruslarning titrlarini aniqlash viruslarning ishchi. yuqish dozalari ishlab 64
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling