Milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


 Inflyatsiya jarayonining sur’atini prognozlash


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1396007
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
bmk 5 YIL PROGNOZ

5. Inflyatsiya jarayonining sur’atini prognozlash. 
Inflyatsiya - bu, milliy valyuta qadrsizlanishi. Buning natijasida tovar va 
xizmatlar narxining yoppasiga o‘sishi ro‘y beradi (ochiq inflyatsiya). Ammo davlat 
narxlarni «muzlatib» qo‘ysa va shu bilan birga inflyatsion omillar amal qilsa, 
inflyatsiya potensiali o‘sadi (siqilgan inflyatsiya) va agar narxlar «qo‘yib 
yuborilsa», narxlarning ko‘chkisimon o‘sishi ro‘y beradi. Inflyatsiyaga narxlarning 
o‘sishi olib keladi, lekin har qanday narxning o‘sishi inflyatsiya bilan 
boglanmagan.
Narxlar o‘sishining inflyatsion sabalarini qo‘rib chiqamiz.
Avvalo-bu, davlat byudjet defitsitida aksini topuvchi davlat harajatlari va 
daromadlarining nomutanosibligi, balanslashmaganligidir. Agar bu defitsit 
mamlakat markaziy emission bankida zayomlar hisobiga, boshqacha aytganda
«bosma uskunasidan» faol foydalanish hisobiga moliyalashtirilsa, muomaladagi 
pul massasining oshishiga olib keladi, o‘z navbatida narxlar darajasining o‘sishi 
ro‘y beradi.
Agar analogik usullar bilan investitsiyalarni moliyalashtirish amalga 
oshirilsa, narxlarning inflyatsion o‘sishi ro‘y berishi mumkin. Ayniqsa, 
iqtisodiyotni militarizatsiyalash bilan bogliq investitsiyalar inflyatsion xavfli 
hisoblanadi. MDni harbiy maqsadlarga noishlab chiqarish iste‘moli nafaqat milliy 
boylikni yo‘qotishini anglatadi, bir vaqtning o‘zida harbiy assignatsiya qo‘shimcha 
to‘lovga qobil talabni shakllantiradi, bu esa pul massasining tovar ta‘minotisiz 
osilishiga olib keladi. Harbiy harajatlarning o‘sishi davlat byudjeti surunkali 
defitsitining va davlatning boshqa davlatlardagi qarzlari ko‘payishining 
sabablaridan biri va u davlatni pul massasini ko‘paytirishga majbur qiladi.
Narxlar darajasining umumiy ko‘tarilishi zamonaviy iqtisodiyot 
nazariyasining turli maktablari hamda XX asr o‘rtasi va oxirida bozor 
strukturasining o‘zgarishi bilan bogliq. Bozorda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar 
faoliyat ko‘rsatsa va kapital qo‘yilishi oson bo‘lganda bu struktura raqobat shartlari 
xaqida tobora kamroq eslatadi. Zamonaviy bozor – bu, ma‘lum darajada 
oligopolistik bozordir. Oligopoliya esa baho (narx) ustidan ma‘lum hokimiyatga 


ega. Barqaror narxlarni saqlab qolishga intilib, oligopoliyalar ularning mahsulotiga 
talabning pasayganida odatda, narxlarni pasaytirmaydilar, balki defitsitni vujudga 
keltirib, ishlab chiqarishni qisqartiradilar. Bundan tashqari oligopoliya asosida 
kuchli kasaba uyushmalarning faoliyati tufayli «narxlar-ish xaqi-narxlar» 
inflyatsion spirali shakllanadi.
U yoki bu davlat iqtisodiyoti «ochiqligi»ning o‘sishi bilan, uning jahon 
xo‘jalik aloqalariga kirib borishi bilan import inflyatsiyasi xavfi ortib boradi. 
Shunday holda, 1973 yilda energotashuvchilar narxining o‘sishi («energetik 
krizis») import qilinuvchi neft narxining o‘sishiga va texnologik zanjir bo‘yicha 
boshqa tovarlarning narxining o‘sishiga olib keldi. O‘zgarmas valyuta kursi 
sharoitida mamlakat har gal import tovarlari narxlari ko‘tarilishiga «tashqi» ta‘sirni 
boshdan kechiradi.
Inflyatsion kutishlar natijasida inflyatsiya o‘zini - o‘zi quvvatlovchi xarakter 
kasb etadi. Garb mamlakatlari va mamlakatimizdagi olimlarning ko‘pchiligi bu 
omilga alohida qaraydilar. Ular ishlab chiqaruvchilar va aholining inflyatsion 
kutishlarini yengib o‘tish - antiinflyatsion siyosatning eng muhim (agarda bosh 
bo‘lmasa) vazifasi deya urgu beradilar.
Inflyatsion kutishlarning iqtisodiyotga ta‘sir mexanizm qandayq Gap 
shundaki, aholi uzoq vaqt davomida narxlarning o‘sishini ko‘rib va ularning 
pasayishiga umidni yo‘qotib, o‘zining joriy ehtiyojlaridan ortiq tovarlar sotib ola 
boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida odamlar nominal ish haqini oshirishni talab qiladilar 
va shu bilan joriy iste‘mol talabining ko‘payishiga turtki beradilar. Ishlab 
chiqaruvchi yaqin orada xom-ashyo, material va jamlovchi mahsulotlar 
qimmatlashishini kutib, mahsulotiga yuqoriroq narx kuya boshlaydi. Puldan 
qochish boshlanadi.
Inflyatsiya va uning omillari orasidagi vaqtli boglanishni belgilash muhim
bu inflyatsion jarayonlarni prognozlash va boshqarishga imkon beradi. 
Inflyatsiyaning yangi kurtagi chiqishi – bu, omillarning vaqt orasidagi dinamikasi 
bilan bogliq. Pul massasining o‘sishi va uning tovar bilan ta‘minlanishi o‘rtasidagi 
nisbatni topish uchun ishlab chiqarish va narxlar darajasi dinamikasini tahlil qilish 


zarur. Aynan indeks inflyatsiyadan darak beradi. Narxlar indeksini hisoblash uchun 
ma‘lum vaqtdagi «bozor savati» tovar va xizmatlarning jami narxlari o‘rtasidagi 
munosabat olinadi. Odatda, «bozor savati» tovarlari tarkibiga barcha aholi xarid 
qiladigan ko‘prok tovarlar kiritiladi. Indeks, odatda, %da ifodalanadi:
Z S C 100%
Bu yerda: Z-berilgan davrdagi narxlar indeksi, %;4 S-berilgan davrdagi 
«bozor savati» narxi; S-bazis davrdagi «bozor savati» narxi.
Biroq, bu indeks quyidagi qator sabablarga ko‘ra, inflyatsiyaning real 
darajasidan past bo‘lib chiqadi:
1. 
Avvalo, odatda, «savat» tarkibiga kirmaydigan, yangi turdagi 
mahsulotlarning narxi oshiriladi. Shuning uchun «savat» bo‘yicha hisoblangan 
narxlarning o‘sish indeksi savdodagi barcha tovarlar guruhi bo‘yicha hisoblangan 
indeksdan ancha past chiqadi.
2. 
Хalq iste‘moli tovarlarining chakana narxi tushishi o‘rniga ularning 
sifati pasayishi mumkin. Alohida tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga ko‘ra, 1987-
1989 yillarda sovet korxonalari ishlab chiqargan xalq iste‘moli tovarlarining sifati 
har yili o‘rtacha 2%ga, chakana narxlarni saqlagan holda, pasayishi kuzatilgan. 
Sifatning pasayishi bu tovarning iste‘mol xususiyati, foydaliligi pasayishiga olib 
keladi, shu bilan bogliq holda u foydalilik xususiyati birligidan ancha yuqori 
narxda sotiladi. Shunday qilib, sifat pasayishini narxlar indeksining adekvat o‘sishi 
sifatida ko‘rishga barcha asos mavjud.
3. 
Ko‘rsatilgan 2 omil qatorida uchinchi, yetarlicha qudratli, iqtisodiyot 
defitsitida namoyon bo‘luvchi omil ham ta‘sir qiladi. Хalq iste‘moli tovarlarining 
defitsiti inflyatsiyalarning manbai hisoblanadi. Defitsit bilan bogliq inflyatsiyaning 
namoyon bo‘lishi shunday narxlarning o‘sishida kuzatiladiki, agar tovarni ochiq 
bozordan harid qilish imkoni bo‘lmasa, iste‘molchi uni shu narxlarda norasmiy, 
«qora bozor»dan sotib olishga majbur bo‘ladi.
4. 
Iste‘mol narxlarining o‘sishi ishlab chiqarish harajatlarining 
ko‘payishi (ulgurji narxlarning o‘sishi) bilan ham bogliq bo‘lishi mumkin. qazib 
oluvchi tarmoqlarda, ayniqsa, yoqilgi-energetika majmualarida narxlarning o‘sishi 


ma‘lum vaqtdan keyin xalq xo‘jaligining barcha sektorlaridagi harajatlar darajasida 
«domino» prinsipi bo‘yicha aksini topadi.
Iste‘mol tovar va xizmatlarining qimmatlashuvi va oqibatda ish haqi va 
ijtimoiy to‘lovlarning ko‘payishi ro‘y beradi.
Demak, narxlar indeksining o‘zgarishi va uning kattaligini prognozlash turli 
xil omillarga bogliq: «bozor savati»ning tarkibi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish 
harajatlari va xalq iste‘moli tovarlari defitsitining kattaligi. Shuning uchun bu 
indeksni qo‘llash inflyatsiya sur‘atlarini prognozlash uchun yetarli emas.
Iste‘mol narxlari o‘sishi ko‘rsatkichini Yaim deflyatorining o‘sish 
ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kerak, degan fikr bor.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling