Milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1396007
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
bmk 5 YIL PROGNOZ

 
 
Bu yerda: D-YaIM deflyatori;
N
n
-nominal YaIM; N
p
-real YaIM.
Ma‘lumki, bu ko‘rsatkichlarning ustunlik va kamchiliklari bor. Narxlar 
indeksi (va mos ravishda o‘sish sur‘atlari) nisbatan soddaligi va hisob - 
kitoblarning operativligi bilan Yaim deflyatori indeksi oldida ustunlikka ega. Katta 
harajatlarsiz narxlar indeksini nafaqat yillik, balki oylik, hatto haftalik oraliqlar 
uchun aniqlash mumkin. Aynan shuning uchun undan turli maqsadlarda keng 
foydalaniladi - aholi daromadlari indeksatsiyasini nazariy tahlilidan to amaliy 
hisob - kitoblarigacha.
Yaim deflyatsiyasi hisob-kitoblarining keng ko‘lamliligi tufayli u chorakda 
bir marta, odatda bir yilda bir marta nominal va real Yaimning yillik hajmi 
aniqlanishi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Yaim tarkibini hisob - kitoblaridagi doimiy 
to‘g‗rilashlar tufayli uning hajmi, o‘z navbatida Yaim deflyatorining hajmi bir 
necha marta qayta qo‘rib chiqiladi (ba‘zida yillar o‘tib). Bu holat nafaqat o‘tish 
davridagi mamlakatlarga, balki nisbatan mukammalroq statistikaga ega rivojlangan 
davlatlar uchun ham xarakterlidir. Shuning uchun Yaim deflyatoridan amaliy 
maqsadlarda kam foydalaniladi. Shunga qaramay, deflyatorning iste‘mol narxlari 


indeksi oldida bir muhim ustunligi bor, chunki deflyator Yaimning barcha 
komponentlari uchun xisoblanadi (xususiy va davlat iste‘moli, investitsiyalar
tashqi savdo), shuning uchun unda investitsion jarayonlar, kamida nazariy, unda 
to‘liqroq hisobga olinishi kerak.
Korrelyatsiya koeffitsiyenti yordamida iste‘mol narxlari indeksi va Yaim 
deflyatori mohiyatiga ko‘ra, bir xil hodisani xarakterlashi isbotlangan. Ular orasida 
farq katta emas. Shuning uchun omilli tahlilda bir o‘zgaruvchini boshqasiga 
almashtirishi uning natijalariga statistik ahamiyatli ta‘sir etmaydi. O‘z navbatida, 
iste‘mol narxlari indeksi ko‘rsatkichini Yaim deflyatori indeksi ko‘rsatkichi bilan 
almashtirish va aksincha, inflyatsiya sur‘atlarini boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkich 
bilan boglab turuvchi hollarda sifatli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin 
emas.
Biroq ko‘pchilik iqtisodchilar inflyatsiya sur‘atlarini taxlil qilish va 
prognozlashda 1 ta ko‘rsatkichni o‘rganishi yetarli emasligini, turli 
ko‘rsatkichlarning kompleks tahlili kerakligini ta‘kidlaydilar.
Inflyatsiya dinamikasini prognozlash uchun iqtisodiy rivojlanishning asosiy 
omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni va mos ravishdagi vaqt oraligini belgilash kerak.
Odatda esa, masalani o‘rganish pul massasi dinamikasi va iste‘mol narxlari 
indeksi tahlili bilan cheklaniladi. Тurli davlatlarda milliy iqtisodiyotning 
xususiyatlarini hisobga oluvchi inflyatsiya darajasini prognozlashning turli 
modellari ishlab chiqilmoqda. Masalan, AQShda ishlab chiqilgan inflyatsiya 
darajasini hisoblashning MODJS modeli. Bu ekonometrik modelda quyidagi 
omillar - argumentlar qo‘llanilgan:

hukumat ko‘zda tutayotgan egri soliqlarning o‘zgarishi (narx
ichidagi soliqlarning); 

davlat subsidiyalari (subvensiya va dotatsiyalari)ning taxminiy
o‘zgarishi;

davlat nazoratidagi ba‘zi tovar va xizmatlar guruhi narxining taxminiy 
o‘zgarishi;



hukumat
va
fermer
uyushmalari
o‘rtasida qishloq 
xujalik
mahsulotlari narxi bo‘yicha mehnat bitimlari va kelishuvlarining ma‘lum 
holati;

transfert to‘lovlari.
Yuqorida keltirilgan barcha omillar boshqaruvchi (instrumental), chunki 
hukumat qarorlariga bog‗liq va shu ma‘noda ular endogen hisoblanadi. Modelda 
omillar sifatida ba‘zi ekzogen o‘zgaruvchilar ham qo‘llanilgan:

import mahsulotga prognoz narxlar; - bandlik darajasi prognozi va 
boshqalar.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling