Milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


 Imitatsion model tushunchasi va mohiyati


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1396007
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
bmk 5 YIL PROGNOZ

  
6. Imitatsion model tushunchasi va mohiyati. 
Imitatsion model analitik modeldan farqli o‘laroq, o‘rganilayotgan 
ob‘ektning hatti-harakati va ichki strukturasigacha ko‘rsatuvchi yoyilgan sxemani 
bildiradi. Modelda ifodalanuvchi hodisalarni, ularning mantiqiy strukturasini 
saqlagan holda, vaqt bo‘yicha ketma-ketligini, o‘rganilayotgan tizimning 
o‘zgaruvchilari va parametrlari o‘rtasidagi aloqalarni saqlagan holda qayta ishlash 
imitatsion model uchun xarakterlidir. Imitatsion modellar modellashtirilayotgan 
tizim haqida axborot olish va keyin, qarorlarni shakllantirish uchun yaroqli bahoni 
ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Misol o‘rnida ko‘p tarmoqli iqtisodiyotda 
ishlab chiqarish va iste‘molni muvofiqlashtirishning imitatsion modelini ko‘rib 
chiqamiz (5-tasvir).
Sistema 2ta formallashgan blokka ega: moddiy ishlab chiqarish imitatsiyasi 
va iste‘mol muhiti imitatsiyasi. Sistemada bir qancha boshqarish parametrlaridan 
foydalanuvchi eksperimentator ko‘zda tutilgan: tarmoqlar o‘rtasida kapital 
qo‘yilmalarining taqsimlanishi, jamg‗arish sur‘atlari, ish haqi – mahsulot 
birligining ish haqi sig‗imi, ulgurji va chakana narxlar.
Eksperimentator EХM bilan faol muloqotni amalga oshiradi. Mahsulot 
turiga hisoblangan talabning to‘g‗rilanuvchi ko‘rsatkichlari va uning tarmoqda 


yakuniy ishlab chiqarilishi haqida axborotdan foydalaniladi. Agar ko‘rsatkich 
birlikdan yuqori bo‘lsa, talab taklifdan yuqori, agar birlikdan kam bo‘lsa, aksincha 
bo‘ladi. Тo‘grilanuvchi ko‘rsatkichlar va yalpi mahsulotning tarmoqlar bo‘yicha 
o‘sish sur‘ati eksperimentator tomondan yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan daraja 
pozitsiyasidan tahlil qilinadi. Agar ular o‘zgarishi kerak bo‘lsa, eksperimentator u 
yoki bu boshqaruv parametrini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, kapital 
qo‘yilmalarning taqsimlanishi yoki aholining yalpi daromadi yohud narxlar 
masshtabi o‘zgartiriladi. Bloklar yangi to‘grilanuvchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydilar. 
Eksperimentator ishlab chiqarish va iste‘molning qoniqarli mutanosiblikka kelgani 
haqida hulosa chiqarishi bilanoq sistemani kelgusi yilning hisob-kitoblariga 
o‘tqazadi.
Shunday qilib, inson-mashina imitatsion sistemasi aholi pul daromadlari va 
taklif qilinayotgan tovar va xizmatlar orasidagi eng yaxshi nisbatni ta‘minlovchi 
prognoz variantlarini topishga imkon beradi. Boshqaruv parmetrlarini ajratish, 
oraliq qarorlarni baholash va yakuniy qarorlarni tanlash eksperimentatorga 
yuklanadi, mumkin bo‘lgan ko‘pchilik yechim variantlari EХMda yechiladi.
5-tasvir. Imitatsion modelning strukturaviy sxemasi


Imitatsion biznes o‘yin imitatsion sistemani yanada rivojlantirishni ko‘zda 
tutadi va o‘z ichiga asosiy elementlar bilan birga (imitatsion model va imitatsiya 
natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash vositlari) maxsus instruktiv va 
modellashtirilayotgan tizimning kelgusida faoliyatida eng katta natijalarga 
erishishidan manfaatdor hamda qaror qabul qiluvchi ekspert eksperimentatorning 
ta‘sirini chegaralovchi boshqa vositalarni o‘z ichiga oladi.
O‘yinchilarga hal qiluvchi daqiqalarda axborot olish imkoniyati berilishi 
kerak. Imitatsion o‘yin modelini yaratishda, avvalo, o‘yinchilarning motivatsiya 
tizimi va o‘yin ssenriysini ishlab chiqish lozim. Bunday modellarning bir qismi 
kompyuterdan foydalanishga, boshqa qismi - mashinasiz imitatsiyaga moslashgan. 
Imitatsion o‘yin modellari istalgan darajadagi ob‘ektlar uchun qurilishi mumkin: 
sex bo‘limidan tortib, umuman, xalq xo‘jaligigacha. Yaxshi modelni yaratish katta 
vaqt talab qiladi (bir necha yilgacha) va arzon tushmaydi, uning yordamida 
prognozlash, ya‘ni o‘yin o‘tkazish, shuningdek, jiddiy o‘rinishlarni talab qiladi, 
chunki o‘yin qatnashchilari soni bir necha yuzga yetishi mumkin. Biroq, bu 
harajatlar o‘zini oqlagan, zero bunday modellar boshqa modellar ishlamaydigan 
EKSP 
Е RIM Е NTChI

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling