Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi


Download 1.87 Mb.
bet3/24
Sana28.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1136380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish so‘z boshi, kirish, asosiy qism, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar kabi bo‘limlardan iborat bo‘lib, sahifani tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishda 2ta jadval mavjud.


I. ASOSIY QISM
I.1. Molekulasida efir guruxi saqlovchi moddalar xaqida umumiy tushuncha.
Spirtlarning anorganik va organik kislotalar bilan birikib suv ajratib chiqarishi natijasida xosil bo’lgan birikmalar efirlar deyiladi.Efirlar oddiy va murakkab efirlarga bo‘linadi. Oddiy efirlar ikki molekula spirtdan bir molekula suv ajralib chiqish natijasida hosil bo‘ladi. Murakkab efirlar esa bir molekula kislota va bir molekula spirtdan bir molekula suv ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi.
Murakkab efirlarning nomlari uni hosil qilgan kislota va spirtning nomi bilan aytiladi. Masalan, sirka kislota va etil spirtdan hosil bo‘lgan murakkab efir sirka etil efiri deb ataladi:

Quyi molekulali organik kislotalarning efiri suyuq rangsiz moddalar bo‘lib, yoqimli meva hidiga ega. Ular turli essensiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Murakkab efirlar oddiy efirlarga qaraganda ancha oson gidrolizlanadi.
Murakkab efirlar jumlasiga o‘simlik va hayvon yog‘lari kiradi. Ular katta biologik ahamiyatga ega. Yog‘lar, asosan glitserin va yuqori molekulyar kislotalardan iborat murakkab efirdir. Yog‘lar gidroliz natijasida yuqori molekulyar kislotalarga va glitseringa parchalanadi.


I.1.1. ODDIY EFIRLAR
Oddiy efirlar spirtlar, enollar va fenollarning hosilalari bo‘lib, gidroksil guruhdagi vodorod atomi uglevodorod qoldig‘iga almashgan.
Oddiy efirlarni besh sinfga bo‘lish mumkin:

  1. Dialkil efirlar CnH2n+1-O- CmH2m+1.

  2. Siklik efirlar

  3. Vinil efirlar

  4. Alkilaril efirlar

  5. Diaril efirlar

Bundan tashqari oddiy efirlarning to‘yinmagan vakillari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:Alkilalkenil (vinil) efirlar; alkilaril efirlar; diaroil efirlar; alkilalkinil efirlar.
Dialkil efirlar.Dialkil efirlarning umumiy formulasi CnH2n+1-O- CmH2m+1 bo’lib, radikallarbirxil yoki turlicha bo’lishi mumkin.Oddiy efirlarni nomlash uchun kislorod atomidagi ikkala o‘rinbosar nomiga efir so‘zi qo‘shiladi yoki efir uglevodorodning hosilasi sifatida qaraladi. Eng uzun uglevodorod zanjiri asos qilib olinadi. Masalan,
CH3–O-CH3 dimetil efiri, metoksimetan
C2H5–O-C2H5 dietil efiri, etoksietan
CH3CH(CH3)-O-CH2CH2CH3 propilizopropil efiri, 1-izopropoksipropan
Dialkil efirlar alkanollarni yoki alkoksidlarni alkillash reaksiyalari asosida olinadi.
Alkanollarni alkillash uchun sanoatda kislotalar ishtirokida alkenlar ta’sir ettiriladi.
Oddiy efirlar odatdagi sharoitda o‘ziga xos efir hidli, qaynash temperaturasi past bo‘lgan rangsiz suyuq moddalar (dimetl efiridan tashqari)dir.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling