Mundarija I. Kirish


Download 362 Kb.
bet2/13
Sana11.03.2023
Hajmi362 Kb.
#1258326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kalorimetrik o’lchashlar FIZIK KIMYO

II – Asosiy qism
2.1 – Turli jarayonlardagi issiqlik effektlari.
Turli jarayonlarda, shu jumladan, kimyoviy jarayonlarda ajraladigan yoki yutiladigan issiqlikka reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik noto’liq funksiya bo’lganligidan issiqlik effektining qiymati jarayonning borish sharoitiga bog’liq.
1) izoxorik (v = const) jarayondagi issiqlik effekti Qv termodinamikaning birinchi qonunini asosiy tenglamasiga muvofiq, d(Q = dU + PdV va V = const, dv = O bo’lganligidan
dQV = dU bo’ladi. (1.1)
Demak, izoxorik jarayonlarda reaktsiyaning issiqlik effekti ichki energiyaning o’zgarishiga teng. U – to’liq funksiya bo’lganligidan, bu holda Qv ham to’liq funksiyadir, ya‘ni izoxorik jarayonlarda issiqlik effektning qiymati jarayonning borish yo’liga bog’liq emas.
2) izobarik (P = const) jarayondagi issiqlik effekti Qp (1.1) tenglama bo’yicha integrallansa:
Qp = (U2–U1)+P(V2–V1)=(U2+PV2)–(U1+PV1)
Agar H = U + PV deb ishoralansa, unda (H – entalpiya deyiladi):
Qp = H2 – H1 = ΔH bo’ladi. (1.2)
U, P, V – holat funksiyasi bo’lganligidan ΔH – ham holat funksiyasi – energiya o’lchamidir. U sistemaning ichki energiyasi bilan hajmiy energiya (PV) lar yig’indisi bo’lib, u sistemaning to’liq energiyasi hisoblanadi. H – izobarik jarayonda sistema energiya zaxirasini o’zgarishini harakterlaydi.
Izobarik jarayonda issiqlik effekti (Qp) sistema entalpiyasi zaxirasining o’zgarishi ichki energiyaning o’zgarishiga teng. Izoxorik sharoitda boradigan jarayonlarda sistemaning energiyaning o’zgarishiga (ΔU), izobarik ravishda boradigan jarayonlarda entalpiyaning o’zgarishiga (ΔH) teng.
H = U + Pv (1.3)
va ΔH = ΔU + PΔV (1.4)
Ideal gazlar uchun, PΔV = nRT bo’lganligidan:
ΔH = ΔU + ΔnRΔT (1.5)
Δn – mollar soni.
Agar sistema ish bajarsa, dH > dU bo'ladi, agar sistema ustida ish bajarilsa dH < dU bo'ladi va ish bajarilmasa dH = dU bo'ladi.
Masalan:
a) reaksiya natijasida molekulalar soni o'zgarmagan reaktsiyalarda H2 + J2 = 2HJ da Δn = O ga teng, demak, dH = dU;
b) molekulalarning dissostilanish reaksiyalarida: PCl5 = Cl2 + PCl3, N2O4­ = 2NO2 kabi reaksiyalarda Δn > O, demak, dH > dU.
c) 3H2 + N2 = 2NH3, 2SO2 + O2 = 2SO3, kabi reaksilarda ΔH < O (manfiy qiymat) ga teng, demak, bu xil reaksiyalarda sistema ustidan ish bajariladi, shunga ko’ra, ΔH < dU bo'ladi.

Download 362 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling