Mundarija I. Kirish


– Kalorimetrik usul haqida ma'lumot


Download 362 Kb.
bet5/13
Sana11.03.2023
Hajmi362 Kb.
#1258326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kalorimetrik o’lchashlar FIZIK KIMYO

2.3 – Kalorimetrik usul haqida ma'lumot
Kalorimetriya -turli fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarda sodir boʻladigan issiklik effektlari (issiqlik miqdorlari)ni o'lchash usullari majmuos. Xususan, Kalorimetrik usullari bilan jismlarning issiqlik sig'imi, fazaviy o'tishlar issiqligi (erish, qaynash va b.), kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan issiqlik effektlari, radioaktiv yemirilishlar, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi va boshqalar aniqlanadi.
Turli jarayonlarda jism sarflaydigan yoki yutadigan issiqlik miqdorini bevosita o'lchash uchun ishlatiladigan asboblar kalorimetrlar deyiladi. 400 K va undan yuqori temperaturalardagi issiklik o'lchashlarini oʻz ichiga olgan Kalorometriyani yuqori temperaturalar Kalorometriyani, suyuq azot, vodorod va geliy temperaturalari sohasini (-77 Kalorometriya va undan pastda) past temperaturalar Kalorometrik o'lchash deyiladi.
Kalorometrik o'lchash usullari issiqlik texnikasida, metallurgiyada, kimyo texnologiyasida keng ishlatiladi. Turli texnologik jarayonlarda jismlarning qizishi, erishi yoki bugʻlanishi uchun sarflanadigan issiqlikni hisoblashda; kimyoviy reaksiyalarning borishi chegarasini aniqlashda va ularning sodir bo'lish shartlarini belgilashda Kalorometrik o'lchashdan foydalaniladi. Maye, grafitdan sintetik olmos olish mumkin boʻlgan bosim va temperatura sohasini shu moddalarning issiqlik sig'imlarini va yonish issiqliklarini kalorimetrik o'lchashlar orqali aniqlangan. Biologiyada Kalorometrik (biokalorimetriya) yordamida organizmda bo'lib turadigan kimyoviy va fizik jarayonlar (endotermiklik yutilishi) va ekzotermiklik chikarqsh) dagi issiqlik effektlari aniqlanadi. Maye, bir soatda ichak tayoqchasi mikrobi -10-9 kall, odam 5-104 kall issiqlik chiqarishini Kalorometrik usuli bilan aniqlangan. Organizmdan ajralib chikadigan issiqlik miqdorini aniqlash uchun, odatda, hayvon yoki odam kalorimetr (devorlari orasida suv oqib turadigan kamera)ga joylashtiriladi. Bunda organizmdan chiqayotgan issiqlikni suv yutadi. Suv massasi va uning temperatura o'zgarishidan qancha issi'lik ajralishi bilib olinadi. Agar bunday bevosita o'lchash mumkin bo'lmasa, u holda bilvosita usullardan foydalaniladi (mas, organizm vaqt birligida yutgan O2 va chiqargan SO2 nisbatidan oqsil, yog', uglerodlarning oksidlanishi uchun sarflagan O2 miqdori aniqlanadi. Oksidlanish reaksiyalaridagi issiklik effektlariga qarab organizmda xreil bo'ladigan issiqlik miqdorini hisoblab chiqsa bo'ladi). Kalorometriya fiziologik tadqiqotlar va diagnostikada katta ahamiyatga ega.[1]

Download 362 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling