Mundarija I


Download 359.14 Kb.
bet3/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

II. ASOSIY QISM.
§ 2.1. Davlat ekologik ekspertiza xulosasining tuzilishi va mazmuniga qо‘yiladigan talablar . Prinsip sо‘zi lotincha «principium» sо‘zidan olingan bо‘lib «boshlash», «asos» ma’nosini bildiradi. Ekologik ekspertiza prinsiplari uning asosiy ilmiy qoidalari bо‘lib, ular eklogik ekspertiza faoliyati uchun rahbariy ilmiy va amaliy kо‘rsatkma va qо‘llanma ahamiyatiga egadir. Prinsiplarni ekologik ekspertiza metodlari sifatida ham tushunish mumkin. Ekologik ekspertiza prinsiplari ekologik ekspertiza faoliyati tajrabalarini о‘rganish va umumlashtirish, ulardan foydalanish asosida shakllanadi va rivojlanib boradi. Prinsiplar tabiat va jamiyatning о‘zaro ta’sirini optimallashtirish extiyojlariga maksimal darajada mos kelishi kerak. Shu sababdan ekologik ekspertiza prinsiplariga quyidagi xususiyatlar xosdir: 1) obyektiv о‘zaro bog‘langan. Ekologik ekspertiza prinsiplari tabiatga, tarix va jamiyatga, mamlakatga mos kelgandagina ularni hisoblash mumkin; 2) tarixan shartlanganlik. Davlat siyosati va davlat tuzumi о‘zgarishi bilan ekologik ekspertiza prinsiplari ham о‘zgaradi. О‘zbekistonning mustaqillikka erishishi munosabati bilan shunday о‘zgarishlar sodir bо‘ldi; 3) Tizimlilik. Ekologik ekspertizaning barcha prinsiplarini о‘zaro bog‘liq klassifikatsiyalash mumkin ( umumiy, ilmiy, xususiy komponentlar bо‘yitcha, yuridik va boshqalar 1-rasm).
1-Rasm. Davlat ekologik ekspertizasini raqamlashtirish dasturining samaradorligi.
Xozirgi zamon ekologik eksspertizasi prinsiplarining quyidagi uchta yo’nalishini ajratish mumkin:
1) umumiy prinsiplar;
2) konkret ilmiy prinsiplar;
3) yuridik ( huquqiy) prinsiplar.
Ekologik ekspertizaning umumiy prinsiplari ekologiya (shu jumladan iqtisodiy ekologiya) va tabiatdan foydalanish iqtisodi fanlarining aniqlangan va ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan prinsiplariga asoslanib ifodalangan prinsiplaridan iboratdir. Ekologik ekspertiza fanining ekspertiza faoliyati va tajribalarini maxsus yo’nalishdatadqiq etish asosida aniqlagan prinsiplari konkret ilmiy prinsiplar qatoriga kiradi. Ekologik qonunchilik xujjatlarida mustahkamlangan va ekologik ekspertiza amaliyotida bajarilishi majburiy bо‘lgan yuridik kuchga ega bо‘lgan prinsiplar yuridik ( huquqiy) prinsiplar hisoblanadi. Ularni ekologik ekspertiza amaliyoti prinsiplari deb atash mumkin. Ushbu prinsiplar о‘zaro uzviy bog‘liq bо‘lib, ular bir-birlarini tо‘ldiradi va amaliyotda jamiyat va tabiat о‘rtasidagi aloqalarga bog‘liq qonunlarni hayotga tadbiq etishga xizmat qiladi [1].
Ekologik ekspertiza faoliyati uchun bevosita va bilvosita ahamiyatga ega bо‘lgan umumiy prinsiplarga quyidagilar kiradi:
1. Tabiatning birlamchiligi prinsipi. Tabiat va jamiat о‘rtasidagi aloqalar, jamiyatning tabiatga ta’siri tabiat qonunlariga mos kelishi va unga asoslanib amalga oshirilishi kerak.
2. Tabiiylik prinsipi. Tabiat bizdan yaxshi biladi yondashuviga, tabiiylikning ustuvorligiga asoslanadi.
3. Soxta muvaffaqqiyat prinsipi. Tabiatdan foydalanishda dastlabki muvaffaqqiyatlar ( yoki muvaffaqqiyatsizlik) qisqa muddatli bо‘lishi mumkin. Tabiatni qayta о‘zgartirish yoki uni boshqarish tadbirlarining muvaffaqqiyatini bir yoki bir necha о‘n yillik davrda (10-30 yilda) tabiat sikllari bо‘yicha tabiatning zanjirli reaksiyasining kechishi jarayonlari va natijalari aniqlangandan keyingina bilish va aniqlash, baholash mumkin. Faqat vaqt bо‘yicha chuqur ekologik bashorat xо‘jalik tadbirlarining haqiqiy muvaffaqqiyatini ta’minlashi mumkin.
4. Tabiatni qayta о‘zgartirish ( uni boshqarish) prinsipi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda amal qilinadigan asosiy qoidalar majmuasidan iborat. Unda ekologiyaning barcha qonun, qoida va prinsiplarga jamiyat Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining global va mahalliy qonuniyatlari hisobga olinadi va tabiatni qayta о‘zgartirishga tizimli boshqarish talablari qо‘yiladi.
5. Ishlab chiqarishni ekologiyalash prinsipi. Tabiiy resurslarni takroriy ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish orqali ekologiyalashtirish bildiradi. Uning asosiy yo’nalishlari: ekologik tizimlarni saqlash va tiklash; tabiiy xom ashyoni qazib olishning progressiv texnologiyasini joriy etish; moddiy resurslardan oqilona foydalanish; kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyasini barpo etish va joriy qilish; alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish; ishlab chiqarishni ekologik maqbul joylashtirish va xududiy tashkil etish; atrof tabiiy muhitni ifloslanishini kamaytirish va yo’qotish.
6. Tabiiy resurslarning ijtimoiy foydaliligini oshirish prinsipi. Mamlakatning tabiiy resurslarga extiyojlarini ta’minlashda tabiiy resurslarni takroriy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga asoslanishni bildiradi.Bunda quyidagi ekologik maqbul yo’nalishlar asosiy о‘rinni egallaydi: tog‘-kon tarmoqlarining о‘sish sur’atlari moddiy ishlab chiqarishning о‘sish sur’atlaridan past bо‘lishi; ishlab beruvchi sanoat tarmoqlari xom ashyodan ratsional foydalanishga asoslanganligi sababli tog‘- kon sanoatidan tezroq sur’atlarda rivojlanishi; chiqitsiz, kam chiqitli ishlab chiqarishning, shuningdek tabiat muhofazasi jihozlarini ishlab chiqarishning rivojlanish sur’atlari atrof muhitni ifloslantiruvchi tarmoqlar rivojlanishi sur’atlaridan yuqori bо‘lishi; tabiatni tiklovchi tarmoqlarning rivojlanish sur’atlari tog‘-kon sanoati rivojlanishi sur’atlaridan past bо‘lmasligi; tabiat muhofazasiga kapital qо‘yilmalarning о‘sish sur’atlari moddiy ishlab chiqarishga о‘sish sur’atlaridan yuqori bо‘lishi.
7. Tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish prinsipi. U quyidagilarni о‘z ichiga oladi: tabiatni bevosita tiklash miqyoslarini kо‘paytirish ( о‘rmonchilik, rekultivatsiya va boshqalar); tabiiy xom ashyoni komleks qayta ishlashni har tomonlama rivojlantirish; tabiatni muhofaza qilish va boshqalar. Har qanday rejalashtirilayotgan xо‘jalik va boshqa faoliyatning ehtimol tutilayotgan ekologik havflilik prezumsiyasi prinsipi, ushbu holatning aksi tasdiqlanmaguncha , uni yuridik tо‘g‘ri deb topishni bildiradi. Ekologik ekspertiza xulosalarining ilmiy asoslanishi, obyektivligi va qonuniyligi prinsipi ekologik ekspertizaning xulosalari asoslangan va ilmiy dalillar bilan ispotlangan bо‘lishini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish prinsiplariga asoslanishini, eng avvalo, insonning hayoti va salomatligi, odamning sog‘lom va yashash uchun qulay atrof muhitga ega bо‘lish huquqlarining ustuvorligini ta’minlaydigan ekologik va iqtisodiy manfaatdorlarning ilmiy asoslangan bog‘lanmalarini ta’minlash prinsiplariga asoslanishini bildiradi. Ekologik ekspertiza xulosalari qat’iy qonunchilik talablariga tayanadi va xulosalarining obyektiv bо‘lishini ta’minlaydi. Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda ekologik ekspertiza bо‘yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda “Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi tо‘g‘risidagi yo’riqnoma” ishga tushirildi . Unda loyihani tayyorlashga qо‘yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga “Atrof muhitga ta’sir kо‘rsatish tо‘g‘risida bayonot” (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak. Bu yo’nalishdagi ekologik ekspertiza prinsiplari ekologik ekspertiza tо‘g‘risidagi qonun xujjatlarida mustahkamlangan, shu sababdan ular oliy yuridik kuchga ega. Uning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bо‘ladilar. Ekologik ekspertizaning О‘zbekiston Rspublikasining “Ekologik ekspertiza tо‘g‘risida” qonunda(2000 yil) belgilangan asosiy prinsiplari (5- modda) quyidagilardjan iborat:
 qonuniylik;
 xolislik;
 asoslik;
 ekologik xavfsizlik talablarini xisobga olishning majburiyligi;
 har qanday rejalashtirilayotgan xо‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan prezumsiyasi;
 xо‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning komleksligi; Kо‘rsatilgan asosiy yuridik prinsiplar ekologik ekspertizaning о‘ziga xos “ mikrosxema”si bо‘lib, ularni abadiy о‘rnatilgan о‘zgarmas deb hisoblab bо‘lmaydi. Tarixiy sharoit va mamlakatda siyosiy vazifalarning zamon talablariga muvofiq о‘zgarishi, halqaro tajribalardan foydalanish zarurati kо‘rsatilgan prinsiplar majmuasining о‘zgarishiga olib kelishi va ular yangi prinsiplar bilan tо‘ldirilishi mumkin (2-rasm).


Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling