Mundarija I


-Rasm. Raqamli ekologik ekspirtizasi tizimining asosiy prinsiplari. § 2.2. Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari


Download 359.14 Kb.
bet4/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

2-Rasm. Raqamli ekologik ekspirtizasi tizimining asosiy prinsiplari.
§ 2.2. Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari.
Ekologik ekspertizaning boshqoruv tarmog‘i va faoliyat chifatidagi mazmuni va mohiyatini ekologik huquqiy tartibga soluvchi ekologik huquqiy normalar, institutlar belgilaydi. Ekologik ekspertizaning huquqiy normalari faqat О‘zbkiston respublikasi Konstitusiyasiga asoslangan qonunlar bilan belgilanadi. Bu baravar darajada ekologik ekspertiza bо‘yicha О‘zbekiston respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari (buyruqlari), О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (xukumatining) qaror va farmoyishlariga ham taalluqlilidir. Shunday qilib, ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari ekologik huquqiy normalarni о‘z ichiga olgan normativhuquqiy aktlar (rasmiy xujjat) hisoblanadi. Normativ huquqiy aktlar tegishli vakolatli orgonlar tomonidan chiqariladigan xujjatlardan iborat bо‘ladi. Huquqiy ( yuridik) kuchiga kо‘ra ekologik ekspertizaning barcha huquqiy talablarini qonunlar va qonunga asoslangan aktlarga bо‘lish mumkin. Qonunlar qonun chiqaruvchi orgon О‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tomonidan qabul qilinadigan normativ aktlar hisoblanadi. Qonunga asoslangan aktlarga shunday aktlarni qabul qilish huquqiga ega bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, vazirliklar va idoralar, respublika subyektlarining vakolatdi hokimiyat orgoonlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xarakterdagi xujjatlar kiradi. О‘zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza bо‘yicha ekologik Normative huquqiy aktlari tizimi mohiyatiga kо‘ra qonunlar majmui tizimi bо‘lib, ular respublikada amalga oshirilayotgan atrof muhit muhofazasi sohasida qabul qilingan va tayyorlanayotgan qonunlarga bog‘liq holda doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda. О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi barcha qonunlar kabi ekologik ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasining qonuni (1992y) ekologik ekspertizaning maqsadi, obyektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 moddalar). О‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza tо‘g‘risida”(2000 yil) qonunida ekologik ekspertizaning huquqiy asolari tо‘la bayon qilingan. Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bо‘lgan tabiat komponentlarini muhofaza qilish bо‘yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, о‘simlik va hayvonat olami, alohida muhofaza qilinadigan hududlar tо‘g‘risidagi qonun xujjatlari kiradi. Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda ekologik ekspertiza bо‘yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda “Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi tо‘g‘risidagi yo’riqnoma” ishga tushirildi . Unda loyihani tayyorlashga qо‘yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga “Atrof muhitga ta’sir kо‘rsatish tо‘g‘risida bayonot” (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak. 1997 yilda “Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va о‘tkazish tarkibi tо‘g‘risida”gi rahbariy xujjat ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bu xujjatda davlat ekologik ekspertizasining prinsipi va protseduralari, ekspertizaga taqdim etiladigan xujjatlarga qо‘yiladigan umumiy talablar, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi strukturasi va mazumnga qо‘yiladigan talablar, obyektlarni kо‘rib chiqishda davlat ekologik ekspertizasi orgonlarining о‘zaro bog‘lanishi (aloqasi) tartibi, ekologik ekspertizani о‘tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi belgilangan. 1997 yilda “Davlat ekologik eksspertizasi sifatini baholash mezonlarining rо‘yxati” ishlab chiqilib tastiqlandi. 2002 yilda О‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi “Davlat ekologik ekspertizasi tо‘g‘risida nizom”ni tasdiqladi . Bu xujjat “ ekologik ekspertiza tо‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish maqsadlarida qabul qilingan. Ushbu nizom respublikada davlat ekologik ekspertizasini о‘tkazish bilan bog‘liq bо‘lgan masalalarni tartibga soladi. Unda ekspertiza bilan shug‘ullanadigan orgon (Davlat Ekologik ekspertizasi Bosh boshqarmasi va uning viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi orgonlar), davlat ekologik ekspertizasining obyektlari, ekologik ekspertiza buyurtmachisi, davlat ekologik ekspertiza ekspertining huquqlari va majburiyatlari, davlat ekologik ekspertizasini о‘tkazish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar va materiallarning rо‘yxati, ekspertizani о‘tkazish muddatlari belgilangan. Xujjatda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tuzish va uning obyektni rо‘yobga chiqarish (ijobiy xulosa) yoki rо‘yobga chiqarmaslik (salbiy xulosa) tо‘g‘risidagi xulosalariga qо‘yiladigan talablar kо‘rsatilgan. Nizomda ekologik ekspertiza obyektlarini tо‘rtta kategoriyaga bо‘lish ( yuqori xavf-xatar, past darajadagi xavf-xatar, maxalliy (lokal) ta’sir kо‘rsatadigan) belgilangan. Shunday qilib ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari murakkab tizimga va xilma-xil shakllarga ega. Ekologik ekspertizaning subyektlari buyurtmachi ( vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi ( ekspertiza ijrochilari mutaxasislar), iste’molchi (ekspertiza obyekti korxona yoki tashkilotning egasi) о‘rtasidagi munosabatlar “Ekologik ekspertiza tо‘g‘risida”gi qonunda va boshqa qonun xujjatlarida belgilab berilgan. Ularning huquqlari va majburiyatlari aniq kо‘rsatilgan. Buyurtmachi davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat orgoni О‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi hisoblanadi. U qonun xujjatlari talabiga muvofiq davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va о‘tkazadi; davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bо‘yicha normativ- texnik va yo’riqnoma- uslubiy xujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat ekologik ekspertizasini о‘tkazishga ekspert va mutaxassislarni jalb etadi; davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operetsiyalarini tо‘xtatib turish (tugatish) tо‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi; qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Shu nuqtai nazardan va qonunda belgilangan obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan о‘tkazishning majburiyligini hisobga olib davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisi (ekspertlar) zarur bо‘lgan ma’lumotlar va materiallarni rad etish va boshqa huquqlarga ega. Buyurtmachining (ekspertlarning) majburiyatlari qatoriga davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etish, belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash va boshqalar kiradi. Buyurtmachi (ekspertlar) о‘z vazifasini qonunda belgilangan tartibda bajarmasa va ularni buzsa qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bо‘ladi. Pudratchi ekologik ekspertiza topshiriqlarini bajaradigan ayrim mutaxassislar yoki ilmiy tadqiqot institutlari maxsus komissiyalar bо‘lishi mumkin. Ular qonun xujjatlarida belgilangan huquqlar, majburiyatlardan foydalanib о‘z vazifalarni bajaradilar va qonun talablarini buzganlik va qonunga zid ishlari uchun qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bо‘ladi. Ekologik ekspertiza tizimida iste’molchi sifatida ekspert taxlilining predmeti hisoblangan korxona yoki tashkilotning egalari qatnashadi. Iste’molchining huquqlari qonun xujjatlarida belgilangan bо‘lib, ularni ekologik ekspertiza о‘tkazish bо‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish, takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish, qо‘shimcha ekologik ekspertiza о‘tkazish tо‘g‘risida iltimos qilish, ekologik ekspertiza о‘tkazilishining borishi tо‘g‘risida axborot olish va boshqalar kiradi. Iste’molchining majburiyatlari qatoriga ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun xujjatlari talablariga muvofiq taqdim etish, ekspertiza uchun belgilangan tartib da haq tо‘lash, davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida kо‘rsatilgan talablarni bajarishi shartligi va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertiza tо‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bо‘ladilar. Huquqiy va ekologik- huquqiy javobgarlik qonunchilikda belgilangan talablarni davlat tomonidan bajarishga majbur qilishni bildiradi. Ekologik ekspertiza sohasida aybdorlarning javobgarligi turli shakllarda amalga oshiriladi. Bular qatoriga intizomiy, ma’muriy, moddiy, fuqarolik- huquqiy, jinoiy javobgarlik kiradi [2].
Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling