Mundarija I


Download 359.14 Kb.
bet14/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

III. Xulosa.
Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga katta ahamiyat berilib, bu tizim mamlakat halq xо‘jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylandi. О‘zbekistonda atrof muhitiga muhofaza qilishining amalga oshirishning kо‘p bosqichli tuzilmalari barpo etilgan, uning huquqiy asosi yaratilgan, bu sohada davlat dasturi ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda, milliy harakat rejasi ishlab chiqilgan va boshqalar.
О‘zbekistonda kо‘plab ekologik muammolar ham mavjud bо‘lib, ular kо‘p darajada о‘tmish totalitar tuzumdan meros bо‘lib qolgan asoratlar bilan bog‘liqdir. Respublikada atrof muhitning ekologik talablari tо‘la javob beradigan hududlari mamlakat umumiy maydonining 27%ni tashkil etadi. Tabiat komponentlarining barchasida ekologik xolat sezilarli о‘zgarishga uchragan. Kо‘plab chiqindilar tо‘planib qolgan. Bular ekologik ekspertiza munosabatlarida ekspert nazoratini kuchaytirishini taqazo etadi.
Atmosfera havosi, suv, yer, biologik resurslar, yer osti boyliklari, chiqindilar bо‘yicha tо‘planib qolgan ekologik muammolar ularning yechimini topishda ekologik ekspertizaning ahamiyatini oshiradi va bu yo’nalishda progressiv tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Ekologik ekspertiza prinsiplari uning asosiy ilmiy qoidalari bо‘lib, ular ekologik ekspertiza faoliyati uchun raxbariy ilmiy va amaliy kо‘rsatma, qо‘llanma ahamiyatiga ega. Ekologik ekspertiza prinsiplari umumilmiy, kongret ilmiy, yuridik yo’nalishlarga bо‘linadi. Ular о‘zaro uzviy bog‘liq bо‘lib, bir-birlarini tо‘ldiradi. Ekologik ekspertizaning umumiy prinsiplari qatoriga tabiatning birlamchiligi, tabiiylik, soxta muvaffaqqiyat, tabiatni qayta о‘zgartirish, ishlab chiqarishni ekologiyazalashtirish, tabiiy resurslarning ijtimoiy foydaliligini oshirish, tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish kiradi. Ekologik ekspertiza faoliyati va amaliyotining turli soha va yo‘nalishlarini ilmiy tadqiq etishning asosiy natijalari sifatida tavsiya qilingan va har tomonlama ilmiy asoslangan prinsiplar konkret ilmiy prinsiplar qatoriga kiradi. Ular ekologik xavflilik prezumsiyasi, xulosalarning ilmiy asoslanishi, ekologik ekspertizaning majburiyligi, oqibatlarni baholashning kompleksligi va boshqalarni о‘z ichiga oladi. Ekologik ekspertizaning ilmiy tadqiqotlarda asoslab berilgan prinsiplari tavsiyaviy xarakterga ega bо‘lib, ularning kо‘pchiligi muhokama va sinovlardan keyin qonun xujjatlarida о‘z aksini topadi. Yuridik prinsiplar ekologik ekspertiza tо‘g‘risidagi qonun xujjatlarida mustahkamlangan bо‘lib, ular yuridik kuchga ega. Uning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bо‘ladilar.“Ekologik ekspertiza tо‘g‘risida” (2002 yil) qonunida quyidagi asosiy prinsiplar belgilangan: qonuniylik; xolislik; asoslilik; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; har qanday rejalashtirilayotgan xо‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘ligiga ta’sirini baholashning kompleksligi. Ekologik ekspertizaning huquqiy normalari faqat О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga asoslangan qonunlar bilan belgilanadi.
Ekologik ekspertiza sohasidagi huquqiy normalarning bosh manbai О‘zbekiston respublikasining Konstitusiyasi hisoblanadi. “ Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida” qonunda ekologik ekspertizaning maqsadi va obyektlari belgilab berilgan. “ Ekologik ekspertiza tо‘g‘risida” qonunda esa ekologik ekspertiza ning huquqiy asoslari tо‘la bayon qilingan. Ushbu qonunga asoslanib ekologik ekspertiza tо‘g‘risida nizom ishlab chiqilgan va u respublikada ekologik ekspertizani о‘tkazish bilan bog‘liq bо‘lgan barcha misollarni tartibga soladi. Ekologik ekspertiza munosabatlari subyektlari va qatnashchilari qatoriga quyidagilar kiradi: buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi ( ekspertiza ijrochilari mutaxassislar), iste’molchi ( ekspertiza obyekti korxona va tashkilotning egasi). “Ekologik ekspertiza tо‘ g‘risida” qonun xujjatlarida subyektlar о‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilgan, ularning huquqlari va majburiyatlari aniq kо‘rsatilgan. Ekologik ekspertiza tо‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob gar bо‘ladilar. Jamoat ekologik ekspertizasi jamoat tashkilotlari, fuqarolar, mahalliy boshqaruv orgonlari tashabbusi bilan о‘tkaziladi. Uning xulosasi tavsiya xususiyatga ega. Ekologik audit konkret obyektga atrof tabiiy muhitning holatini baholash faoliyatidir. U mustaqil ekologik ekspertiza qilish.

Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling