Mundarija I


-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining huquqlari


Download 359.14 Kb.
bet11/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

16-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining huquqlari. Davlat ekologik ekspertizasi eksperti quyidagi huquqlarga ega:
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni olish; Oldingi tahrirga qarang. davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan, qonunchilik talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish; (16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) davlat ekologik ekspertizasi obyekti bo‘yicha alohida fikr bildirish, bu fikr davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologik ekspertizasi eksperti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining majburiyatlari.
Davlat ekologik ekspertizasi eksperti: davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etishi; davlat ekologik ekspertizasi o‘z vaqtida, kompleks, xolis, sifatli o‘tkazilishini hamda belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlashi; davlat ekologik ekspertizasining muayyan obyektiga nisbatan shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi; davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan materiallarning but saqlanishini hamda davlat, harbiy, xizmat va tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor qilinmasligini ta’minlashi shart. Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. (17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son).

Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling