Mundarija I


Download 359.14 Kb.
bet2/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

Kurs ishining maqsadi: Kо‘rsatilgan xujjatlar va amalga oishirlgan tadbirlar mamlakatda ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan Respublika fuqarolarining yashashi uchun sog‘lom shart-sharoit vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslarning ozayishiga yo’l qо‘ymaslik, tabiatini asrash va muhofaza qilishda ekologik ekspertiza amaliyoti boshqarishning о‘ta muhim ahamiyatga ega bо‘lgan yo’nalishlari qatoriga kiradi.
Kurs ishinig vazifasi: О‘zbekistonda mavjud bо‘lgan ekologik vaziyatning kо‘rsatilgan xususiyatlari ekologik ekspertiza munosabatlarida aholining yashashi qulay sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan tugab qolmaydigan tarzda foydalanish, tabiatning mahsuldorligi, о‘z- о‘zini tiklash imkoniyatlarini saqlab qolish, atrof muhitni saqlash va muhofaza qilish sohasida milliy manfaatlarning ustivorligini ta’minlash, xalq xо‘jaligida ekologiyalashtirishni keng qо‘llash yo’nalishlarida ekspert nazoratini kuchaytirishni taqazo etadi.
Shu sababdan ekologik ekspertiza prinsiplariga quyidagi xususiyatlar xosdir: 1) obyektiv о‘zaro bog‘langan. Ekologik ekspertiza prinsiplari tabiatga, tarix va jamiyatga, mamlakatga mos kelgandagina ularni hisoblash mumkin; 2) tarixan shartlanganlik. Davlat siyosati va davlat tuzumi о‘zgarishi bilan ekologik ekspertiza prinsiplari ham о‘zgaradi. О‘zbekistonning mustaqillikka erishishi munosabati bilan shunday о‘zgarishlar sodir bо‘ldi; 3) Tizimlilik. Ekologik ekspertizaning barcha prinsiplarini о‘zaro bog‘liq klassifikatsiyalash mumkin ( umumiy, ilmiy, xususiy komponentlar bо‘yitcha), yuridik va boshqalar).
Kurs ishining metodologik asoslari: Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda ekologik ekspertiza bо‘yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda “Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi tо‘g‘risidagi yo’riqnoma” ishga tushirildi .
Unda loyihani tayyorlashga qо‘yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga “Atrof muhitga ta’sir kо‘rsatish tо‘g‘risida bayonot” (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak [1].

Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling