Mundarija I


Jamoat ekologik ekspertizasi va ekologik audit


Download 359.14 Kb.
bet5/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


§ 2.3. Jamoat ekologik ekspertizasi va ekologik audit.
Jamoat ekologik ekspertizasi jamoat tashkilotlari (uyushmalari), fuqarolar, shuningdek maxalliy boshqaruv organlari ( maxallalar) tashabbusi bilan tashkil etiladi va о‘tkaziladi. U ekologik asoslanish talab qilinadigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat, notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning ishtirokida о‘tkaziladi. Qonunga binoan ekologik ekspertizani amalga oshirishga tо‘sqinlik qilish taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi qonun bilan muhofaza qilinadigan davlat, kommersiya (tijorat) sirlari bо‘lmagan ma’lumotlarga ega bо‘lgan obyektlar uchun о‘tkazilishi mumkin. Bu ekspertiza davlat ekologik ekspertizasi о‘tkazilishidan qat’iy nazar, ungacha, u bilan bir vaqtda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin. Jamoat tashkilotlari( uyushmalari) qonun xujjatlariga muvofiq quyidagi xuquqlarga ega: ekologik ekspertiza uchun zarur bо‘lgan xujjatlarni buyurtmachidan olishga ; jamoat ekologik ekspertizasi xulosalari davlat ekologik ekspertizasi komissiyalarining majlislarida muhokama qilinayotganda о‘z vakillari bilan kuzatuvchi sifatida qatnashishga. Jamoat ekologik ekspertizasi uni о‘tkazish tо‘g‘risida jamoat tashkilotlarining ( uyushmalarining) arizasi davlat rо‘yhatidan о‘tkazilgan taqdirda amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bо‘ladi. Bu xulosalar ommaviy axborat vositalaridan e’lon qilinishi va manfaatdor tomonlar va shaxslarga berilishi mumkin ( 3-rasm).
3 – Rasm. “Piramida” Ekologik ekspertizaning huquqiy hujjatlari.
Ekologik audit
Ekologik audit konkret obyektda atrof tabiiy muhitning holatini baholash faoliyatidir. Ekologik audit atrof muhitning qulay shart-sharoitini ta’minlashning muhim ekologik iqtisodiy vositasidir. U atrof tabiiy muhit xolatiga salbiy ta’sir kо‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilish faoliyati hisoblanadi. Dunyoning kо‘plab mamlakatlarida ekologik audit protsedurasi korxonalar yoki boshqa xо‘jalik obyektlari tо‘g‘risida ekologik axborot olish va uni baholashning muhim vositasi hisoblanadi va ekoaudit axborotlari boshqarishning turli bug‘inlarida turli tadbirlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishda keng qо‘llaniladi. О‘zbekistonda ekologik audit protsedurasining rivojlanishi va qо‘llanilishi faqat sо‘nggi yillarda amalga oshirilmoqda. Ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan va xorijiy davlatlarda rivojlangan ekoauditning quyidagi asosiy yo’nalishlarini kо‘rsatish mumkin [3].
1. Standartlarga rioya qilish auditi. U atrof muhit sifat kо‘rsatkichlarini milliy va xalqaro standartlar bilan taqqoslab, korxonalar uchun zarur chora tadbirlarni tavsiya etadi.
2. Javobgarlik auditi. Unga muvofiq atrof muhitga yetkaziladigan zararning xavf xatari bо‘yicha javobgarlik aniqlanadi.
3. Ekologik sug‘urtalashdagi audit. U sug‘urtalash shartnomalarini tuzish, ekologik xavf xatarni kamaytirish bо‘yicha preventiv ( oldini oluvchi) tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, ekologik sug‘urta xodisalari sodir bо‘lgandagi zararni hisoblashda, atrof muhitning ifloslanishiga bog‘liq xolda korxonalarga da’vo qо‘zg‘atishda amalga oshiriladi.
4. Ekologik sertifikatsiya tizimidagi audit. U sertifikatsiya obyektlarining belgilangan ekologik talablarga (standart, normativlarga) mos kelishini baholaydi.
5. Hududlar auditi. U hududlar ekologik xolatini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
6. Mahsulotni bо‘lish tо‘g‘risidagi bitimlarni tayyorlashdagi audit. Bu ekoaudit turi mо‘ljallanayotgan investitsiyalash obyektlarini ekologik nuqtai nazardan tо‘liqroq о‘rganish maqsadida о‘tkaziladi. Bunda audit vazifasiga tо‘proq, о‘simlik va xayvonot olami resurslarini tadqiq etish, ilgari yetkazilgan ekologik zararni, atrof muhitning buzilgan obyektlarini tiklash qiymati, atrof muhitga salbiy ta’sirning normativdan ortiq xarajatlarini bartaraf etish va boshqalarni baholash kiradi. Xozirgi vaqtda qabul qilingan protseduraga muvofiq ekologik auditni bajarilishi shart bо‘lgan va tashabbusli kabi turlarga bо‘lish mumkin. Bajarilishi shart bо‘lgan ekoauditga quyidagilar kiradi:
- atrof tabiiy muhit soxasida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan ekoaudit;
- davlat organlarining topshirig‘iga muvofiq, shu jumladan korxonalarning ekologik sanatsiyasini asoslash uchun о‘tkaziladigan ekoaudit.
- davlat korxonalarini xususiylashtirishda ekologik omilni xisobga olish uchun о‘tkaziladigan ekoaudit;
- iqtisodiy subyektlarning bankrotligi protsedurasini amalga oshirishda о‘tkaziladigan ekoaudit;
- majburiy ekologik sug‘urtalashni amalga oshirishda о‘tkaziladigan ekoaudit;
- investitsiyalash sharoitlarida kо‘zda tutilgan investitsiya loyixalari va dasturlari tayyorlash va asoslashda о‘tkaziladigan ekoaudit. Bu turdagi ekoaudit davlat ekologik ekspertizasi qiroriga binoan, shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash protsedurasi jarayonida amalga oshirilishi mumkin. О‘z navbatida, tashabb usli ekoaudit iqtisodiy subyekt rahbarlari yoki boshqa qaror qabul qiluvchi shaxslar qaroriga muvofiq о‘tkaziladi. Boshqa tomondan ekologik auditni ichki va tashqi turlarga bо‘lish mumkin. Ichki eko audit ixtiyoriy xarakterda bо‘ladi va korxonaning о‘z tashabbusiga kо‘ra о‘tkaziladi. Tashqi audit esa, qoida tariqasida, majburiy asosda о‘tkaziladi [4]
Ekologik auditni о‘tkazishning asosiy prinsiplari quyidagilar: auditning xolisligi va obyektligi; professionallik va kompetentlik; auditni о‘tkazishda olingan axborotlarning konfidensialligi ( maxfiyligi); auditning auditor hisobati va auditor xulosasi uchun javobgarligi ; ekologik audit dasturini rahbariyat yoki auditlashtirilayotgan obyekt egasining qо‘llab quvvatlanishi; aniqlangan kamchiliklarni albatta bartaraf etish choralarini kо‘rish. Ekologik auditning asosiy vazifalariga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda quyidagilarni kiritish mumkin:

  • tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati tо‘g‘risida ishonchli axborotlarni olish, ekologik toza texnologiya va mahsulotning ekologik markirovkasini joriy etish hisobiga jahon bozoridan ularning raqobatbardoshligini oshirish;

  • tabiatdan foydalanishni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari instrumentini barpo etish;

  • atrof muhit sohasidagi faoliyatni boshqa faoliyat tirnoqlari bilan integratsiyalash «ekologik» xisobchilikni yuritish;

  • xamma tan olgan xalqaro prinsiplar, metod va protseduralarni amaliyotda hisobga olish va qо‘llash;

  • ekologik buxgalteriya xisobi va audit bо‘yicha bilimdon mutaxassislarni tayyorlash va tajribali mutaxassislarni jalb etish faoliyati hisoblanadi.

  • Ekolgik ekspirtiza o‘tqazishda qo`llaniladigan Konsentratsion ko‘rsatkich va miqdorlarning ahamiyati (1-jadval).




Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling