Mundarija I


-modda. Ekologik ekspertiza turlari


Download 359.14 Kb.
bet7/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

4-modda. Ekologik ekspertiza turlari.
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
5-modda. Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari.
Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
xolislik;
asoslilik; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi; xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning kompleksliligi.
6-modda. Ekologik ekspertizaning oshkoraligi. Ekologik ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari mumkin. Bunday holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo‘lgan obyektlarning ro‘yxati qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi. (6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Ekologik ekspertiza ekspertining mustaqilligi. Ekologik ekspertiza buyurtmachisi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertiza ekspertining faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
8-modda. Ekologik ekspertiza buyurtmachisining huquqlari. Ekologik ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega: ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari bo‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish; ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik ekspertiza obyektlari xususida takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish; qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida iltimos qilish; ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi haqida axborot olish. Oldingi tahrirga qarang. Ekologik ekspertiza buyurtmachisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son).

Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling