Mundarija I


-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda qo‘yiladigan talablar


Download 359.14 Kb.
bet10/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

14-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda qo‘yiladigan talablar.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda: Oldingi tahrirga qarang. taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi; (14-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi; biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi; ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarning yetarliligi va asosliligi aniqlanadi; ekologik normativlar loyihalarining asosliligi tekshiriladi.
15-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etiladigan materiallar. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi: Oldingi tahrirga qarang. loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha — atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasini, ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonotni, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonotni o‘z ichiga olgan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari; (15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) ishlab turgan obyektlar bo‘yicha — ekologik normativlarning loyihalari, obyektning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatish hollari aniqlangan taqdirda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risida tayyorlangan bayonot. Buyurtmachi qo‘shimcha tarzda ekologik audit materiallarini taqdim etishga haqli; ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchiuchinchibeshinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha — tayyorlangan barcha hujjatlar. Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalash boshlangunga qadar taqdim etiladi. Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangunga qadar taqdim etiladi. Oldingi tahrirga qarang. Ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonot obyekt qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilib olingunga qadar taqdim etiladi. (15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling