Mundarija I


-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining javobgarligi


Download 359.14 Kb.
bet12/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

18-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining javobgarligi. Oldingi tahrirga qarang. O‘z vazifasini buyurtmachining huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazgan tarzda bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik uchun davlat ekologik ekspertizasining eksperti qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son).
19-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddatlari.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi lozim. Uni o‘tkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda).
20-modda. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi. Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa tuzilib, u davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi yakunlarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.
21-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro etishning majburiyligi. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi. Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro‘yobga chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda, buyurtmachi xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq loyiha maromiga yetkazilishini ta’minlashi hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz kechishi shart.

Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling