Mundarija I


-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilish muddati


Download 359.14 Kb.
bet13/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

22-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilish muddati.
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining ekologik talablarga muvofiqligi xususida davlat ekologik ekspertizasining bergan xulosasi berilgan kundan e’tiboran uch yil mobaynida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
23-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi. Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qati nazar amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
24-modda. Ekologik audit. Oldingi tahrirga qarang. Ekologik audit — ekologik auditorlar (firmalar) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. (24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son). Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat obyekti mulkdorining qaroriga binoan o‘tkaziladi. Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Nizolarni hal qilish. Oldingi tahrirga qarang. Ekologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. (25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son). Oldingi tahrirga qarang. 26-modda. Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik. Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 193-moddasiga asosan ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. (26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son). O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV, Toshkent shahri, 2000-yil 25-may, 73-II-son. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 144-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son) [5].



Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling