Mundarija I


-modda. Ekologik ekspertiza buyurtmachisining majburiyatlari, Ekologik ekspertiza buyurtmachisi


Download 359.14 Kb.
bet8/15
Sana03.08.2023
Hajmi359.14 Kb.
#1664851
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

9-modda. Ekologik ekspertiza buyurtmachisining majburiyatlari, Ekologik ekspertiza buyurtmachisi: Oldingi tahrirga qarang. ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonunchilik talablariga muvofiq taqdim etishi; davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq to‘lashi; (9-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Ekologik ekspertiza buyurtmachisi zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son).
10-modda. Ekologik ekspertizani moliyalash.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologik ekspertizasini va ekologik auditni moliyalash buyurtmachining mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son). Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
11-modda. Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari. Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari quyidagilardan iborat:
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; Oldingi tahrirga qarang.
keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; (11-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda), shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlar.

Download 359.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling