Mundarija kirish. Asosiy qism


Smeta hujjatlari tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi


Download 63.61 Kb.
bet4/11
Sana03.12.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1796949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
n iqtisodiyot kurs ishi

3. Smeta hujjatlari tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibi
Qurilishning smeta hujjatlari – inshootning (yo’l, ko’prik, tonnel va hokazo) smeta qiymatlarini asoslab beruvchi hujjatlar majmuidan iborat bo’ladi. Smeta hujjatlari loyihalashtirish jarayonida qurilishni tashkil etish bo’yicha qabul qilingan loyiha yechimlari asosida ishlab chiqiladi va loyihaning tarkibiy bir qismi sifatida tasdiqlanadi.
Smeta hujjatlarning tarkibi loyihalashtirishning bosqichligiga bog’liq. Ikki bosqichli loyihalashtirishda loyiha tarkibida qurilish bahosining umumiy smeta hisobi va xarajatlar to’plami (ishlab chiqarishdan tashqari obyektlar qurilish qiymatini hisobga olgan holda) obyekt va lokal smetalari, smeta hisob – kitoblari, loyiha va izlanishlar smetalari ishlab chikiladi. Ishchi hujjatlar tarkibida obyekt va lokal smetalari ishlab chiqiladi.
Bir bosqichli loyihalashtirishda ishchi loyiha tarkibi qurilish bahosining umumlashma smeta hisob – kitobi, xarajatlar to’plami, obyekt va lokal smetalari, smeta hisob – kitoblari va loyiha izlanish ishlari smetalaridan tashkil topadi.
Loyiha tarkibidagi smeta hujjatlarini yiriklashtirilgan smeta me’yorlari, qurilish smeta bahosining yiriklashtirilgan ko’rsatgichlari bo’yicha, ishchi hujjatlarni kataloglarga jamlagan materiallar, konstruksiyalar, buyumlar, transport xarajatlari kalkulyasiyasining birlik qiymatlari asosida tuziladi.
Smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib qurilishning mahalliy shart-sharoitlarini belgilovchi ma’lumotlar xizmat kiladi. Ular quyidagilardan iborat:
-mahalliy materiallar karyerlar, yordamchi korxonalar va qurilishning tayanch omborxonalari, eng yaqin temir yo’l stansiyalari, pristallar, qurilish maydonigacha bo’lgan masofalar ko’rsatilgan avtomobil yo’llari to’g’risida ma’lumotlar beruvchi avtomobil yo’li qurilishi mo’ljallanayotgan rayon haqidagi ma’lumotlar majmui
(situatsion reja);
-mahalliy qurilish materiallari olinadigan joylar to’g’risida ma’lumotnoma;
-fondlashtirilgan (chetdan keltiriladigan) materiallarning olinish manbalari to’g’risida buyurtmachining ma’lumotnomasi;
-avtomobil yo’llarining texnik holati ko’rsatilgan holda tuzilgan, avtomobil transporti bilan qurilish yuklari tashish masofalarining o’lchanishi to’g’risida dalolatnoma;
-suv, elektr energiya, bug’, siqilgan havo va boshqalarni qanday olinishi to’g’risida ma’lumotnoma.
Avtomobil yo’llari, ko’prik va boshqa yo’l inshootlari qurilishining smeta bahosini aniqlash uchun ikki bosqichli loyihalashtirishda, kapital mablag’larni rejalashtirish va qurilishni moliyaviy ta’minlashning asosi bo’lgan, qurilish bahosining umumlashma smetasi hisob-kitobi tuzib chiqilishi kerak. Uni avtomobil yo’lining alohida konstruktiv elementlarini tiklashning smeta qiymatlarini harakterlovchi obyekt va lokal smetalar asosida ishlab chiqiladi: yo’l polotnosi, yo’l qoplamasi, sun’iy inshootlar, yo’llarni jihozlash, yo’l va avtotransport xizmatining bino va inshootlari va hokazo.
Yo’l polotnosi va qoplamasiga lokal smetalar qurilish me’yorlari va qoidalarida tasdiqlangan, rayonning yagona birlik qiymatlari asosida ishlab chiqiladi. Qolgan lokal smetalar esa odatda qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatgichlari asosida tuzib chiqiladi. Rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) dagi narxlarni mahalliy sharoitga bog’lash kerak bo’ladi, shu sababli yo’l qoplamasi uchun qo’shimcha ravishda yagona narxlarning mahalliy qurilish sharoitiga bog’lagan ravishda materiallar narxi va bu materiallar bo’yicha transport xarajatlari kalkulyasiya qilib chiqilgan yagona narxlari katalogi tuzib chiqiladi.
Yo’l qoplamasi uchun smeta hujjatlarini ishlab chiqarish tartibi quyidagicha: rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) dan tegishli yagona birlik qiymatlari tanlanadi; yagona birlik qiymatlar bo’yicha zaruriy mahalliy materiallar ro’yxati tuzib chiqiladi; shu materiallar uchun tegishli transport xarajatlari kalkulyasiyasi va franko qurilish maydoni smeta qiymatlari kalkulyasiyasi tuziladi; undan so’ng yagona birlik qiymatlari katalogi ishlab chiqiladi. Lokal smetalarda (yo’l qoplamasi va yo’l polotnosi) alohida-alohida to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar, ustama xarajatlar va rejalashtiriladigan jamlanmalar hisoblab chiqiladi. To’g’ridan-to’g’ri xarajatlar tegishli birlik qiymatlarini loyihalashtirilayotgan ish hajmiga ko’paytirib, ustama xarajatlar belgilangan me’yorlar bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri xarajatlardan foiz hisobida, rejalashtiriladigan jamlanmalar smeta sohasidan (to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar va ustama xarajatlar yig’indisidan) foiz hisobida aniqlanadi.
Yo’l qoplamasiga tuzilgan lokal smetada ish haqiga, qurilish mashinalari va mexanizmlarini tasarruf etishga bo’ladigan xarajatlar, mehnat sarfining normativ ko’rsatkichlari va qurilish-montaj ishlarida band bo’lgan ishchilarning ish haqlari ajratib ko’rsatiladi.
Rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) asosida lokal smetalarni tuzishda, tegishli ko’taruvchi koeffisiyentlar amal qiladigan joylarda, ish haqi bo’yicha bo’ladigan qo’shimcha xarajatlarni hisobga olish kerak bo’ladi. Bu koeffisiyentlar bo’yicha ishchilarning asosiy ish haqlariga va qurilish mashinalariga xizmat ko’rsatuvchi ishchilarning ish haqlariga qo’shimchalar hisoblanadi.
Yo’lning boshqa konstruktiv elementlariga lokal smetalar o’z tarkibiga to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar, ustama xarajatlar va rejaviy jamlanmalarni lokal hududiy qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari (UPSS) bo’yicha hisoblanadi. qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatkichi (UPSS) ni ish hajmiga ko’paytirib, smetalar bo’yicha xarajatlarning umumiy miqdorini aniqlash mumkin.
Avtomobil yo’llari qurilishining lokal smetalar asosida tuzilgan umumlashgan smeta hisob-kitobi 12 qismdan iborat bo’ladi:

  1. qism. qurilish hududini tayyorlash.

  2. qism. Yo’l polotnosi.

  3. qism. Sun’iy inshootlar.

  4. qism. Yo’l qoplamasi.

  5. qism. Aloqani yo’lga qo’yish.

  6. qism. Yo’l va avtotransport xizmatlariga binolar va inshootlar.

  7. qism. Yo’l jihozlari va vositalari. Chorrahalar va yondashib qo’shilishlar.

  8. qism. Shaharlarga, rayon markazlariga, temir yo’l stansiyalariga kirib-chiqish yo’llari.

  9. qism. Vaqtinchalik binolar va inshootlar.

  10. qism. Boshqa turdagi ishlar va xarajatlar.

  11. qism. Texnik nazorat. qurilayotgan yo’l direksiyasini ta’minlab turishga xarajatlar.

  12. qism. Loyiha va izlanish ishlari.

Boshlanishdagi 8 ta qism yo’lning konstruktiv elementlari bo’yicha ish turlariga mos keladi.
IX qism vaqtinchalik binolar va inshootlar bo’yicha smeta xarajatlarini aniqlaydi (umumlashma smeta hisob-kitobining boshlang’ich sakkizta bobidagi qurilish-montaj ishlari bo’yicha smeta xarajatlaridan foiz hisobida). X qism boshqa turdagi xarajatlarni o’z ichiga oladi, shu jumladan, qish oylarida ishlarni bajarish, ko’chma elektrostansiyalar elektr energiyasidan foydalanish, foydalanuvchi materiallarni avtomobil yo’llarida qo’shimcha qayta tashish, ishlarning muhim bir joyda emasligi uchun to’lanadigan qo’shimcha to’lovlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar. Ularning miqdori ham normativlarga muvofiq ravishda qurilish-montaj ishlarining yig’indisidan foiz hisobiga aniqlanadi. XI qism belgilangan limitlar bo’yicha hisoblanadigan texnik nazoratga smeta xarajatlarini ifodalaydi. XII qism loyiha-izlanish ishlarining smeta qiymatini aniqlaydi, ularning miqdori qurilish uchun loyiha-izlanish ishlariga smetalar tuzish tartibi haqidagi instruksiya muvofiq hisoblanadi.
Qurilish qiymatining umumlashma smeta hisob-kitobida, miqdori tarmoqqa oshiriladigan rayonga loyihalashtirishning bosqichligiga bog’liq bo’lgan, ko’zda tutilmagan ishlar va xarajatlar uchun rezerv mablag’lar nazoratda tutiladi.
Mablag’lar rezervi qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) bo’yicha belgilangan me’yorlar bo’yicha aniqlanadi, Avtomobil yo’llari loyihasini ishlab chiqishda uning miqdori umumiy smeta qiymatidan 5 foiz miqdorida, ishchi hujjatlarida 1,5 foiz miqdorida, bir bosqichli loyihalashtirishda ishchi loyihada 3 foiz miqdorida belgilangan.
Rezerv ishlarini bajarish usullarining o’zgarishi loyihada ko’zda tutilgan mashinalar, konstruksiyalarning almashishi, loyihada hisobga olinmagan texnologiya o’zgarishidan kelib chiqqan qo’shimcha qurilish-montaj ishlari, hajmi-planirovka yechimlarini qayta ko’rib chiqishlar natijasida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan qo’shimcha xarajatlarni qoplashga xizmat qiladi.
Avtomobil yo’llarni qurish uchun zaruriy kapital mablag’lar miqdori umumiy smeta xarajatlardan qaytariladigan summalarni (ko’zda tutilmagan xarajatlarni hisobga olgan holda) ayrib tashlash yo’li bilan hisoblanadi. qaytariluvchi summalar umumlashma smeta hisob-kitobi jamining so’nggida keltiriladi.
Qaytariluvchi smetalarga quyidagilar kiradi.
-vaqtinchalik bino va inshootlarni buzish qiymati;
-buzilgan binolardan olingan materiallar va konstruksiyalar qiymati;
-yo’lakay qazib olish tartibidan qo’lga kiritilgan va so’ngra realizasiya qilingan materiallar qiymati (tosh, yog’och materiallar, foydali qazilmalar va hokazo)
Tasdiqlanadigan loyiha (ishchi loyiha) tarkibidagi smeta hujjatlariga yozma izoh ilova qilinadi, unda smeta hisob-kitoblarini bajarish uslubi, hududiy rayon, tarif poyasi, ustama xarajatlar miqdori, rejalashtirilgan jamlanmalar va smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hisobga olingan har xil alohida shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar beriladi.
Avtomobil yo’llarini ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqarishning ba’zi bir o’ziga xos hususiyatlari bor. Uning tarkibida butun yo’lning va alohida bo’laklarining ta’mirlashga muhtojligini texnik jihatdan zarurligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, ta’mirlash galma-galligini, texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqiladi. Yo’l va uning bo’laklari bo’yicha harakat perspektiv intensivligi, tegishli texnik kategoriyasi, kesishuvi va kelib qo’shiluvchi yo’llardagi perspektiv harakat intensivliklari belgilab olinadi; transport tugunlari yechimi turlari tavsiya etilib, aholi punktlarini aylanib o’tishning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, kapital mablag’larning samaradorligini hisoblab chiqiladi.
Avtomobil yo’llarini ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlari odatda bir bosqichda ishlab chiqiladi, ya’ni ishchi loyiha.
Avtomobil yo’lini ta’mirlashning hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi; yo’lni ta’mirlash qiymatining umumlash smetasi hisob-kitobi, ta’mirlovchi kompleks tarkibiga kiruvchi alohida inshootlar va binolar bo’yicha obyekt smetalar, boshqa turdagi alohida ishlar va xarajatlar bo’yicha smeta hisob-kitoblari, SNiP me’yorlari va YeRER to’plamlarida ko’zda tutilmagan alohida ish turlari va xarajatlarning birlik qiymati mahalliy shart-sharoitlar bilan bog’langan materiallar, buyumlar va yarimfabrikatlar qiymatlarining kalkulyasiyasi.
Yo’lni ta’mirlash qiymatining umumlashma smetasi hisob-kitobini tasdiqlangunga qadar ish bajaruvchi tashkilotlarning roziligi olinadi. Umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan yo’llarni ta’mirlash uchun tuzilgan loyiha- smeta hujjatlari, ta’mirlashning smeta qiymatiga qarab, yo’l boshqarmalari, PRSO, “O’zavtoyo’l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi, mahalliy yo’llar uchun esa mahalliy hokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi.

Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling