Mundarija kirish. Asosiy qism


Smeta hisob-kitoblarida materiallar, buyumlar va


Download 63.61 Kb.
bet6/11
Sana03.12.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1796949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
n iqtisodiyot kurs ishi

Smeta hisob-kitoblarida materiallar, buyumlar va
yarimfabrikatlarning smeta qiymatlarini aniqlash.
YeRERni mahalliy qurilish sharoitlariga (moslashda) bog’lashda to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarning hisob-kitobida materiallar, buyumlar, yarimfabrikatlar fronka - qurilish maydoni narxlari bo’yicha hisobga olinadi, uning tarkibi yetkazib beruvchining ulgurji narxi, ta’minot va sotish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning ustama haqlari, materiallari, omborxona xarajatlaridan tashkil topadi. Ulgurji sotish narxlari davlat tomonidan franko turlari bo’yicha belgilangan. Franko turi ulgurji narxlarda hisobga olingan transport xarajatlari tarkibini aniqlaydi. Mahalliy materiallarning ulgurji sotilish narxlari SNiP tegishli to’plami bo’yicha aniqlanib, franko turlari bo’yicha harakterlanadi, masalan jo’natish stansiyasi franko-vagoni, ishlab chiqaruvchi korxona hududi transport vositalari frankosi va material turi hamda hudud (Respublika) ga bog’liq ravishda boshqalar qum, sheben, shag’al, tosh uchun ulgurji narxlar jo’natish stansiyasi franko vagonlarida, asfalt-beton qorishmalari uchun esa - transport vositasi frankosida belgilangan. Ruda bo’lmagan barcha tabiiy materiallarga, asfalt-beton va asfaltbetum sanoati mahsulotlariga ulgurji narxlar beshta hududiy poyas bo’yicha, beton qorishma, beton buyumlari uchun o’n ikkita hududiy poyas bo’yicha diferensiyalangan.
Qurilish sharoitida tayyorlanadigan yarimfabrikatlar (agar SNiPda ularga ulgurji narxlar belgilanmagan bo’lsa)ning ulgurji narxi ularni tayyorlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfini kalkulyasiya qilish orqali aniqlanadi. Bunda mehnat, ish haqi, materiallar ishi element smeta me’yorlari bo’yicha bir birlik materiallarning smeta narxi asfalt-beton, sement-beton zavodining obyekt oldi ombor-fronka narxi bo’yicha, mashinalarni ishlatilishining smeta narxlari SNiP bo’yicha aniqlanadi.
Ta’minlash-sotish tashkilotlarining ustamalari faqat tashib keltiriladigan materiallar bo’yicha ularning ulgurji narxlari tarkibiga kirmagan holatlarda hisobga olinadi. Tranzit ustamalar ishlab chiqaruvchi zavoddan qurilish obyektiga, oraliq omborlarni chetlab, o’tib ta’minot fondlariga muvofiq yetkazib beriladigan materiallar uchun belgilangan.
Transport xarajatlari franko turi, ulgurji narxlar va qurilish loyihasida qabul qilingan transport xizmati sxemasiga muvofiq aniqlanadi.
Smeta hisob-kitoblarida transport xarajatlari SNiP ning qurilish uchun yuklarni tashish smeta narxlari to’plamining I-qismi temir yo’llarda va avtomobillarda tashish va II-qismi daryo transportida tashish bo’yicha aniqlanadi.
Smeta hujjatlarida barcha transport xarajatlari kalkulyasiya tuzish orqali hisoblanadi. Temir yo’llarda tashish bahosi tarkibiga yuklashtushirish ishlariga, harakatlanuvchi qismni yetkazib berish va tozalash hamda tashish haqi kiradi. Tashish haqi yukning tarif kvalifikasiyasi (tarif sxemasining) va tarif masofasiga ko’ra aniqlanadi. Avtomobillarda tashish haqi yuklash-tushirishga, xarajatlar va tashish haqidan tashkil topadi. Tashish haqi yukning sinfi (klass) poyas koeffisenti orqali harakterlanuvchi yukni tashish hududi va yukni tashish masofasiga bog’liq. Alohida holatlarda SNiP da keltirilgan tarif haqiga oshiruvchi koeffisentlar qo’llaniladi, masalan, o’zi ag’dargich avtomobillarda 15 km dan ortiq masofaga yuk tashilganda tuproq yo’llardan foydalanilganda va hokazo.
Omborxona xarajatlari - yo’l xo’jaligi omborxonalarini yaroqli holda ushlab turishga, materiallarni qabul qilish va chiqarishni hujjatlashtirishga, yuklarni yo’llarda va omborxonada yo’qotishlari va ishdan chiqishlariga bo’ladigan xarajatlarda belgilanadi. Bu xarajatlarning miqdori materiallarning obyekt oldi ombor-franko qiymatidan 2 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning smeta qiymatlari smeta hisob-kitoblarida kalkulyasiya tuzish yo’li bilan aniqlanadi.
SNiP da keltirilgan tashib keltiriladigan materiallarning o’rtacha rayon smeta narxlari materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni qurilishning obyektoldi omborxonasigacha yetkazib kelish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni o’z ichga oladi: ulgurji narxlar, ta’minot va sotish bilan shug’ullanuvchi tashkilot ustamasi, taraga xarajatlar, taxlash va rekvizitlar, transport va yuklash-tushirish xarajatlari va omborxona xarajatlari. Bu materiallarning smeta narxlari temir yo’l stansiyalari, portlar, pristanlardan 30 km radiusda bo’lgan qurilishlar uchun majburiydir, po’lat konstruksiyalar uchun esa 10 km radiusda.

Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling