Mundarija kirish. Asosiy qism


Smeta hujjatlarini ekspertiza qilish va tasdiqlash


Download 63.61 Kb.
bet8/11
Sana03.12.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1796949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
n iqtisodiyot kurs ishi

6. Smeta hujjatlarini ekspertiza qilish va tasdiqlash
Belgilangan tartibga muvofiq inshootning smeta qiymatiga bog’liq ravishda loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o’tkaziladi.
Ekspertiza vaqtida quyidagilar tekshiriladi:
-qurilishning maqsadga muvofiqligi va texnik - iqtisodiy jihatdan asoslanganligi;
-qabul qilingan texnik yechimlar va qurilish muddatining qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP)ning amaldagi me’yorlariga muvofiqligi;
-amaldagi smeta me’yorlari va narxlarga muvofiq ravishda, smeta hujjatlari ishlab chiqilishining va qurilish smeta qiymati aniqlanishining to’g’riligi.
Ekspertiza natijalari bo’yicha aniqlashtirib chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari, shartnomaviy narxlar loyihasi bilan birgalikda bosh pudratchi qurilish tashkilotiga muvofiqlashtirish uchun taqdim etadi. Shartnomaviy narxlarni muvofiqlashtirish uchun pudratchiga loyiha-smeta hujjatlari taqdim etilgan kundan boshlab 45 kunlik muxlat belgilangan.
Bosh pudratchi belgilangan tartibda yordamchi pudratchi qurilishmontaj tashkilotlari ishtirokida loyiha-smeta hujjatlari va shartnomaviy narxlar loyihasini ko’rib chiqishni tashkillashtiradi. Ko’rib chiqish natijasida umuman loyiha bo’yicha va qurilish tarkibiga kiruvchi har bir obyekt bo’yicha tegishli hisob-kitoblar va normativ hujjatlarga asoslangan mulohazalar tayyorlanishi kerak. Mulohazalar buyurtmachiga jo’natiladi.
Buyurtmachi bosh loyihachi tashkilot ishtirokida bosh pudratchining mulohazalarini ko’rib chiqadi va 10 kunlik muxlat ichida barcha mulohazalar bo’yicha xulosa tayyorlanadi. Shartnomaviy narxlar bo’yicha mulohazalar alohida ko’rib chiqiladi. Barcha obyektlar va umumqurilish bo’yicha shartnomaviy narxlar kelishilgandan keyin bosh loyihachi tashkilot shartnomaviy narxlar vedomostini to’g’rilab chiqadi va qurilishning to’liq smeta qiymatini aniqlaydi. Bu qiymat qurilishning tasdiqlangan bahosi bo’ladi.
Bosh pudratchi bilan shartnomaviy narxlarni muvofiqlashtirish bir vaqtning o’zida qurilish qiymatining umumlashma smeta hisob-kitobini ham muvofiqlashtirish sanaladi.
Shartnomaviy narxlar muvofiqlashtirilib bo’lgandan so’ng loyihani tasdiqlash uchun tegishli instansiyaga taqdim etish mumkin.
Loyihachi tashkilotlar buyurtmachining topshirig’i bo’yicha ishlab chiqilgan loyihani tasdiqlovchi instansiyalarda himoya qiladilar. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining to’liq komplekti loyiha buyurtmachisida va loyiha tashkilotida saqlanadi. Asosiy loyiha materiallari: (umumiy yozma izoh, bosh reja, qiymatning umumlashma smeta hisob-kitobi, shartnomaviy narxlar vedomosti, birlik qiymatlar katalogi) nomerlangan bo’lishi, tegishli muhr bilan tasdiqlangan va qo’l qo’yilgan bo’lib, tasdiqlanishi to’g’risi yozuvi va tasdiqlanish sanasiga ega bo’lishi kerak. Loyiha-smeta hujjatini tasdiqlanganligi to’g’risidagi hujjat davlat yagona ish yuritish tizimiga muvofiq keladigan buyruq, qaror yoki farmoyish bo’lishi mumkin. Shunday qilib, yo’l xo’jaligida amal qilayotgan narx shakllanish tizimi iqtisodiyotning ekstensiv rivojlanish sharoitida yuzaga keldi. Buning natijasida yo’l qurilish mahsulotining narxi yo’l ta’mirlash qurilish ishlab chiqarishning iqtisodiyotga, iqtisodiy richag sifatida yetarlicha ta’sir o’tkaza olmaydi. Narxlarda nafaqat smeta narxlari shakllanishining yangi tamoyillari o’z aksini topishi, balki yo’l tarmog’i va uning mahsulotining is’temolchisi-hudud iqtisodiy mexanizmining faoliyat ko’rsatishi xususiyatlari ham aks etishi kerak.
Smeta narxlari shakllanishini takomillashtirish quyidagilarga yo’naltirilishi kerak:
-yo’l va yo’l inshootlarini qurish va ta’mirlashning barcha xarajatlarida nafaqat yo’l tarmog’ining, balki yo’l mahsuloti iste’molchilarining ham iqtisodiy manfaatlari chambarchas o’zaro bog’lanishi kerak;
-loyihalashtirish va qurilish jarayonida smeta qiymatlarining asoslanmagan holda ortishiga to’siq qo’yilishi kerak;
-narxlarning va narx shakllanishi mexanizmining qurilish muddatlarini qisqartirish va resurslarni tejash borasidagi rolini kuchaytirish kerak.
Umumiy jami xarajat . Ilova№1


Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling