Mundarija kirish. Asosiy qism


Qurilish smeta qiymatining me’yoriy bazasi


Download 63.61 Kb.
bet5/11
Sana03.12.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1796949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
n iqtisodiyot kurs ishi

4. Qurilish smeta qiymatining me’yoriy bazasi
Qurilishda narxlarning shakllanishi jarayoni Davlat tomonidan smeta bo’yicha mehnat yo’l - qurilish mashinalarining ish vaqti, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar yarimfabrikatlar sarfini majburiy me’yorlash, qurilish ishchilari ish haqlarini hisoblashga yagona ta’rif tuzilishini qo’llash, qurilish materiallari. buyumlar, yarimfabrikatlarga yagona ulgurji narxlarning belgilash, qurilish mashinalaridan foydalanishning smeta narxlarining belgilash, yagona transport tariflari va elektr energiyaga tariflarini o’rnatish yo’li bilan nazorat qilinadi va tartibga solinadi.
Smeta me’yorlari - bu bir birlik qurilish ish hajmi inshootning konstruktiv elementiga to’g’ri keladigan to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarining (qurilish materiallari, mehnat va ish haqi, qurilish mashinalarining ish vaqti) alohida elementlari miqdorining natural ko’rinishidagi ifodasidir.
To’g’ridan-to’g’ri xarajatlar elementlari bo’yicha natural smeta me’yorlari va qiymat (narx) ko’rsatgichlari majmui smeta normativlari tizimini hosil qiladi.
Qo’llaniladigan barcha smeta me’yorlari qurilish tarmoqlari, vazifasi, ish turlari va yiriklashganlik darajasi bo’yicha turlarga ajratiladi.
Qurilish tarmoqlari bo’yicha smeta me’yorlari fuqaro, sanoat, transport va boshqa qurilish turlari bo’yicha differensiyalanadi.
Vazifasiga ko’ra ishlarning smeta qiymatini aniqlash uchun xizmat qiluvchi va boshqa ishlar va xarajatlar miqdorini hisoblash uchun kerak bo’ladigan normativlarga ajratiladi.
Yiriklashganlik darajasi bo’yicha me’yorlar elementlar bo’yicha, ya’ni alohida ish turlari yiriklashtirilgan (konstruktiv elementlar va bino hamda inshootlarning yirik o’lchagichlari) me’yorlarga diferensiyallanadi.
Avtomobil yo’llari, ko’priklar va boshqa yo’l inshootlarining smeta qiymatini aniqlash uchun qo’llaniladigan asosiy me’yorlar quyidagilardan iborat:
1.Yiriklashtirilgan smeta me’yorlari (USN) yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ni tuzish uchun foydalaniladigan qurilish konstruksiyalari va ishlari uchun element smeta me’yorlari (ESN) qurilish smeta qiymati hisob-kitobining to’g’riligi qo’llaniladigan smeta me’yorlari va narxlarining ishonchliligi va realligi bo’yicha aniqlanadi. Smeta normativlarini ishlab chiqarish, ishlab chiqarish me’yorlari – qurilish, montaj va qurilish – ta’mirlash ishlarining yagona me’yorlari va narxlari (YeNiR), qurilishni tashkil etishning tejamli va taraqqiyparvar loyiha yechimlariga asoslanadi.
2.Resurslar xarajatining smeta me’yorlari, operativ-ishlab chiqarishni rejalashtirishi va me’yorlashtirishda foydalaniladigan ishlab chiqarish me’yorlari (YeNiR)dan shu bilan farq qiladiki, ular ma’lum bir yiriklashtirilgan ishlar majmuiga, o’rtacha texnologiya ishlarini bajarishning o’rtacha uslubiyoti, smeta me’yorlari ishlab chiqarilayotgan paytdagi texnika taraqqiyotining tavsiyasini hisobga olgan holda belgilanadi. Elementlar bo’yicha smeta me’yorlarining barcha yo’nalishlarida 16 mingdan ortiq me’yorlari jamlangan.
3.Har bir smeta me’yori norma, paragraf, konstruktiv element yoki ish turining nomi, me’yor aniqlashgan elementining o’lchov birligi, me’yorida hisobga olingan qurilish jarayoni va ishlar tarkibi hamda son ko’rsatgichlariga ega bo’lgan jadvaldan tashkil topgan. Element smeta me’yorining nomeri ikki qismdan tashkil topgan: birinchi qism – to’plam No ikkinchi qism me’yorining to’plamdagi tartib raqami. Element smeta me’yorlari qurilish ishlab chiqarishning tarmoq bo’yicha o’rtacha texnologik darajasini aks ettirganligi sababli, loyiha bo’yicha ishlarni bajarishning o’ziga xos shart-sharoitlari qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) ning tegishli to’plamlarida keltirilgan to’g’rilash koeffisentlari yordamida hisobga olinadi.
4.Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) bino va inshootlar qurilishining smeta qiymatining aniqlash, smeta qiymatining yiriklashtirilgan normativlarini, bino va inshootlar qurilishi preyskurantlarini ishlab chiqish va bajarilgan ishlar uchun hisoblashishga xizmat qiladi. Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) turli qurilish ishlarini bajarishga bo’ladigan to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni harakterlab, qurilish konstruksiyalari va ishlari uchun element smeta me’yorlari, materiallar, buyumlar va konstruksiyalar uchun o’rtacha rayon narxlari, qurilish mashinalari tasarruf etishning smeta baholari asosida tuzilgan. Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ning har bir yo’nalishi texnik qismdan va konstruksiyalar yoki ishlarning qabul qilingan birligiga to’g’ri keladigan to’g’ridan-to’g’ri ifoda etgan (xarajatlar) birlik qiymatlari jadvalidan iborat. Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) dan foydalanish qoidalari, qurilish konstruksiyalari va ishlariga yagona rayon birlik qiymatlarini qo’llash bo’yicha ko’rsatmalarda keltirilgan. Barcha qiymatlar (rossenkalar) uch guruh bo’yicha diferensiya qilingan: barcha turdagi xarajatlar hisobga olingan qiymatlar (rossenkalar) (masalan, yer ishlari uchun);
5.Detal va konstruksiyalarni montaj qilish qiymatlari, bunda o’rnatiladigan konstruksiya va detallarning qiymatlari hisobga olinmagan, chunki ular tegishli smetalarda hisob-kitob qilingan (masalan, detal va konstruksiyalarni montaj qilinishi narxini aniqlashda);
Mahalliy qurilish materiallarning narxlari hisobga olinmagan holda, faqat bu materiallarning qabul qilingan ishlar o’lchamiga sarfi miqdorini ko’rsatuvchi qiymatlar. Bu guruh qiymatlari yo’l qoplamasining barcha qatlamlari qiymatini aniqlash uchun qo’llaniladi. Avtomobil yo’llari qurilishi qiymatini aniqlashda bu qiymatlar mahalliy shartsharoitlarga «bog’lanishi» kerak.
Qurilish mashinalaridan foydalanish bo’yicha smeta narxlari to’plami, mashina va mexanizmlarning turlari va tiplari bo’yicha ishlab chiqarilgan bo’lib, qurilish mashinasi ishining 1-mashina/soati uchun smeta narxlaridan tashkil topgan. Bir mashina/soat ishlashning qiymatida quyidagi normativ xarajatlar hisobga olingan: birdaniga bo’ladigan xarajatlar (mashinani yetkazib kelish, ko’chirish, montaj va demontaj qilish), yillik xarajatlar (mashinalarni 1 soat ishiga to’g’ri keladigan to’liq ta’mirlash va tiklashga amortizasiya), joriy xarajatlar (mashinalarni boshqaruvchi, ularga texnik xizmat ko’rsatuvchi, joriy ta’mirlovchi, yoyilgan smeta uskunalarini tiklovchi va ta’mirlovchi xodimlarni ta’minlab turishga, energoresurslarga, yordamchi materiallariga, mexanizasiya boshqarmasining ustama xarajatlarini qoplashga bo’ladigan harjatlar).
3.Materiallar, buyumlar va konstruksiyalarga o’rtacha rayon narxlari to’plami materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning smeta qiymatlarini aniqlash qoidalaridan iborat bo’lib, quyidagi qismlardan iborat:

  1. qurilish materiallari.

  2. qurilish konstruksiyalari va detallari.

  3. Sanitar-texnik ishlari uchun materiallar va buyumlar.

  4. Mahalliy materiallar.

V.Montaj va maxsus qurilish ishlari uchun materiallar, buyumlar va konstruksiyalar.
VI.Chetdan keltirilgan materiallar qiymati qurilishda narx shakllanishi sharoitlari bo’yicha taqsimlab chiqilgan, hududiy rayonlar bo’yicha to’plamning I- qismiga asosan aniqlanadi. Qurilish materiallari, konstruksiyalari va detallarining o’rtacha rayon narxlari materiallarni, buyumlarni, konstruksiyalarni qurilishning obyektoldi omborxonasigacha yetkazib kelish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni hisobga oladi.
VII.To’plamning 5-qismdagi ma’lumotlar, mahalliy materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning smeta narxlarini hisoblash va yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ni mahalliy sharoitga bog’lash uchun xizmat qiladi.
5.Qurilish-montaj ishlarini qish mavsumida bajarilganda bo’ladigan qo’shimcha xarajatlarni aniqlash qoidalari.
6.Vaqtinchalik bino va inshootlar qurilishi uchun smeta me’yorlarini ishlab chiqish va qo’llash qoidalari.
7.Qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatgichlar (UPSS) umumfoydalanish avtomobil yo’llari qiymatini aniqlashga mo’ljallangan bo’lib, o’z tarkibiga to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar, ustama xarajatlar va rejaviy jamg’armalarni oladi. Qurilish-montaj ishlarining qiymat ko’rsatkichlari YeRER ning bazis sifatida qabul qilingan birinchi hududiy rayoni uchun hisoblab chiqilgan. Qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari (UPSS) dan boshqa rayonlarda foydalanilganda to’g’rilash koeffisiyentlari qo’llanilishi kerak.
Yo’l qurilishida har bir konkret davrida qo’llaniladigan smeta normativlari:
-amal qilib turgan rejalashtirish uslublari va yo’l xo’jaligi faoliyatiga baho berishning narxlar shakllanishi tizimi bilan bog’lashi;
-yo’l obyektlarining smeta qiymatlari qurilishda qo’llanilayotgan sanoat mahsulotlariga nisbatan amalda bo’lgan narxlar, yuklarni tashishga va elektr energiyaga bo’lgan tariflarning aks etishini ta’minlashi;
-yo’l qurilishi samaradorligini oshirishga, moddiy-texnika va mehnat resurslarini tejamligi smeta me’yorlari va narxlarning rag’batlantiruvchi rolining oshishini ta’minlashi;
-smeta hisob-kitoblarining ishonchligi ortib borgani holda, smeta hujjatlarining tuzishni soddalashtirishga imkon yaratilishi kerak. Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER)ni mahalliy shart-sharoitlarga bog’lash(moslash)
Mahalliy qurilish materiallaridan foydalanishni ko’zda tutuvchi, qurilish konstruksiyalari va ishlari yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER), faqat qurilishning mahalliy shart-sharoitlariga bog’langandan keyingina qo’llaniladi.
Bog’lash smeta qiymatining to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarini baholashda hisobga olinmagan mahalliy materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning franko qurilish maydoni tomonidan avvaldan kalkulyasiya qilingan smeta narxlari asosidagi smeta qiymatini qo’shish orqali amalga oshiriladi. Qurilishning mahalliy sharoitlarga bog’langan yagona rayon birlik qiymatlari asosida vazirliklar va idoralar birlik qiymatlarning quyidagi turlardagi kataloglarini tuzadilar:
-sanoat - qurilish zonalari va alohida qishloq qurilishi rayonlari bo’yicha maxsuslashmagan qurilish uchun umumtarmoq baholar katalogi;
-ixtisoslashgan qurilish, shu jumladan liniyaviy qurilish uchun idoralarga qarashli kataloglar;
-yirik qurilish uchun, aerodromlarning uchish - qo’nish polasalari va avtomobil yo’llarini qurish uchun ularning smeta qiymatidan qat’iy nazar qurilishni ta’minlovchi yo’llarga, xo’jaliklar ichidagi, qurilish hududidagi aholi yashash punktlaridagi korxonalarga 3 km gacha bo’lgan kirib-chiqish yo’llari bundan mustasno.
Qurilish baholari qurilish shart-sharoitlarini qoplashda materiallarning smeta qiymatlari yordamchi jadval bo’yicha hisoblanadi. Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER)ni tuzishda ko’zda tutilmagan materiallar jadvalning «Qiymatlashda hisobga olinmagan material resurslar» grafasida ko’rsatilgan bo’lib, u yerda bu materiallarning nomlari, texnik harakteristikasi va sarflanish me’yorlari keltiriladi. Ularning smeta qiymatlari bir birlik materialning smeta narxini uning sarflanish me’yoriga ko’paytirib va yagona rayon birlik qiymatini ishlab chiqarishda hisobga olingan materiallarning smeta qiymatlariga qo’shib topiladi.
Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) asosida smetalar tuzishda (qurilishning mahalliy sharoitlariga bog’langan) qo’shimcha ravishda quyidagilar hisoblanadi:
-lokal smetalarda – oshiruvchi rayon koeffisiyentlari qo’llanilishi sababli ishchilar ish haqining ortishi;
-avtomobil yo’llari qurilish qiymatining umumlashma smeta hisob – kitobida – elektr energiya va siqilgan havoga bo’ladigan xarajatlardagi farq, agar qurilish ular bilan YeRERda qabul qilingan narxlardan boshqa narxlarda ta’minlansa, olib kelinadigan materiallarni tashishda bo’ladigan xarajatlardagi farq, agar ularning tashilish masofasi YeRERda qabul qilinganiga nisbatan o’zgargan bo’lsa, qo’shimcha xarajatlar, agar qurilish ishlari qish mavsumida olib borilsa va boshqalar.

Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling