Mundarija kirish. Asosiy qism


Yo’l xo’jaligida narx shakllanishining o’ziga xos tomonlari


Download 63.61 Kb.
bet2/11
Sana03.12.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1796949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
n iqtisodiyot kurs ishi

1. Yo’l xo’jaligida narx shakllanishining o’ziga xos tomonlari
Narxlanish (narx shakllanishi) tizimi mamlakat bozor iqtisodiyotining zaruriy vositasi sanaladi. Yo’l xo’jaligida narxlarning shakllanishi asosida narxlar bo’yicha yagona umumdavlat siyosati yotadi va uning asl mohiyati korxona (tarmoq) xarajatlarini qoplash, foydaning shakllanishi, ishlab chiqarishning rivojlanishini rag’batlantirish va ishlovchilarning o’z mehnatlarining natijalaridan manfaatdor bo’lishlarini ta’minlashga birdek yondashishni taqozo etadi.
Mahsulotlarning narxi shunday belgilanishi kerakki, yo’l xo’jaligining mo’tadil ishlayotgan korxonasi uni realizasiya qilganidan so’ng mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy xarajatlarni qoplash, davlat byudjeti yoki yuqori organlarda zaruriy to’lovlarni to’lash va undan tashqari o’zining rivojlanishi uchun mablag’ga ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Narxlarda mahsulotning iste’mol xususiyatlari, uning sifati va foydaliligi hisobga olinadi.
Iqtisodiy nazariyada narxlar shakllanishiga bir necha xil qarashlar mavjud. Kapital qurilishda «o’rtacha qiymat» tushunchasi qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra narx o’rtacha tarmoq qiymatiga (ijtimoiy zaruriy xarajatlar), tannarxiga proporsional bo’lgan «rejalashtirilgan jamg’armalar» deb ataluvchi sof daromadni qo’shib hisoblash asosida aniqlanadi. Amalda tannarx ijtimoiy zaruriy xarajatlar miqdoridan bir qator omillar ta’sirida boshqacha bo’ladi va ularning ko’rsatadigan ta’siri korxona rejasining shakllantirishda hisobga olinadi.
Yo’l xo’jaligida ham o’rtacha qiymat tushunchasi qabul qilingan. Narx vazifasini smeta qiymati ifoda etadi. Smeta bu obyektni qurishga yoki ta’mirlashga bo’ladigan barcha xarajatlarning hisob-kitobini tasvirlaydi.
Yo’l xo’jaligida qabul qilingan narxlarning shakllanish uslubi boshqa tarmoqlardan farq qiluvchi qator muhim xususiyatlarni hisobga oladi, shu jumladan:
-qurilish obyekti joylashgan yerdagi iqtisodiy-geografik va transport omillarining avvaldanoq aniq bo’lishligi;
-qo’llaniladigan hajm-tyokislash, konstruktiv va texnologik qarorlarning mahalliy qurilish sharoitiga nihoyatda bog’liqligi;
-quriladigan obyektlarning liniyaviy harakterdaligi;
-ishlarni amalga oshirishda mahalliy qurilish materiallari, ishlab chiqarish chiqindilari va ikkilamchi resurslarning keng qo’llanilishi;
-yo’l qurilishi va ta’mirlash ishlarining umumiy hajmida transport ishlari salmog’ining yuqoriligi, materiallar va konstruksiyalar tashilish masofasi ularning qiymatiga ta’sirini katta bo’lishi.
Narxlarning shakllanish jarayoni o’z ichiga uchta bosqichni oladi:
-texnik iqtisodiy asoslash va texnik iqtisodiy ishlab chiqarish, ya’ni loyihalashni boshlashdan avvalgi bosqichda, limit narxlarni aniqlash;
-loyihani ishlab chiqarishda qurilishning yoki rekonstruksiya qilishning smeta qiymatlarini hisoblab chiqish;
-buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari o’zaro kelishgan holda shartnomaviy narxlarni belgilab olish.
Davlat buyurtmasiga ko’ra amalga oshiriladigan qurilishlar (masalan, umumdavlat va respublika ahamiyatiga ega bo’lgan yo’llar) bo’yicha limit narxlari majburiy ravishda aniqlab chiqiladi.
Limit narxlari topshiriqda loyihalashtirishda ko’zda tutilgan inshootlar uchun ularning texnik va iqtisodiy parametrlari mos keluvchi normativ rolini bajaradi. Limit narxlari darajasi kapital mablag’lar sarfining qoplanish muddatlari normativlaridan kelib chiqilgan holda aniqlanishi kerak. Shu sababli limit narxlari loyihalashtirish va qurilish jarayoni uchun kapital mablag’lar sarfining chegarasini belgilaydi va uning miqdori shundan ortib ketmasligi kerak. Limit narxlarining ortib ketishi tasarrufga topshirilayotgan obyektlar bo’yicha kapital mablag’lar samaradorligi loyihalashtirish oldi bosqichida hisoblangandan ko’ra past bo’lishligini bildiradi.
Smeta qiymati loyihalashtirish jarayonida qabul qilingan muxandislik yechimlari asosida belgilanadi va loyiha tarkibida tasdiqlanadi. Bunda uning qiymati tasdiqlangan ro’yxat bo’yicha besh yillik muddatga yangidan qurilishi boshlanadigan va rekonstruksiya qilinishi texnik- iqtisodiy asoslanishiga to’g’ri kelishi yoki undan past bo’lishi kerak.
Shartnomaviy narx - qurilish va yo’l xo’jaligida tovar-pul munosabatlarining butunlay yangicha bo’lgan kategoriyasidir. Shartnomaviy narxning yuqori chegarasi obyekt qurilishi yoki rekonstruksiyasining limit narxi bo’lsa, pastki chegarasi pudratchining xo’jalik hisobi manfaatlarini hisobga oluvchi loyihalashtirish bosqichida aniqlangan smeta qiymatidir. qurilishda (shu jumladan yo’l qurilishida), hamda yo’l xo’jaligida narx shakllanishining markaziy masalasi loyihani ishlab chiqishda hisoblanadigan smeta qiymati sanaladi, chunki huddi shu smeta qiymati qurilishda shartnomaviy narxlarni aniqlash uchu nasos bo’lib xizmat qiladi. Smeta xizmatini aniqlash uchun loyiha tarkibida smeta hujjatlari deb ataluvchi hisob-kitob va hujjatlar majmui ishlab chiqiladi. Loyiha tarkibida ishlab chiqiladigan (qurilish va texnologik yechimlar, qurilishni tashkil etish, smeta hujjatlari), barcha hujjatlar majmui birgalikda loyiha-smeta hujjatlari deb ataladi.
To’g’ri tuzib chiqilgan, pudratchi tomonidan qabul qilingan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta hujjatlari butun qurilish davri uchun o’zgarmas bo’lib, qurilish yoki yo’l obyekti ta’mirlanishiga ajratilgan mablag’larning to’g’ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling