Mundarija kirish. Asosiy qism


Smeta xarajatlari strukturasi va ularni guruhlarga ajratish


Download 63.61 Kb.
bet3/11
Sana03.12.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1796949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
n iqtisodiyot kurs ishi

2. Smeta xarajatlari strukturasi va ularni guruhlarga ajratish
Smetalarda ko’zda tutilgan avtomobil yo’llari, ko’priklar, yo’l inshootlari qurilishi bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar qurilishning umumiy smeta qiymatini aks ettiradi (zarur bo’lgan umumiy kapital mablag’lar sarfini). Umumiy smeta qiymatini alohida xarajat turlariga ajratib chiqish va ularning umumiy smeta qiymatidagi salmog’ini foizlarda aniqlashga, qurilish smeta qiymatining strukturasi (tarkibiy tuzilishi) deyiladi. Kapital mablag’ning strukturasiga muvofiq ravishda qurilishning smeta qiymati tarkibi qurilish ishlariga (yer polotnosini tayyorlash, tayyorgarchilik ishlari, sun’iy inshootlar, yo’l qoplamasi, yo’l xizmatining bino va inshootlari, yo’llarni obodonlashtirish va boshqalar), texnologik uskunalarni sotib olishga, qurilayotgan obyekt uchun inventar va asbob-uskunalar sotib olishga, montaj ishlariga, boshqa xarajatlarga (loyiha-izlanish ishlari, qurilishni texnik nazorat qilish, ilmiytekshirish ishlari, harakatlanuvchi harakterdagi ish uchun ish haqiga qo’shimcha to’lovlar va hokazo) ajratiladi.
Qurilish smeta qiymatining strukturasi asosan qurilayotgan obyektning turi va vazifasiga bog’liq. Sanoat qurilishida ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi obyektlarni tiklashda qurilish-montaj ishlarining salmog’i 40-55 foizni, ishlab chiqarishga xizmat qilmaydigan obyektlarda 75-90 foizni tashkil etadi. Yo’l xo’jaligida esa asosiy o’rinni qurilish-montaj ishlari egallab, uning qurilishning umumiy smeta qiymatidagi salmog’i 90 foizga yaqin bo’ladi.
Har qanday turdagi ishlarni bajarish yoki har qanday konstruktiv elementni tiklashda smeta xarajatlari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra smeta xarajatlari guruhini tashkil etuvchi kompleks kalkuliyasion moddalarga birlashtiriladi. Kalkuliyasion moddalar qurilishda smeta hisobkitoblarini bajarish bo’yicha qabul qilingan yagona uslubiyotga muvofiq aniqlanadi.
Smeta xarajatlarini guruhlashtirish ularni quyidagi moddalarga ajratilishini ko’zda tutadi: to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar, (TX) ustama xarajatlar(UX) va rejalashtiriladigan jamlanmalar (RJ) SkmiqTX+UX+RJ. Har qanday obyektning smeta qiymati alohida konstruktiv elementlar va ish turlari qiymatidan tashqari o’z tarkibiga limitlangan xarajatlar deb ataluvchi vaqtinchalik binolar va inshootlar, boshqa ishlar va ko’zda tutilmagan ishlar uchun xarajatlarni ham oladi. Avtomobil yo’lini qurishning to’liq smeta qiymati alohida konstruktiv elementlar bo’yicha smeta qiymatlarini qo’shib topiladi (yer polotnosi, yo’l qoplamasi, sun’iy inshootlar, yo’llarni jihozlash va limitlangan xarajatlar).
To’g’ridan-to’g’ri xarajatlar deb - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish, qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi. Ularning to’g’ridan-to’g’ri deb atalishiga sabab, ularni konkret ish turi bo’yicha amaldagi smeta me’yorlari va narxlar asosida aniqlash hamda bir-birlik ishga nisbatan taqsimlab qiymatini topish mumkin. To’g’ridan-to’g’ri xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-qurilish maydoni hududida qurilish-montaj ishlari bilan mashg’ul bo’lgan ishchilarning asosiy ish haqlari. Ishchilarning qo’shimcha ish haqlariga (ta’til haqlari, kompensasiyalar, nafaqalar to’lovi) bo’ladigan xarajatlar ustama xarajatlar tarkibida hisobga olinadi. Ishchilarning asosiy ish haklariga xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar va yordamchi ishlab chiqarish ishchilarining, hamda qurilish, yo’l mashinalari va transport vositalarini boshqarish bilan shug’ullanuvchi ishchi mexanizatorlarning ish haqlari qo’shilmaydi;
-materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va yarimfabrikatlarning qiymatlari. Yo’l qurilishida ishlatiladigan barcha materiallar ikki guruhga bo’linadi: chetdan keltiriladigan va mahalliy materiallar. Hududiy ta’minot organlari orqali yo’l xo’jaligi qurilishlariga yetkazib beriladigan materiallar asosan chetdan keltiriladigan materiallardir. Ular qatoriga bitum, sement, yog’och materiallar, asidol, metall va boshqalar kiradi. Qurilish materiallari sanoati korxonalarida, qurilish industriyasidan, baza va mahalliy tosh materiallari karyerlaridan, yo’l xo’jaligining yordamchi korxonalaridan keltiriladigan materiallar – mahalliy materiallar sanaladi. Mahalliy materiallar qatoriga qum, sheben, shag’al, asfalt–beton va temir – beton aralashmalari konstruksiyalar va boshqalar kiradi.
To’g’ridan – to’g’ri xarajatlarda barcha materiallar qurilishning obyekt oldi franko omborxonasi narxlarida hisobga olinadi, ya’ni u narxlar ulgurji sotilish narxlari, sotish tanlash tashkilotlarning ustamalari, tara va rekvizitlari narxi, materiallarni obyektoldi omborxonalarigacha yetkazib kelish uchun bo’lgan transport xarajatlari, tayyorgarchilik – ombor xarajatlari yig’indisidan iborat bo’ladi.
Qurilish va yo’l mashinalarini, transport vositalarini tasarrufiga bo’ladigan xarajatlar mashina va mexanizmlarni qurilish maydoniga yetkazib kelish, ularni bir obyektdan boshqa obyektga ko’chirish, montaj va demontaj qilish, amartizasiya ajratmalari, ta’mirlash xarajatlari, ishchi – mexanizatorlarining ish haqlari, yonilg’i – moylash materiallariga va elektr energiyaga xarajatlardan tashkil topadi.
Qabul qilingan ish o’lchamiga (100m2 ga, 100m3 ga 1m3 ga, 1m2 ga) to’g’ri keladigan to’g’ridan – to’g’ri harjatlar miqdori birlik qiymati deb ataladi.
Bunday smeta hisob – kitoblarning obyekti, loyihalarda ko’zda tutilgan, konstruktiv elementlari va ish turlari bo’yicha ish hajmini birlik qiymatiga ko’paytirib aniqlanadigan to’g’ridan – to’g’ri xarajatlar sanaladi.
Ustama xarajatlar - bu qurilishni tashkil etish, boshqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlaridan iborat bo’lib, to’rt guruhdan tashkil topadi: ma’muriy xo’jalik, ishlovchilarga xizmat ko’rsatish, ishlarni bajarishni tashkil etish va boshqa xarajatlar. Ustama xarajatlarni u yoki bu turdagi ishning bir – birligiga nisbatan hisoblab bo’lmaydi, chunki ular butun qurilish tashkilotiga tegishlidir. Shu sababli ularni to’g’ridan – to’g’ri xarajatlarning har bir so’miga bir tyokisda taqsimlanadi va smetalarda belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi. Ustama xarajatlarning me’yorlari qurilish tashkilotining qaysi idoraga tegishliligi va ish turiga bog’liq bo’ladi. Ustama xarajatlarning me’yorlari vazirliklar, idoralar va respulikalar bo’yicha differensiyalangan. Texnika taraqqiyotining o’sib borishi munosabati bilan ustama xarajatlarning me’yorlari vaqti – vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi, chunki ular qurilishning mexanizasiyalashish va industrializasiya darajasiga, qo’llanaladigan qo’l mehnatining ulushiga, qurilish tashkilotlarining quvvati va strukturasiga, qurilish materiallari narxlariga hamda tashish, elektroenergiya tariflarining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.

Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling