Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari
I BOB. Qurilish ishlab chiqarish tashkilotlarida nizolarning nazariy asoslari
Download 481.46 Kb.
|
Baxriddinov Muhriddin
I BOB. Qurilish ishlab chiqarish tashkilotlarida nizolarning nazariy asoslari
Qurilish ishlab chiqarish tashkilotlarini boshqarishda nizolarning mazmuni va ahamiyati Boshqaruvning boshqa ko‘p sonli nazariyalari kabi nizo tushunchasining ham turli talqinlari va atamalari mavjud. Nizo deganda ikki va undan ko‘proq shaxslar yoki tomonlar o‘rtasida muammoning yechimiga nisbatan bir xil fikrni (kelishuvni) mavjud emasligiga aytiladi. Har bir tomon aynan uning maqsadlari boshqalar tomonidan qabul qilinishini istaydi va boshqalarning aynan shunday yo‘l tutishiga qarshiliq qiladi. Insonlar nizo to‘g‘risida o‘ylaganlarida ular ongida agressiya, tahdid, bahs, dushmanlik, urush va shunga o‘xshash salbiy obrazlar paydo bo‘ladi. Shu sababli nizo-bu salbiy vaziyat, "imkoni boricha uni oldini olish yoki bartaraf etish lozim", - degan fikrlar mavjud. Nizoga nisbatan bunday fikrlar ilmiy, ma’muriy boshqaruv maktablari vakillarining Veber byurokratiyasi ta’limotlari asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tashkiliy samaradorlikga bunday yondashuvlar vazifalarni, protsedura, qoidalarni va mansabdor shaxslarning o‘zaro munosabatlariga va tashkilotning ratsional boshqaruv strukturasini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. "Bunday mexanizmlar nizolarni paydo bo‘lish sharoitlarini bartaraf etadi", - degan fikrlar mavjud edi. "Insoniy munosabatlar" maktabi vakillari ham "nizolarga yo‘l bermaslik va ularni bartaraf etish lozim", deb hisoblaganlar. Ular alohida shaxslarning va tashkiliy maqsadlari, shtab va chiziqli xodimlar, vakoatlar taqsimoti va rahbarlarning turli guruhlari o‘rtasida qarama-qarshilik va nizolar paydo bo‘lishini e’tirof etganlar. Lekin ular odatda nizolar tashkilotning samarasiz faoliyati va sifatsiz boshqaruv belgilari deb qaraganlar. Nizolarning zamonaviy nazariyalari tashkilotda ayrim nizolarni yuz berishi lozimligini ta’kidlaydi va qo‘llaydi. Nizo hamma vaziyatlarda ijobiy bo‘lavermaydi. Ba’zan nizolar tashkiliy maqsadlarni amalga oshirishga halaqit beradi. Lekin odatda, har xil muammolarning mohiyatini ochib beradi, ularni samarali yechish uchun yangi axborotlarni va alternativ variantlarni yuzaga keltiradi. Muammoning guruh tomonidan samarali yechish vaziyatini ta’minlaydi. Xodimlar ushbu jarayonda qatnashib, muammoni yechimini topishda ishtirok etganligi bilan qoniqish hosil qiladilar. Ayrim tadqiqotlarda nizolarning "ma’naviy otasi" deb Geraklitni hisoblaydilar, shuningdek Sokrat va Platonga havola qilishlar ham uchraydi. Gegelga, uning ziddiyatlar to‘g‘risidagi va qarama-qarshiliklarning kurashi haqidagi ta’limotiga yetarli darajada tez-tez murojaat qilib turiladi. XX asr boshlarida bir qator nemis, avstriyalik va amerikalik sotsiologlar: G.Zimmel, L.Gumplovich, D.Smolli, U.Samner kabilarning tadqiqotlari bilan nizolar nazariyasiga asos solindi. Ulardan eng mashhuri G.Zimmel bo‘lib, u nizolarni jamiyat hayotidagi muqarrar hodisa sifatida qaragan, nizolar inson tabiatining xususiyatlaridan kelib chiqishini va shaxsga xos bo‘lgan hujumkorlik instinktdan paydo bo‘ladi, deb hisoblagan. "Nizo" tushunchasi ta’rifining bir qancha turlari mavjud: Birinchi ta’rif – klassik ta’rif bo‘lib, XX asrning 50-yillarda ijtimoiy nizolar bo‘yicha Amerika mutaxassisi L. Kozer tomonidan taklif qilingan bo‘lib, keyingi yillarda undan ko‘plab nizoga ta’rif berish uchun keng foydalanilmoqda, ya’ni: Nizo – bu qadriyatlar uchun muayyan maqom, hokimiyat, resurslar uchun kurash olib borishdan iborat bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan maqsad raqibni betaraf qilib qo‘yish, unga zarba berish yoki uni yo‘q qilishdir. Ikkinchi ta’rif mualliflari F.M.Borodkin va N.M. Koryak tomonidan XX asr 80-yillarning oxirida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi davrda keng qo‘llanilmoqda: Nizo – bir-biriga qarama-qarshi yo‘naltirilgan maqsadlar, manfaatlar, nuqtai-nazarlar, fikrlar yoki ikki va undan ortiq kishilarning qarashlari to‘qnashuvidan iboratdir. Ayrim adabiyotlarda, "Nizo — ikkita yoki ko‘proq tomonlar, ya’ni aniq shaxslar va guruhlar o‘rtasidagi haqiqiy kurashdir"1 deb ta’riflansa, ayrimlarida "Nizo (lotinchadan conflictus – to‘qnashuv) qarama qarshi pozitsiyalar, fikrlar, baholar, kishilarni ishontirish yoki hayajonlarini ko‘rsatish harakatlari yordamida hal qilishga intiladigan g‘oyalar to‘qnashuvidir. Ikki yoki bir-biriga qarshi maqsadlarni inkor qiladigan, bir-birlarining zararlari hisobiga biron narsaga erishmoqchi bo‘lgan ko‘p kishilarning to‘qnashuvidir" deb yuritilgan2. Demak, nizoli vaziyat – tomonlarning biron-bir xususda qarama-qarshi, ziddiyatli nuqtai nazari, ziddiyatli maqsadlarga intilishi, ularga erishish uchun turli-tuman vositalardan foydalanishi, manfaatlar, istaklarning bir-biriga mos kelmasligi va shu kabilardir. Ma’lumki, har qanday jamiyatning yuzaga kelishi asosida muayyan nizolarni, qarama-qarshiliklarni bartaraf etishdek murakkab jarayon yotadi. Bu holatni so’zlardangina iborat deb hisoblagan marksistik ta’limot, bizning jamiyatimizga bunday jarayon xos emas, deb konfliktologiya muammolarini inkor etib kelgan. Qolaversa, sotsializm o’zining jamiyatda sinfiy nizolar yuk, degan yana bir g’oyasi bilan ajralib turadi. 30- yillarning oxiridayoq bir qator mualliflar sotsialistik jamiyat taraqqiyoti - bu "konfliktsiz" jamiyatga erishishdir, degan g’oyani ilgari surdilar. Bu g’oya sotsializm davrida ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlariga mos kelishini e’tirof etganligi bilan ham ajralib turadi. Sotsialistik ta’limot konfliktologiya muammolariga nisbatan aynan jamiyatdagi nizolarni emas, balki jamiyatda qarama-qarshilik, ya’ni bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan kuchlar o‘rtasidagi munosabatlarnigina tadqiq qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qiziqarli tomoni shundaki, sotsializm sharoitidagi ziddiyatli muammolar bilan shug‘ullangan ko‘plab jamiyatshunoslar tomonidan qarama-qarshiliklarning asosi sifatida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi tafovutga e’tibor berilgan xolos. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi hamda eskilik va yangilik o‘rtasidagi munosabatlardan keyin yuzaga keladigan holatlarga esa ba’zidagina e’tibor qaratishgan. Bu fikrlarni nima uchun keltirdik? Albatta, "qarama-qarshilik" va "nizo" tushunchalari o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatish uchun. Jamiyatdagi muayyan qarama-qarshilik muammolari bilan shug‘ullanishni to‘la ma’nodagi konfliktologiya muammolari bilan shug‘ullanish deyish qiyin. Biroq nizolarni tadqiq etish muayyan qarama-qarshiliklarni ham tadqiq etishdir, deyishimiz mumkin. Nizo va qarama-qarshilik o‘rtasidagi yaqinlik va farqli jihatlar, bizning-cha, qo‘yidagilardir, ya’ni: birinchidan, nazariyada nizo va qarama-qarshilik sinonim so‘zlar bo‘lishi mumkin, biroq amaliyotda ularning chegaralari bir-biriga mos kelmaydi; ikkinchidan, birgina qarama-qarshilik o‘zaro ayri-ayri holda tahlil etilishi mumkin, ammo nizoga bunday tahliliy yondashish o‘ta sodda holatdir; uchinchidan, har qanday qarama-qarshilik muayyan sharoitda nizoga aylanmasdan barxam topishi mumkin; to’rtinchidan, har qanday qarama-qarshilik nizolarning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanishi ham mumkin. Chunki qarama-qarshiliklarni harakatlantiruvchi kuchlarning o‘zaro munosabatga kirishuvi oqibatida qarama-qarshilik nizoga aylanadi. Shunday qilib, nizo - ob’ektiv va sub’ektiv sabablar asosida qarama-qarshi tomonlarni harakatlantiruvchi kuchlarning to‘qnashuv nuqtasidir. "Qarama-qarshilik" tushunchasidan tashqari "nizo" tushunchasiga sinonim sifatida ba’zan musobaqalashuv, tortishuv, raqobat tushunchalari ham ishlatiladi. To‘g‘ri, bu tushunchalarning amaliyotida ham konflikt singari keskinlik bor. Biroq nizo zamiridagi keskinlik zulmga, o‘z ta’siriga olish kabi xususiyatlari bilan butunlay bu tushunchalardan farq qiladi. Demak, nizo va musobaqalashuv, nizo va tortishuv, nizo va raqobat bir narsa emas ekan. Ammo ba’zan musobaqalashuv, tortishuv va raqobat nizo darajasiga ko’tarilishi mumkin. Har qanday nizoga to‘planib qolgan ob’ektiv va sub’ektiv, haqiqiy va hayoliy ziddiyatlar to‘qnashuvi asos bo‘ladi. Nizoli vaziyatda tomonlarning biron - bir xususda qarama-qarshi, ziddiyatli nuqtai nazarlari, ziddiyatli maqsadlarga intilish, ularga erishish uchun turli-tuman vositalardan foydalanish, manfaatlar, istaklarning bir-biriga mos kelmasligi va shu kabilar yuzaga keladi. Nizoli vaziyat asta-sekin yuzaga kela boshlaydi va shunday sharoitga yetadiki, kichik bir turtki (biror ortiqcha so‘z, ibora, arzimas bir voqea va shunga o‘xshashlar) – hodisa yuz berishi bilan nizo yuzaga chiqadi. Ana shuning uchun, asosan, nizoli vaziyat yuzaga kelmasligi uchun kurash olib borish kerak, har xil o‘zaro kelishmovchiliklar yuzaga kela boshlagan vaqtdayoq oldini olish, yumshatish va masalani har ikki tomon uchun maqbul variantda yechish, ya’ni umuman olganda, kelishmovchiliklarni boshqarish zarur bo’ladi. Boshqarish jaryonida nizo – bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o‘rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning o‘zaro bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir. Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi "ruhiy iqlim"ni yomonlashtiradi, kadrlar qo‘nimsizligini ko‘paytiradi. Shuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berib, mehnat jamoalarini boshqarish kadrlar turg‘unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlarning oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish lozim. Nizo qanday harakterga ega va qay darajada katta bo‘lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi zarur. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va ob’ektivlik bilan yetishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak. Sotsiologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, "ruhiy iqlim" yaxshi hamda intizom ancha yuqori bo‘lgan joyda faqatgina iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuksak emas, balki nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o‘z mehnatidan katta qoniqish olayotgani ko‘zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba’zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagini natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo‘lishi mumkin. Jamoa a’zolarining prinsipialligi hamma kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi. Har qanday sport o‘yini ham nizodir, biroq yutqazilgan o‘yin yutish mumkin bo‘lgan keyingi o‘yinlar natijalarida sira aks etmaydi. Qoida bo‘yicha, o‘yin natijasi, garchand yutqazganlar norozi bo‘lsalarda, bahsga hojat qoldirmaydi – ularning shunchaki omadlari chopmadi, xolos. Biroq oilaviy nizolarda har bir to‘qnashuv negativ oqibatlar to‘planib qoladi va teskari bosqichga o‘tib ketish xavfi ostida qoladi. Yirik hududiy nizolar, sabab, g‘oyalar, dunyoqarashlar konsepsiyalaridan farq, iqtisodiy manfaatlar, jamiyatni "biz" va "ular"ga, do‘st dushmanlarga ajratish sabab bo‘ladi. Tor dunyoqarash hamisha irqiy va milliy ayirmachiliklar oloviga kerosin sepadi (oqlar va qoralar, buyuk oriylar irqi va h.k.), diniy ziddiyatlar (masalan, katoliklar va protestant nasroniylarning Irlandiya to‘qnashuvlari kishini o‘ylantiradi), sport hayajonlari va bular arzimagan sabab bilan uchqun alanga ko‘tarilish mumkinligini aytib o‘tish joizdir. Nizo chegaralari. Nizolarning tabiatini, uni boshqa holatlardan farqlash uchun uning chegaralarini, ya’ni zamon va makondagi o’rnini aniqlab olish lozim.Nizolarning chegarasini uch vaziyat orqali aniqlash mumkin, ya’ni: makon, zamon va tuzum ichidagi holatga qarab: Makon chegarasi nizoning qaysi hudud oralig’ida sodir bo’lishi bilan aniqlanadi. Zero, makon aniq bir hududni yoki yer yuzining ma’lum bir mintaqasini qamrab olgan bo’lishi mumkin. Turli xil masshtabdagi konfliktlar - uydagi to’polondan tortib, to jahon urushini qamrab olgan konfliktlarning aniq chegarasini bilish (har bir sub’ekt uchun) u uydami yoki xalqaro munosabatlarga daxldormi nizoni tadqiq qiluvchilar uchun muhim e’tiborga ega. Zamon chegaralari - nizoning ibtidosi va intixosini yoki uning davomiyligini aniqlab beradi. Nizoning boshlanishi, davom etishi yoki barham topishi uning ishtirokchilari o’rtasidagi nizo yoki konsensusning qanchalik shakllanganlik darajasiga bog’lik. Bunday xolatlarda qarama-qarshi tomonlar o’rtasiga chetdan bir shaxslarning (oilada, guruhlar o’rtasida), davlatlarning (xalqaro munosabatlarga oid nizolarda) kelib qo’shilishi yoki vositachilik qilib to’g’ri baho berishi ham nizoning vaqt ko’lamiga sezilarli ta’sir etishi mumkin. Har qanday nizoning boshlanish vaqti bir tononning boshqa bir tomonga qarshi harakatining boshlanish jarayonida yuzaga keladi. Ushbu murakkab vaziyat, ya’ni nizoning boshlanish jarayoni o‘zaro mos keladigan uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) ishtirokchi boshqa ishtirokchiga (ya’ni, raqibiga) zarar yetkazishi uchun ongli ravishda va faol harakat qiladi; bu yerda harakat jismoniy harakat yoki informatsiya uzatish (og‘zaki so‘z, matbuot, televidenie va hokazo) orqali amalga oshirilishi mumkin; ikkinchi ishtirokchi (raqib) ko‘rsatilayotgan harakatlar uning manfaatlariga qarshi qaratilganligini anglab yetadi; shuning uchun ikkinchi ishtirokchi birinchi ishtirokchining harakatlariga qarshi faol harakatlar qiladi. Huddi ana shu paytni nizoning boshlanish jarayoni deyish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, agar faqat birgina ishtirokchining o‘zi harakat qilsa, yoki nizo sub’ektlariga aylanib qolishdan havfsirab tomonlar oldindan o‘z harakatlarini, ya’ni rejalashtirilgan maqsadlari qanday oqibatlarga olib kelishini chuqur tahlil etganlari holda, o‘z shashtidan qaytsalar, nizo sodir bo‘lmasligi mumkin. Agarda amaliyotdagi harakatlar agressiv bo‘lsayu, faqat bir tomonga taalluqli harakat qilinsa, uni hali nizo deb bo‘lmaydi. Holbuki, taxmin etilgan raqib ana shu harakatlarni to‘g‘ri deb hisoblar; balki u birinchi ishtirokchiga qarshi harakatlarni amalga oshirishga botina olmas yoki qandaydir boshqa fikrlarga borib, raqibiga bo‘ysunar. Bunday holatda u birinchi sub’ektga qarshi harakat qilmaydi. Bu vaziyatda tomonlar o‘rtasida to‘la ma’nodagi qarama-qarshilik yoki nizo yuzaga keldi deyish qiyin. Nizo predmeti. Har qanday nizo qamrov doirasi keng bo‘lgan ichki va tashqi holatlarga bog‘liq bo‘lib, bu holatlar qanchalik o‘zgaruvchan va o‘ziga xos bo‘lmasin, baribir ular o‘rtasida mutanosiblik mavjud bo‘ladi. Nizoning tashqi va ichki omillari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa-da, o‘sha tashqi yoki ichki omillarni tadqiq etishdagi uslubiy yondashuvlar bir-birinikidan farq qilishi mumkin. Ichki va tashqi holatni o‘rganishda yuzaga keladigan farqliliklarni avvalo, nizolarning qamrov doirasi, ularning aniq bir kategoriyalarga, yo‘nalishlarga ega bo‘lishi kabi sabablar yuzaga chiqaradi. Lekin nizoni umumiy qilib (ichki yoki tashqi holatlarga ajratmasdan) tadqiq qilayotganda nizo yo‘nalishi va uning mavjudligini belgilovchi ikki jihati - ya’ni nizo predmeti va uning ob’ektini ajratib ko‘rsatish kerak.Nizo predmetini tadqiq, etish faqat tomonlar o‘rtasidagi vositachi yoki arbitr (hakam) largagina tegishli bo‘lib qolmasdan, balki bevosita nizo sub’ektlarining ham muhokama mavzusi bo‘lishi mumkin. Bunday muhokamalar tomonlarning o‘zaro munozaralar olib borishi bilan amalga oshiriladi. Sub’ektlar urtasidagi muzokaralar (vositachilik yoki hakamlik qilishga nisbatan olganda) o‘zining tomonlar o‘rtasida ruhan muammoni his qilishi, ijtimoiy o‘zaro ta’sir etish kuchiga (munosabatlarga nisbatan) egaligi, imkoniyatlarning bir qadar ko‘pligi bilan ajralib turadi. Gap shundaki, muzokaralar chog‘ida sub’ektlarning o‘ziga xos yashirin manfaatlari umumiy "manfaatlar nizosi" doirasida hal etiladi yoki aksincha. Muzokaralar predmeti esa aynan manfaatlar nizosi tanlagan predmetning xuddi o‘zi. Biroq, bu yerda tomonlar nizodagi kabi harakat qilmaydilar. Ular o‘rtasidagi muboxasalar risoladagidek olib borilib, u ko‘proq ilmiy bahs yoki bozordagi savdoni eslatadi. Biroq muzokaralar - mavjud munosabatlar yuzasidan bo‘ladigan mubohasadir. Qolaversa, bu bahs va munozaralarda tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligidan so‘z yuritiladi. Muzokaralar davomida tomonlar o‘zlarining nizolari predmetini aniqlab olishi yoki uni ma’lum darajada hayolan tasavvur etishlari mumkin. Biroq muzokaralar jarayonida tomonlar bir-biriga nisbatan tutayotgan pozitsiyalarini, vositachilar esa nizoni yuzaga keltirgan asosiy "yadro"ni aniqlab olishlari kerak. Ana shu nizo "yadro"si keyinroq "nizo ob’ekti" tushunchasini anglab yetishda kerak bo‘ladi. Download 481.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling