Mundarija Kirish I bob. Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o‘rni, uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari


Download 108.69 Kb.
bet4/10
Sana26.02.2023
Hajmi108.69 Kb.
#1232728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbekiston tarixini o\'rganishda manbashunoslik fanining o\'rni

Moddiy yoki arxeologik manbalar – arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik buyumlari, idishlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyimlar, chorvachilik anjomlari, tangalar, san’at buyumlari, me’morchilik inshoatlari, uy-joy qoldiqlari, mudofaa inshoatlari kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.

  • Etnografik ma’lumotlar – eng qadimgi davrdan boshlab so‘nggi o‘rta asrlarga qadar odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va an’analari, bayramlar va diniy e’tiqodlar, xo‘jalik yuritish udumlari, ma’lum kabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo‘lgan an’analar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

  • Lingvistik ma’lumotlar – qadimgi tillarning yozma, badiiy va og‘zaki nutqda aks etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o‘xshashliklarning tarixiy ildizlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotlar xalqlar va elatlarning etnik kelib chiqishi hamda mashg‘ulotlari, migratsion jarayonlar, diniy e’tiqodlar, madaniyat, turmush tarzini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi, voqea-hodisalar va ma’lum shaxslar bo‘yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig‘i hisoblanadi.

  • Arxiv materiallari – XIX asrning o‘rtalaridan boshlab bugunga qadar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o‘rganishda markaziy va joriy arixlarda saqlanayotgan ma’lumotlar juda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Tarixiy manbalarni o‘rganishning o‘zi, ya’ni, manbashunoslik – tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
    Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Masalan, moddiy va ma’naviy yodgorliklar hamda ashyoviy – etnografik, lingvistik va og‘zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir. Manbashunoslik manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini o‘rganish kabi sohalarga bo‘linadi.
    Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o‘zida real aks ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.
    Ma’lumki, tarixni xalq yaratadi. Minglab yillar davomida yaratilgan ushbu tarixni o‘qitish va o‘rganishda yordamchi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. CHunonchi, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, numizmatika, lingvistika, tarixshunoslik, atamashunoslik, sotsiologiya, tarixiy demografiya, tarixiy geografiya, geopolitika, falsafa, o‘lkashunoslik, kartografiya, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik kabi yo‘nalishlar yordamchi fanlar jumlasidandir. Lekin, O‘zbekiston tarixini yaratishda bir kator yordamchi fanlar ma’lumotlari olimlar e’tiboridan chetda qolmoqda.
    Misol uchun, mavjud o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning aksariyatida yoritilayotgan mavzuning tarixshunosligi berilmaydi. Mutaxassis talabalar uchun yaratilayotgan darsliklarda qisqacha, ekskurs tarzida ma’lum davr, mavzu va muammo bo‘yicha tarixshunoslik yoritib berilsa, kelajakda tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin bo‘lgan iqtidorli yoshlarimiz uchun foydadan holi bo‘lmaydi. SHuningdek, tarixshunoslikdan boxabar bo‘lish – yosh olimlarning istiqbolli va dolzarb mavzularni tanlashlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni
    Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo’lganiga esa ko’p vaqt o’tganicha yo’q. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o’choqlaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga ko’ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o’n sakkiz yozuv turi mavjud bo’lgan ekan. Lekin, afsuski, ko’h’na tariximizni o’zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko’pchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiyofatlar oqibatida yo’q bo’lib ketgan. Xullas, moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va dafn etilgan joylar, ularning meh’nat vaurush qurollari, bino va turli inshootlar (qala va qasrlar, h’ammomlar va karvonsaroylar, h’unarmandchilik ustaxonalari h’amda suv inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-ro’zg’or buyumlari va zebziynat aqinchoqlari tushuniladi. Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o’rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -qadimiy, logos – ilm; o’tmish h’aqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq o’tmishni o’rganuvchi ilm, qadimshunoslik) shug’ullanadi
    Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan material va malumotlar etnografik manba h’isoblanadi. Masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qo’li va aql –zakovati bilan yaratilgan qurolva buyumlarning naqsh va bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, og’zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o’tmish urf-odat va ananalari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba h’isoblanadi. Bularning barchasini etnografiya(yunon, etnos – xalq, grapxo – yozaman, xalq h’aqida malumotlar; xalqshunoslik) ilmi tekshiradi va o’rganadi.

    Download 108.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling