Mundarija: kirish sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish metodikasi


Download 65.36 Kb.
bet12/19
Sana25.02.2023
Hajmi65.36 Kb.
#1231538
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Sinfdan tashqari ishlar tashkil etish

Didaktik o’yinli darslar
Didaktik o’yinli darslarni o’quvchilarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferensiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi avval o’quvchilarni individual, so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng, ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o’quvchilar didaktik o’yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
1. O’qituvchi didaktik o’yinli darslarni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:
2. Didaktik o’yinli darslar dasturda qayd etilgan ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi.
3. Muhim muammolarga bag’ishlanishi va ular o’yin davomida hal etishini.
4. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi.
5. O’yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi.
Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o’yinli darslarning tavsifiga qisqacha to’xtalamiz.
Syujetli-rolli o’yinlar
Akademik lisey va kasb-hunar ta’limi o’quvchilarida ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zlarida bor bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirishda syujetli-rolli o’yinlar muhim rol o’ynaydi. O’qituvchilar syujetli-rolli o’yinlarni ko’pchilik hollarda matbuot konferensiyasi bilan aralashtirib yuborishadi. Har ikkala o’yinni ta’lim jarayonida qo’llashdan ko’zlangan maqsad bir-biriga monand bo’lsa-da, ular o’rtasida katta farq mavjud. Bu holni didaktikada didaktik o’yinlarga etarlicha tavsif berilmaganligi bilan izohlash mumkin.
Bizning fikrimizcha, kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning ob’ektlari o’rtasidagi aloqalarni badiiy ko’rinish tarzida yoritish asosida vujudga keltirilgan muammolarni o’quvchilarning o’zlarilaridagi bilim zahiralariga tayangan holda hamkorlikda, bosqichma-bosqich hal etish jarayonida yangi bilimlarni egallashga qaratilgan didaktik o’yinlarni syujetli-rolli o’yinlar deb atash lozim. Bunda o’yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba’zan jamiyat va tabiatdagi muammolar uyg’unlashtiriladi. Biologiya kursini o’qitishda «A’zolarning moslashganligi va nisbiyligi», «Turlardan oqilona foydalanish va ularning xilma-xilligini saqlash», «Orol dardi – olam dardi», «Tabiatni muhofaza qilish muammolari» mavzularni syujetli-rolli o’yinlar tarzida o’tkazish maqsadga muvofiq.

Download 65.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling