Muqaddima
IKKINCHI SIGNAL TIZIMI VA ABSTRAKT TAFAKKUR
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
IKKINCHI SIGNAL TIZIMI VA ABSTRAKT TAFAKKUR. Ohy nerv faoliyati to ‘ g‘risidagi talimot ikkinchi sig- nal tizimining faoliyat ko ‘ rsatish qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini berdi. Asosan bu qonuniyatlarning ikkala signallar tizimi uchun bir ekanligi ko ‘ rsatildi. Bolalarda tovush yoki yorug‘lik shartli signaliga, masalan, qo ‘ ngiroq tovushiga yoki qizil larnpa yoqilishiga shartli refleks hosil qilinganidan so ‘ ng, qo ‘ ng‘iroq yoki qizil larnpa so'zlarining o ‘ zi (awal shartsiz ta‘sirotlar bilan biron marta ham mustahkamlanmagan bo`lsada) shartli refleksni paydo qiladi. Tajriba aksincha o ‘ tkazilgangida, masalan, awal so ‘ zga shartli rsfleks hosil qilib, shartsiz ta‘sirot bilan hech mustahkamlanmagan qo ‘ ng ‘ iroq chalinganda yoki qizil chiroq yoqilganda shartli refleks yuzaga kelgan. Gap shundaki, tajribalardan ancha oldin, bolaning tili chiqayotgan vaqtida miya po ‘ stlog ‘ idagi nutq markazi va turli jismlardan keiadigan signallarni qabul qiluvchi markazlar o‗rtasida mustahkam bog‘lanishlar hosil bo`lgan. Shular tufayli, nutq markazlari vaqtinehalik aloqalarning yuzaga chiqishida ishtirok etadi. Yuqorida keltirilgan tajribalarda elektiv yoyilish hodisasini ko ‘ ramiz. Bu hodisa qo'zg‘alishning birinchi signal tizimi markazlaridan ikkinchi signal tizimi markazlariga va aksincha, ikkinchi signal tizimi markazlaridan birinchi signal tizimi markazlariga yoyilishidan iborat. Odam so ‘ zni bitta tovush yoki tovushlar majmuasi (tovush signali) sifatida emas, balki ma‘lum mazmun sifatida qabul qiladi, so'zning ma‘nosini idrok etadi. Masalan, «alanga» so ‘ ziga shartli refleks vujudga keltirilgan. Agar shartli rsfleksni paydo qilish vaqtida «alanga» o ‘ miga uning sinonimi «olov» so ‘ zi ishlatilsa, bu so ‘ z ham ijobiy natija beradi. Tahsil ohsh jarayonida o ‘ quv va yozuv markazlari va miya po ‘ stlog‘ining boshqa markazlari o'rtasida ham aloqa o ‘ mati!adi. Shu tufayli, qo'ng‘iroq tovushiga shartli refleks vujudga keltirilgandan keyin, odamga «qo ‘ ngiroq» so ‘ zi yozilgan qog‘oz ko ‘ rsatilsa, sharth reflektor reaksiya paydo bo`ladi. 295 Birinchi va ikkinchi signal tizimlarini bir-biridan ajratib bolmaydi, Odamning barcha tuyg ‘ ulari, idroki, tasawuri so‗z bilan ifodalanadi. Binobarin, birinchi signal tizimida tashqi dunyodagi jism va hodisalar paydo qilgan qo'zg‘alish ikkinchi signal tizimiga o ‘ tkaziladi. Birinchi signal tizimini ikkinchi signal tizimi bilan bog‘lanmagan holda faollik ko ‘ rsatishini faqat tili chiqmagan bolalardagina kuzatish mumkin. Har qanday o ‘ qish« o ‘ qitish, har qanday ijodiy faoliyat ikkinchi signal tizimini taraqqiy ettiradi, takomillashtiradi. Fikrlovchi miyaning voqelikni aks ettirishining turli shakh bor. Muayyan — hissiy aks ettirish ular ichida nisbatan soddarog‘i, u tuyg‘u, tasawur, idrok etish sifatida namoyon bo`ladi. Atrof dunyoni mavhum — umumlashtirilgan holda aks ettirish ancha murakkab, u mantiqan fikr yuritishdan iborat bo`lib, miyaning mavhumiy faoliyat natijasi bo`linish xulosa va mulohazalar shaklida namoyon bo`ladi; Tashqi muhitning va organizmning o‘z ichki holatini muayyan hissiy aks ettirish birinchi signal tizimi orqali erishiladi. Dastlab organizm retseptorlari ta‘sirlovchi jism va hodisalarning ayrim xususiyatlarini sezadi. Bu bevosita sezgi asosida haqiqatni aks etishining boshqa shakllari, hususan idrok qilish rivojlanadi. Idrok qilish jismning ayrim xususiyatlarini emas, balki uning ko ‘ p xususiyatlarini mujassamiash orqali, bir butun qilib aks ettirishni ta'minlaydi. Ko‗p xususiyatlarga ega bo`lgan jismiii yaxlit idrok etish miyaning anaiitik-sin- tetik faoliyatiga bog‘liq. Jism va hodisalarning turli xususiyatlari idrok qilinganda miya po ‘ stlog ‘ ida bir vaqtning o ‘ zida turli sohalar qo ‘ zg ‘ aladi, ular o ‘ rtasida vaqtincha aloqalar o ‘ matiladi. Vaqtincha adoqa — juda muhim fiziologik va psixologak hodisadir. Psixologlar vaqtincha aloqalarni assotsiatsiyalar, deb atashadi. Bir jism (yoki hodisa) xususiyatlari to-g 'risida olingan turh signallar asosida paydo -bo`lgan vaqtincha aloqalar keyin shu jismning (yoki hodisaning) ayrim hususiyatlari sezilganda ham uni bir butundek idrok etilishini ta‘minlaydi. Tasawur — muayyan-hissiy aks ettirislming mukammal shaklidir. Tasavvur etilganda awal organizmni ta‘sirlagan narsa va hodisalarning muayyan tasvirlari paydo bo`ladi. Tasawur avvalgi ta‘sirotlarning miyada qoldirgan izlarini oliy tahlili va sintezi natijasidir. U assotsiatsiyalar zanjiriga yoki murakkab vaqtincha aloqalarga asoslangan. voqelikni mavxum—umumlashtirilgan holda aks ettirish faqat odamga hos. Dildagi, gapiriladigan, yoziladigan so'zlar (ikkinchi signal tizimi) yordamida, mavhum tushim- chalarga asoslanib fikr yuritish qobiliyatining rivojlanishi atrof dunyoni mavhum — umumlashtirilgan holda aks ettirishini yuzaga chiqardi. Natijada insoniyat tabiat hodisalarini bilish va ulardan foydalanishida katta ustunlikni qolga kiritdi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling