Muqaddima
MIYA PO’STLOGINING IKKINCHI SIGNAL TIZIMI FAOLIYATIGA
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
MIYA PO’STLOGINING IKKINCHI SIGNAL TIZIMI FAOLIYATIGA
DAHLDOR SOHALARI Odamning tanasi simmetrivalikka ega. Uning ikki qoli, ikki oyog‘i ikki ko ‘ zi, ikki qulogl bor, Bosh miyasi ikki yarim sharlardan iborat. Asrlar davomida miya yarim sharlarinmg anatomik va faoliy simmetriyalari bor, deb hisoblanar edi. Chindan ham, bir yarim sharda uchraydigan egat va pushtalar ikkinchi yarim sharda ham bor. Har qaysi yarim sharda eshitish, ko'rish va boshqa sezgi markazlari, harakatlarni boshqaruvchi markazlar mavjud. Shunday ekan, balki har qaysi yarim mustaqil bolib, biri ikkinchisi bilan bog‘liq bo‗lmagani holda faoliyat ko'rsatar? 296 Haqiqatan ham, somatik faoliyatlarni boshqarishda bunday mustaqillikni kuzatish mumkin. Masalan, chap yarim shaming motor sohasi shikastlansa, tananing shu yarim shar nazoratida bo`lgan o ‘ ng tomonida xa/akatlar buziladi va aksincha, o ‘ ng yarim shaming shikastlanishi chap tomonda harakatlar buzilishiga olib keladi. Ammo, ikkinchi signal tizimi bilan bog‘liq faoliyatlarni olsak, ularning yuzaga chiqishida ikkala yarim shaming ishtiroki teng emas. Bosh Miyaning funksional asimmetriyaga ega ekanini yarim sharlari qadoq tanasi malum sabablarga ko ‘ ra kesib, ajratilgan odamlarda aniqlash mumkin. Tutqanoq xurujini paydo bo`lishi miya po'stlog‘ining bir sohasida rivojlangan qo‘zg ‘ alishning boshqa sohalarga yoyilishiga bog`liq.Bu qo ‘ zg ! alish qadoq tana orqali bir yarimshardan ikkinchi yarimisharga ham tarqaladi va xurujning zo'rayishiga olib keladi. Xurujlari tez-tez va kuchli takrorlanadigan bemorlarda yarimsharlarni ajratish uchun qadoq tana tilinadi. Miyani tilingan bemorlarni bir qaraganda boshqalardan ajratish qiyinbo`ladi Ularni aql-idroki, xatti-harakatlari deyarli o‘zgamiaydi. Ammo, maxsus murakkab tekshirishlar bunday operatsiya insonning ongiga, fikr yuritishiga chuqur ta‘sir qilishini ko ‘ rsatadi. Bunday bemorlarda ikkala yarimsharlar faoliyatini alohida o ‘ rganish imkoniyati tug Uadi. Tilingan miya faoliyatini o'rganish chap yarimshaming asosan nutqqa javobgarligini, o ‘ ng yarimshar esa ко ‘ rish va fazoni idrok qilishga bog‘liq bo`lgan ko‗nikmalarni boshqarib turishini ko‗rsatadi. Bundan tashqari, yarimsharlarning axborotni qayta ishlash usulida farq borligi aniqlandi. Chap yarimshar axborotlarni parchalab, izchillik bilan qayta ishlasa, o'ng yarimshar uni bir vaqtning o‗zida yaxlit holda qabul qiladi. Nutqning qaysi yarimshar bilan aloqadorligini aniqlashning maxsus usuli bor. Operasiya stolida yotgan odamshning uyqu arteriyalaridan biriga naycha kiritiladi. Narkotik modda (masalan, amital natriy) eritmasi tayyorlanadi. Bemordan ikkala qoiini ko'tarib yuzdan boshlab orqaga sanash taklif qilinadi. Eritma uyqu arteriyasiga yuborilgandan keyin o ‘ sha tomondagi yarimsharda narkotik holat paydo bo fi ladi. Bundan qarama-qarshi tomondagi qolning tushib ketish va harakatsizlanishi dalolat beradi. Bemor sanashdan ham to'xtaydi. Agar nutqni nazorat qiluvchi yarimsharlar karaxtlangan bo`lsa, odam bir necha daqiqagacha gapirmaydi. Karaxtlangan yarimshar nutqni bevosita nazoratqilmasa, bemor faqat bir necha lahza sanashdan to‗xtaydi, keyin sanashda davom etaveradi. Shu usul va boshqa psixologik testlar yordamida o'naqay odamlarning 95% ida nutqni chap yarimshar boshqarishi, qolgan 5% hodisada bu vazifani o ‘ ng yarimshar bajarishi aniqlangan. Chapaqay odamlarning ko‗pchiligida ham (70% da) nutqni chap yarimshar nazorat qiladi. Qolgan 30% ning yarmida nutqni o ‘ ng. yarimshaming bir o‗zi, ikkinchi yannida ham chap, ham o‘ng yarimshar boshqarishi malum boldi. Demak, odamlarning aksariyatida nutqdan foydalanish qobiiiyati chap yarimsharga bog‘liq. Miyaning o ‘ ng yarimshari nutqni shakllantirish qobiliyatiga ega emas, ammo u nutqni tushunish imkoniyatiga ega. Oxirgi 10 yilda yarimsharlarni sinchiklab o'rganish natijasida ularning anatomik tuzilishida ham assimetriya borligi aniqlandi. Tekshirilgan miyalarning 65% ida po'stloqning chakka soxasidagi Verniks sohasi bilan tutashgan qismi chap yarimsharda kattaroq bo ‘ lib chiqdi, 0‗ng yarimsharda peshona va ensa bolaklar chap yarimshardan kengroq. Bu anatomik assimetriyalar, chamasi yarimsharlar faoliyatidagi tafovutlarning tuzilma asosi bo`lsa kerak. Bosh miya yarimsharining ixtisoslanish darajasi erkaklarda ayollarga nisbatan yuqori bo'ladi. Shuning uchun chap yarimshaming shikastlanishi 297 erkaklarda nutq va ikkinchi signal tizimiga aloqador bo`lgan faoliyatlarda jiddiyroq o'zgarishlar keltirib chiqaradi. 1866 yilda farangistonlik shifokor Pol Broka chap- yarimsharlarning peshona bolagi shikastlangan bemomi kuzatgan. Bu kasal gapirish qobiliyatini yo ‘ qotgan, ammo hamma singari yozgan va o‗qigan, gaplarni tushungan. Chap yarimshaming peshona bolagida po'stloqning harakat sohasiga yaqin qismi Broka sohasi (zonasi) nomini olgan. Broka sohasi yuz, til, jag ‘ , halqum muskullari faoliyatini boshqaradi. Bu sohasi shikastlangan odam yaxshi gapira olmaydi, ammo tildan foydalanish qobiliyatini yo'qotmaydi. Nutqning bu tarzda buzilishi Broka afaziyasi deyiladi.Afaziyaning boshqa turi ham bor. Unda kasal biyron gapiradi, gapida ma‘no bo`lmaydi, ammo gapining bema‘niligini o‘zi tushunmaydi. Verniks afaziyasi, deb atalgan bu holat chakka bolagining yuqorigi orqa qismi — Vemike sohasi shikastlanganda kuzatiiadi. Gapni tushunish va to‗gri so ‘ zlash uchun Broka va Vemike sohalari hamda ularni boglovchi yo`llar bekamu ko'st bo`lishi shart. Ikki nutq sohasi o ‘ rtasidagi aloqalarning uzilishi ham afaziyaga olib keladi: kasal eshitgan va o ‘ qiganining ma‘nosini tushunishga qiynaladi, bir nechta so‗zdan keyin gapni to‗g‘ri takrorlay olmaydi. Po ‘ stloqning tepa sohasi shikastlanganda afaziyaning maxsus turi — amneziya rivojlanadi. Bunda bemor ayrim so ‘ zlarni esdan chiqaradi. Amneziyaga uchragan odam nima demoqchi ekanini biladi, ammo kerakli so'zlarni topib gapira olmaydi. Ayni vaqtda akalkuliya sanashning buzilishi ham kuzatiiadi. Miyaning ensa sohas shikastlanganda ko ‘ z bilan ko'rib tanish jarayoni buziladi. Bu holat ko‗rish agnoziyasi deyiladi. Odam narsalarni ko‗radi, ularga qoqilmasdan, atrofidan aylanib oladi, ammo uning nimaligini bilmaydi. Eshitish agnoziyasi ‗ chakka sohalarning shikastlanishiga bog‘liq. Bemor tovushni eshitadi, ammo tovushni nima paydo qilganini aniqlay olmaydi. Qo ‘ ng‘iroqni ko ‘ rib taniydi, am mo eshitib, tanimaydi. Miyasining tepa sohasi shikastlanib, taktil agnoziyaga uchragan odam biror narsa tekkanini sezsa ham o ‘ sha narsani paypaslab, tanib bilolmaydi. Ikkinchi signal tizimi faoliyatlari po'stloqning ma‘lum ' sohalari shikastlanishida yuzaga chiqishini ko ‘ rdik. Qaysi murakkab faohyatni (so ‘ zlash, yozish, o ‘ qish, sanash) olmaylik, unga bir-biridan ancha uzoq bo`lgan sohalarning shikastlanishi ta‘sir qiladi. Boshqa tomondan, bir sohaning shikastlanishi bir naycha faoliyatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun ham psixik faoliyat bir butun miyaiiing vazifasi desak to ‘ g‘ri bo`ladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling