«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Aleksandr Aleksandrovich Alyabev
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aleksandr Egorovich Varlamov
Aleksandr Aleksandrovich Alyabev XIX sar birinchi yarmida eng taniqli kompozitorlar qatiriga kiradi, Ulug’ vatan urushi qatnashchisi. U o’z asarlari ichida rus san’atining yangi qarashlarini namoyon eta olgan. Uning romanslari bilan rus musiqasiga xalq mavzusi kirgan.
Alyabev 1787-yilda Tobolsk shaxrida dvoryanlar oilasida tug’ilgan. Otasi o’sha yerda gubernator lavozimida ishlagan. Alyabevlar oilasida musiqiy muxit shakllangan, ba’zi paytlarda esa uylarida konsertlar uyushtirilgan. 1796 yili Alyabevlar oilasi Peterburgga ko’chib keldi. Bu yerda bo’lajak kompozitor taniqli kompozitorlar va musiqaShunoslar I.G.Myuller qo’l ostida musiqa bilan Shug’illana boshladi. Alyabev musiqa ta’limini 1804 yili Moskvada davom ettirdi. 1810-1811 yilla ilk asarlarini yaratdi. To’satdan Alyabev hayotida kutilmagan mudxish voqea yuzaga keldi 1825 yilning baxorida uni qotillikda gumon qilib xibisga olinadi. Aybsizligiga qaramay u 3 oy davomida taxdid ostida yashab sudning qaroriga binoan Sibirga surgun qilingan va dvoryan unvoni bekor qilingan. Sibirda juda ko’p asarlarini yozdi va xarbiy puflama cholg’ular orkestrini tashkil qildi. Konsertlarida fortepiano ijro etib, diriyor sifatida chiqa boshladi. Bu qiyinchilik yillarida o’zining yorqin romanslarini yaratdi: “Irtish”, “Vecherniy zvon”, “Zimnaya doroga”, “Solovey” va boshqalar. U umrinig oxirigacha Moskvada yashadi. 1846 yili surgun natijasida ommaga ko’rinmay yurishga ruxsat berildi. Alyabev 1851 yili Moskvada vafot etdi. Aleksandr Egorovich Varlamov 1801 yil Moskvada tug’ildi. 9 yoshidan Peterburgda qasrda sodandalik qila boshladi. Bu xor jamoasida rus kompozitori Bartanyanskiydan musiqiy bilimlarni oldi. 18 yoshida u cherkovga yuborildi. 1823 yilda Peterburgga qaytadi va u yerda dirijyorlik qiladi, lekin iqtisodiy etishmovchilik uni boshqa kasb tanlashiga sabab bo’ladi. 1829 yildan xorda ijrochi va o’qituvchilik qiladi. Peterburgda Varlamov Glinka bilan tanishadi va uning uyida bo’ladigan har xil kechalarda ishtrok etadi, bu uchraShuv va kechalar uning keying ijodiga katta ta’sir o’tkazadi. 1831 yilda kompozitor kapelladan ketib Moskvaga ko’chib ketadi. U yerda imperator teatrida “Kapella xori” boshlig’ini o’rinbosari bo’lib ishlaydi. Varlamov dirijyor bo’lishi bilan birga pedagogic faoliyatini ham davom ettiradi va Teatr bilim yurtida dars beradi. Moskvada uning birinchi romanslari chop etildi. Bular “Qizil sarafan”, “Shovullamang shamollar”. 30-40 yillarda Varlamov spektakllarga musiqalar yozdi. Bunga misol “Malni teatr” va u bir necha marta Peterburg saxnalarida qo’yildi. Umrining oxirgi 3 yilini u Peterburgda yashadi. Shu yillar Varlamov musiqa jurnali “Russkiy peve” ni chop etdi. Iqtisodiy yetishmovchilik va og’ir turmush tarzi Varlamovni sog’ligiga salbiy ta’sir o’tkazdi. U 1841 yilda 47 yoshida vafot etdi. Beleyet parus odinokoy romansi Lermontov so’ziga yozilgan katta bo’lmagan kuplet shaklida yozilgan asardir. U yorqin dinamikaga boy, kuy nola avj bilan boshlanadi. Romansning eng yuqori cho’qqisi , diapazonning kengligi bilan kuy ajralib turadi. Fortepiano jo’rligi “Balero” ritmiga asoslangan. Krasniy sarafan romansiga Tsiganov so’ziga Varlamov o’ziga xos musiqa yaratgan. Musiqasi kuychan yuqori tomon sekin asta rivojlanib boradi. Varlamovning vokal musiqasi o’ziga xos bo’lib, qarama-qarshi lirika , raqs xususiyatlari bor. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling