Mustaqil ish mavzu: gimnastika darslarini tashkil etish va


 Gimnastikachilarni texnik tayyorgarliklarini aniqlash


Download 338.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana18.10.2023
Hajmi338.58 Kb.
#1708435
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GIMNASTIKA DARSLARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH

4. Gimnastikachilarni texnik tayyorgarliklarini aniqlash.
Mashqlarni shug’ullanuvchilarning tayyorgarligi darajasi, yoshi, jinsi, mazkur 
kontingent bilan xal etiladigan masalalarning xisobga olishning umumiy 
qoidalaridan kelib chiqib meyorlash lozim.
Aloxida mashg’ulotlarda nagruzka yurak urish va o’zini xis etishiga qarab, 
toliqish darajasidan kelib chiqib mehyorlash lozim.
Aloxida gurux mashg’ulotlarida o’qituvchi mashqni mustaqil tugatishga (agar, 
uni xamma barobar davom ettirish mumkin bo’lmasa) ko’rsatma berib qo’yish 
mumkin.
Kuch mashqlarida toliqish xissi tezgina seziladi va imkon bo’lmay qolguncha 
takrorlashga yo’l qo’yiladi.
Chidamlilik mashqlarida organizmni bunday toliqish darajasiga olib borish 
mumkin emas ayniqsa boshlovchilar bilan mashg’ulot o’tkazganda bunga yo’l 
qo’yib bo’lmaydi.
Egiluvchanlik mashqlarida xarakatlar amplitudasi chegarasidan xabar 
beruvchi yengil og’riq sezgisidan kelib chiqib ish ko’rish lozim. Mashg’ulotlarga 
nagruzkani yuqorida sanab o’tilgan omillar xamda xaftadagi mashg’ulot kunlari 
soniga ko’ra asta- sekin, ammo muntazam olib boriladi.
Ularni ayniqsa, jadal, uzoq davom etuvchi seriyalarini bajarishda yurak- qon 
tomir tizimiga qo’yilishi mumkin bo’lgan nagruzkani nazorat va o’z- o’zini
nazorat qila borib, quyidagi usuliyatidan foydalanish tavsiya etiladi:
Xar bir shug’ullanuvchi uchun aloxida o’qituvchi ishorasiga ko’ra 
mashg’ulotdan avval yoki uning orasida (nagruzka eng ko’p bo’lgan vaqtda 
tiklanish paytida va x.k) paypaslash yo’li bilan (bo’lak yoki bo’yniga) 10-15 
soniya ichida urilgan zarblar soni aniqlanadi.
Bu raqamni 6 yoki 4 ga ko’paytirib, daqiqa mobaynidagi zarbalar sonini bilish 
mumkin:- topilgan raqam (daqiqadagi raqamlar soni) maksimum (202- yosh 60-80 
%) atrofida bo’lishi kerak va aloxida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan nagruzkani 
ifodalaydi.
Masalan 40 yoshli daqiqasiga 180 zarbani (220- 40) tashkil qilish kerak.


13 
Yurak qisqarishini daqiqasiga 110- 130 zarbaga qadar ko’taradigan nagruzka 
boshlovchi uchun (60-70 %) yetarli bo’ladi.
Tayyorgarlik ko’rganlar uchun bu ko’rsatkich yuqoriroq 140-150 zarbadan 
180-85 % iborat bo’lishi mumkin.
Nafas xarakatlar bilan chambarchas bog’liq. Nafas chuqurligi va surhati ayni 
paytdagi organizm talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Organizmning bu murakab fiziologik vazifasi avtomatik ravishda amalga 
oshiriladi lekin, albatta, nafas olish faoliyatiga istalgan vaqtda aralashish xam 
mumkin. Sog’lom kishilar uchun nafasni qachon olish va chiqarishning axamiyati 
yo’q, bahzan qisqa muddatli kuchanishlarning xam zaruri yo’q. Imkon boricha 
xarakatlar surhatini nafas bilan muvofiqlashtirish zarur.
Ko’krak qafasi kengayganda qo’llarni yon tomonga cho’zganda, gavdani 
tiklaganda nafas olish, egilganda, cho’qqayganda esa nafasni chiqarish kerak.
Sport amaliyotida qo’llanadigan juftlik yoki gurux mashqlari qo’shimcha jixoz va 
uskunalarni talab qilmasligi bilan qulay xamda qimmatlidir. Bu mashqlar
mashg’ulotning tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismida olinga qo’yilgan 
maqsadlardan kelib chiqib boriladi. Shunga bog’liq ravishda jismoniy nagruzka 
xam turli variantlarda beriladi: mo’tadildan maksimalgacha ko’tarilishi, 
maksimaldan mo’tadilga qadar kamayishi mumkin, ular suyak pay xamda 
mushaklar apparatini mustaxkamlashga, kuch, egiluvchanlik, chaqqonlik, 
xarakatchanlik singari sifatlarni rivojlantirishga o’rtoqlik, axilik xissi kabi shaxsiy 
xususiyatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Juftlik mashqlari turgan joyda va xarakatda raqs qadamlari o’zgaruvchan, 
tezkor qadamlar bajariladi. Juftlik mashqlari bajarishda shug’ullanuvchilardan biri 
ikkinchisiga talab etmayotgan xarakatlarni yanada aniq va to’g’ri bajarishda 
yordam beradi yoki qarshilik ko’rsatadi, xamda shu tariqada ishlayotgan mushaklar 
nagruzkani ko’paytiradi.
Mashqlari bajarish sifati bajaruvchiga xam sherigiga xam bog’liqdir.
Juftlik mashqlari turli jismoniy sifatlarni rivojlantiradi.


14 
Qarshilik ko’rsatishga asoslangan mashqlar, masalan kuch sifatlari 
rivojlanishiga yordam beradi, ushlatib, kuchlanib bajariladi, mashq esa 
egiluvchanlikni o’stiradi va x.k. Gurux mashqlari yonma yon qatorlashib saf tortib 
yoki aylanma bo’lib turib bajariladi.
Bu shug’ullanuvchilarning mashqni bajarishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. 
Estafeta va o’yin topshiriqlari shaklida o’tkaziladigan mashqlar nagruzkani yana 
kuchaytiradi. Gurux mashqlari kichikroq zallarda xam kattarok maydonlarda ko’p 
sonli shug’ullanuvchilar bilan o’tkazilishi mumkin. Mashqlar bayoni amaldagi 
tasnifga muvofiq xamda ta’sir ko’rsatishdagi ustunligidan kelib chiqib berilgan. 
Bundan tashqari, misol tariqasida majmua ta’sir ko’rsatuvchi mashqlar, 
shuningdek asosiy o’yin xamda estafetalar keltirilgan. Umumrivojlantiruchi juftlik 
va gurux mashqlari katta amaliy axamiyatga ega. Ular sportning xar xil turlarida 
(gimnastika, figurali uchish, kurash) qo’llaniladi. Sportchining jismoniy xamda 
axloqiy- irodaviy sifatlarni rivojlantirishga, suyakni va mushak apparatlari 
mustaxkamlanishiga 
yordam 
beradi. 
Tavsiya 
etilayotgan 
mashqlar 
shug’ullanuvchilardan aloxida diqqat va yaxshi intizomni talab qiladi va ularni 
sherigiga yoki umuman, guruxga nisbatan o’z xarakatlarini to’g’ri bajarishga 
o’rgatadi, juft yoki , gurux mashqlarini mashg’ulotlarga kiritilganda, ularni 
o’tkazish usuliyati xaqida chuqur o’ylash kerak. Tayyorgarlik qismining boshida 
diqqatni jamlash maqsadida gurux mashqlari tavsiya etiladi. Yaxshi tanish 
mashqlar safdagilar birgalikda bajarilishi mumkin. Gurux mashqlari oyoq- qo’l 
chigalini yozish vaqtida xam qo’llaniladi. Bunga shug’ullanuvchilar organizmdagi 
asosiy qismni katta jismoniy nagruzkaga tayyorlaydigan mashqlarni kiritish zarur.
Birmuncha murakkabroq juftlik va gurux mashqlarini asosiy qismda 
o’tkazish tavsiya etiladi. (bunga yuqori shiddat bilan o’tadigan turli o’yinlar, 
estafetalar, yuqori darajada zo’riqishni talab qiluvchi xarakatlar va majmualari 
kiradi).
Mashg’ulotning yakunlovchi qismida nagruzkani kamaytiradigan topshiriqlar, 
diqqatni rivojlantiruvchi, raqs elementlari bo’lgan mashqlar va boshqalardan 
foydalanish mumkin.


15 
Umumrivojlantiruvchi juftlik va gurux mashqlariga o’rgatish yoki ularni 
bajarishda o’z- o’zining sherigi va barcha shug’ullanuvchilarning xavfsizligi 
xaqida o’ylash zarur bo’ladi.
Asosiy harakatlarni o’z vaqtida rivojlanishi bolaning harakat qilish tajribasini 
boyitadi, unga o’z atrofidagi muhitda erkin harakat qilish imkonini beradi, o’z 
kuchiga ishon xissini, faollik, dovyuraklikni tarbiyalaydi. 
Asosiy harakatlar bolalarning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishiga 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi: muskullarni, paylarni,qon tomirlarini mustaxkamlaydi va 
rivojlantiradi, yurak-qon tomir hamda nafas olish sistemalari, ichki organlar va 
terining ishlashini yaxshilaydi. Agar asosiy harakatlar ochiq havoda o’tkazilsa, 
ularni sog’lomlashtiruvchi ta’siri ayniqsa ortadi. 
Asosiy harakatlar garchi juda oddiy bo’lib tuyulsa ham biroq ularning 
ayrimlari bolalar uchun murakkab hisoblanadi. Muntazam mashq qilib, o’rganib 
borish orqaligina ularni to’g’ri bajaradigan bo’lishi mumkin. 
Yurish bolaning tabiiby harakat qilishidir. Yurish uchun harakatlarning 
seklligi o’ziga hos xususiyat kasb etadi. Harakatning siklligi bir xildagi sikillarning 
ko’p marotaba takrorlab turishdan iborat. 
Yurishda qadamlar o’ng va chap oyoqlarning almashinib turishi hamda 
qo’llarning shunga muvofiq ishlatib harakatga kelishi natijasida yakunlangan sikl 
hosil bo’ladi. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning ko’pchiligi yurgan vaqtida tovon 
to’piqlarini bir-biriga paralel holda yoki sal-pal ichkariga burilgan holda bosadilar. 
Faqat maktabgacha o’rta va katta yoshdagi bolalar tovon to’piqlarini tashqari 
tomon bura boshlaydilar. 
Gavda muvozanatini saqlashda yelka va qo’l harakatlari katta yordam beradi. 
Ular bir maroomda harakat qiladilar va bu harakatlar oyoqlarning harakati bilan 
muvofiqlashtirilgan bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatni 
muvofiqlashtirish ularning yoshiga qarab yaxshilanib boradi. 


16 
Qadamning uzunligi umuman oyoqning uzunligiga va hususan oyoq tagining 
uzunligiga bog’liqdir. Yurish usuliga qarabqadamning uzunligi uzayadi. Yurish 
tezligiqadamning uzunligiga hamda uning tezligiga bog’liq. 
Yurish va yugurish vaqtida ko’proq miqdorda yirik mushak guruhlari ishtirok 
etadi. Bunda mushaklar o’zgaruvchan harakat qilib unchalik zo’riqmaydi. Bu esa 
nafas olishni, qon aylanishni, modda almashishini yaxshilash uchun qulay sharoit 
yaratadi. Yurish asosan oyoqlarning rivojlanishi va mustaxkamligiga yordam 
beradi. Gavda va qo’l muskullari yurishda kam ishtirok etadi. Asta-sekin yurish 
katta yuklama, masalan, harakatli o’yinlardan, yugurishdan keyin nafas olish va 
qonaylanishi organlari faolyatini sokin holga keltirish vositasi bo’lib hizmat qiladi. 
Tez yurganda zo’riqish kuchayadi. Shuning uchun ham qisqa muddatli bo’lsa ham 
tez yurish bolani toliqtirib qo’yishi mumkin. 
Turli usullar bilan yurishni mashq qilish juda muhimdir, chunki bunday 
mashqlar tovon-to’piq muskullarining rivojlanish va mustaxkamlanishiga yordam 
beradi, bolalarning yassi oyoq bo’lib qolishlarini oldini oladi. 
Bolalarning guruhlari bilan o’tkaziladigan yurish mashqlari jamoada 
harakatlarni muvofiqlashtirishga, uyushqoqlikni tarbiyalashga yordam beradi, 
to’g’ri yura bilish maxoratini rivojlantirishga yordam beradi. 
To’g’ri yura bilish maxoratini tarbiyashga yordam beradi. Mashg’ulotlarda 
yurish usullarini, sur’atini, yo’nalishini o’zgartirib turish, turli saflanishlarda yurish 
mashqlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu bolalardagi qiziqishni oshiradi, 
ularda yurishning bir usuludan ikkinchi usuliga o’tish qobilyatini rivojlantirishga 
yordam beradi. 
Yurish vaqtida musiqa chalib turish sanash, chapak chalib turish, chirmanda, 
baraban chalib turish yurish maromida rivojlantirishga yordam beradi. Bolada 
to’g’ri tejamli yurish malakasini hosil qilish uchun yurish vaqtida qaddi-qomatini 
tik tutishga doim e’tibor berib turish lozim. Gavdani holati tabiiy bo’lsin, bellar tik, 
iyaklar biroz ko’tarilgan, qorin ichiga tortilgan holda bo'lsin: oyoqlar oxirigacha 
tikka uzatiladi. 


17 
Yurishning yengil bo’lishini oyoq tagining yerga qanday botishiga bog’liq 
bo’ladi. Tabiiy ravishda oddiy yurish vaqtida avvalo tovon bosiladi, shundan 
keyinoyoq tagida to’la turilib, gavdaning og’irligi oyoq uchlariga o’tadi. Bunday 
o’tish va oyoqni yerga bosish prujinasimon harakat singari yengil va chaqqon 
bajarilishi lozim. 
Yurish tuzilishi bo’yicha yugurishning yurish bilan ko’pgina mushtarak 
tomonlari bor, yurishning o’ziga hos belgilari ham mavjud. Yugurayotgan 
kishining yerdan to’la uzulgan vaqtda ana shunday belgilarga ega bo’ladi. 
Yurish vaqtida oyoqlarning yerga qo’yilishi ham yurgan vaqtdagiga 
qaraganda boshqacharoq bo’ladi: oyoq uchu o’rta chiziqqa va hatto bir oz 
ichkariroqqa yo’naltirilgan bo’ladi. Oyoqlarining bunday qo’yilishi ildam harakat 
qilish uchun qulay bo’lib, gavdaning yon tomonlarga tebranishini kamaytiradi. 
Gavda yerdan uzilgan yugurish uvhun katta tezlik olinadi: qadamlarning 
uzunligi ortadi, gavda parvoz paytida inersiya bilan oldinga harakat qiladi. 
Gavdaning yugurish vaqtidagi holati. Ko’rak yugurilayotgan tomonga qarab 
biroz oldinga chiqqan, bosh tik tutilgan holda bo’ladi. Ko’tarilgan oyoq son 
qismining ancha ko’tarilib, boldirning old qismi tomonga chiqish, yerga tiralgan 
oyoqning shaxt bilanqattiq itarilishi yugurishi uchun o’ziga hos xususiyatdir. 
Odatda, yugurish vaqtida qo’llar tirsakdan biroz bukilgan holda bo’lib panjalar 
erkin barmoqlar bukilgan holda yelkalar qisilmasdan erin tutashadi,harakatni 
muvofiqlashtiradi, yurishdagi harakatlarga o’xshagan bo’ladi. 
Yugurilayotgan vaqtda har-bir bolaning qo’l harakatlari o’zining induvudal 
hususiyatlarga ega bo’ladi. Bolalarda qo’l harakatlarini bir xil qilishga urinish 
kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo’l va oyoq harakatlarini 
muvofiqlashtirish yugurish vaqtidagiga qaraganda ancha oldinroq boshlanadi. 
Yugurishning xilma-xil turlariga qarab, yujgurish texnikasi ham turlicha 
bo’lishi mumkin. Bolalar bog’chasida yugurishning har xil turlaridan 
foydalaniladi. Oddiy yugurish bunda keng erkin qadam tashlab, avval tovonga, 
so’ng oyoq uchlariga tayanib yuriladi, tez yurish va quvlashmachoq, yugurib borib 
tutish va chap berib chopish, oyoq uchida yugurishi, moki bo’lib yugurishi, 


18 
to’siqlardan o’tib yugurishi, oyoqlarni chalishtirib yugurish, lo’killab yugurishi, 
sur’atni almashtirib yugurishi turlaridan foydalaniladi. Yugurishning bu bolaning 
tovon qubbalarining mustaxkamlash uchun foydalidir. 
Yugurish – intensiv harakat, u bolaning butun organizmiga katta miqdoriy 
vazifa beradi. Nafas olish va qon aylanish organlarining chiniqtirishning, 
chaqqonlik va chidamlilikni tarbiyalashning yaxshi vositasi xisoblanadi. Yurish 
usulini, yugurish masofasini, tezligini o’zgartirish yo’li bilan miqdoriy vazifani bir 
me’yorga tushurish mumkin. 
Ertalabki gimnastika va mashg’ulotlar mazmunini fiziologik vazifa bilan 
to’ldirish uchun yugurish mashqi ham kiritiladi. Basharti, jismoniy tarbiya 
mashqlari yetarli vazifani ta’minlay olmaydiganmaterial asosiga qo’yilgan bo’lsa, 
u halda bolalarga bir anjomdan ichkarisiga o’tayotganda yugurib borishni taklif 
qilish yoki topshiriq bo’yicha mashqni bajarib bo’lgandan keyin bir necha marta 
aylanib yugurishni buyurish mumkinva xokazo... O’yin vaqtida yugurish 
o’ynovchining emotsional holatini yaxshilaydi. 
Guruh bo’lib yugurish, huddi yurish singari bolalar harakatini uyushtiradi, 
to’g’ri yura bilish chaqqonlik singari fazilatlari tarbiyalaydi. Tez yugurib turib
jadal harakatlar bilan bajariladigan mashqlar bilan yoki boshqa dam beradigan 
mashqlar, kam harakat qilinadigan o’yinlar bilan almashtirish mumkin. 
Sakrash. Sakrashning har xil turlari mavjud. Bolalar bog’chasida turgan joyida 
sakrash, yurib turib sakrash, turgan joydan oldinga sakrash hamda yugurib kelib 
uzunlikka va balandlikka sakrash, tepadan yoki pastdan, chuqurlikka sakrash 
singari sakrash turlari qo’llalniladi. Sakrash turlaridan bir turi hisoblangan 
arqoncha bilan o’ynnab sakrash keng tarqalgan. 


19 

Download 338.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling