Mustaqil ish mavzu: gimnastika darslarini tashkil etish va


Download 338.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana18.10.2023
Hajmi338.58 Kb.
#1708435
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GIMNASTIKA DARSLARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH

Vositalar. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismida, odatda, past shiddatli 
mashqlar qo’llaniladi. Saflanish mashqlari, xarakatlanishlarning(turli xil yurishlar, 
yugurishlar, sakrashlar, raqs xarakatlari) xar- xil turlari, buyumlar bilan, 
buyumlarsiz va og’irliklar bilan mashqlar, gimnastika devorchasi xamda 
o’rindig’ida mashqlar, xaddan ortiq shiddatga ega bo’lgan mashqlar darsning 
asosiy qismida shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatini pasaytirish mumkin. Shu 
sababli darsning tayyorgarlik qismida shug’ullanuvchilarda kuch, chidamlilik va 
xatto egiluvchanlik kabi xarakat sifatlarini maxsus rivojlantirmaslik lozim. 
Tayyorgarlik qismi uchun muayyan mashqlarni tanlash gimnastikaning o’ziga xos 
xususiyati, dars o’tish sharoitlari va birinchi navbatda, uning vazifalari, 
shug’ullanuvchilar tarkibi xamda variantga bog’liq.
Gimnastika darsining tayyorgarlik qismiga kiritiladigan mashqlar xar xildir. 
Faqat bitta dars davomida shug’ullanuvchi, odatda, xususiyatiga ko’ra turlicha 
bo’lgan ko’p miqdordagi xarakatlarni bajaradi, bu xarakatlarda insonning butun 
xarakat apparati ishga tushadi. Inson turli xil rejimda ish bajaradi. 
Mashqlar mazmuni dars vazifalariga mos kelishi zarur, agar darsning 
tayyorgarlik qismining asosiy yo’naltirilganligi faqat badan qizdirishga 
mo’ljallangan bo’lsa, unda mashqlar soni xam, ularning shakli esa oddiyroq 
bo’ladi. Agar unda ta’limvazifalari xal etilayotgan bo’lsa mashqlar soni 
ko’paytiriladi va mazmuni o’zgartiriladi.
Mashqlarning almashinishi darsning tayyorgarlik qismi ko’pincha saflanish 
mashqlarini bajarish
1) 
Shug’ullanuvchilarga mashqlar to’g’risida xabar berishning turli xil 
usullaridan foydalanish.
2) 
Yordam ko’rsatish. 
3) 
Xatolarni tuzatish. 



4) 
Shug’ullanuvchilarning maydon bo’lab joylashtirish. 
Darsni o’tkazish vazifalari va sharoitlariga bog’liq xolda o’qituvchi turli 
xildagi axborot berish usullaridan foydalanishi mumkin. 
1.Oddiy usul. Bunda ko’rsatish, gapirib berish bilan olib boriladi. Bu usul 
shug’ullanuvchilar tarkibi uchun qulay va o’qituvchiga mashqning nimaga 
qaratilganligini tushuntirishga, uni tariflab berishga, shuningdek ko’rsatishga 
imkon yaratadi.
2.Gapirib berish usuli. O’qituvchi mashqni ko’rsatmay, uni aytib o’tadi yoki 
gapirib beradi. Axborot berishning bu usuli diqqatni faollashtiradi va 
shug’ullanuvchilarda mashq bajarishga bo’lgan mustaqillikning xosil bo’lishiga 
imkon yaratadi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan mashg’ulotlar 
o’tkazish paytida o’qituvchi syujetli xikoya olib borish mumkin.
Bolalar ximoyani o’zlarining tasavvurlaridan kelib chiqib va xarakatlanish 
tajribalariga tayanib, xarakatlar orqali ifodalaydilar.

Download 338.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling