Mustaqil ish mavzu: gimnastika darslarini tashkil etish va


 Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini o’tkazish


Download 338.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana18.10.2023
Hajmi338.58 Kb.
#1708435
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GIMNASTIKA DARSLARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH

2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini o’tkazish.
Gimnastika umumrivojlantiruvchi mashqlar (U.R.M) deb sog’lomlashtirish 
jismoniy sifatlarni tarbiyalash organizmning funktsional xolatini yaxshilash 
maqsadida bajariladigan, tana va uning qismlaridan shug’ullanuvchilar uchun 
qulay, texnik jixatdan unga murakkab bo’lmagan oddiy xarakatlariga aytiladi. 
Qulayligi 
tufayli bu mashqlar salomatlik guruxlarida o’tkaziladigan 
mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya darslarida –
bolalar, maktab, kasb-xunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida keng qo’llaniladi.
U.R.M majmualaridan ertalabki badan tarbiyada (radio va televideniya orqali 
beriladigan mashqlar shu jumlaga kiradi), asosiy, ritmik va ishlab chiqarish 
gimnastikasi mashg’ulotlarini o’tkazishda foydalaniladi. Sportning xamma turlari 
U.R.M ni o’z trenirovkalari tarkibiga oyoq, qo’l chigalini yozish va muayyan 
jismoniy xususiyatlarni rivojlantirish vositasi sifatida kiritiladilar. U.R.M 
miqdorining ko’pligini quyidagicha tushuntirish mumkin tana va uning aloxida 
qismlari amalga oshira oladigan xarakatlardan xilma-xil tarzda uyg’unlashib, 
mushaklarni zo’riqish darajasi, xarakat tezligi, amplitudasi va yo’nalishini turlicha 
o’zgartirgan xolda foydalaniladi. Dastlabki va oxirgi xolatlarni o’zgarishi xar xil 
predmetlarning, og’ir buyumlar va moslamalarni qo’llanilishi xam mazkur 


11 
mashqlardan foydalanish chegaralarini ancha kengaytiradi. Nisbatan osonlik va 
tobora murakkablashtirib borish imkoniyati U.R.M ni xar qanday xildagi va 
tayyorgarlik turlicha bo’lgan shug’ullanuvchilar uchun qulay qilib qo’yadi. U.R.M 
ni egallash xarakt tayyorgarlik maktab xisoblanadi. Oddiy bo’g’in xarakatlardan 
boshlab shug’ullanuvchilar izchil ravishda tobora murakkab mashqlarga o’tadilar. 
Sportda boshlang’ich tayyorgarlik bosqichi U.R.M ning ko’p bajarilishi bilan 
ajralib turadi.
Mazkur mashqlar o’lchamini (dozasini) belgilash oson, muayyan mushak 
guruxlariga yo’naltirib va saylab ta’sir qilish imkonini beradi. U.R.M ga qomatni 
to’g’ri shakllantirish vositasi sifatida katta axamiyat beriladi. Shubxasiz jismoniy 
tarbiya o’qituvchisi faoliyatida U.R.M dek universal vositalardan foydalanish 
bilan bog’liq bilim, ko’nikma malakalar aloxida o’rin tutishi kerak. Turli 
kontingentlarning mashg’ulotlarida U.R.M ni oqilona qo’llash quyidagilarni 
nazarda tutadi:
- muayyan mashqlarning katta miqdori egallanganligi (ko’rsatishni bilish, 
atamalarni atay olish):
- Xar bir mashqning xususiyati, uning yo’nalishini bilish:
- Vazifalardan kelib chiqib, mashqlar majmualarini tuza olishni:
- Xar xil usullar bilan (aytib, ko’rsatib berish topshiriq bo’yicha o’yin usuli 
bilan va x.k)
- U.R.M ga o’rgatish xamda mashg’ulotlarni o’tkaza olish:
- U.R.M mashg’ulotlarni tashkil etish usullarini bilishni:
- Xal etilayotgan vazifalar va shug’ullanuvchilarning axvolidan kelib chiqib, 
nagruzka o’lchamini belgilay bilishni umumrivojlantiruvchi mashqlarni anatomik 
belgisiga qarab mashqlarni tananing turli qismlari uchun guruxlab tasniflash qabul 
qilingan .
1. 
Qo’l va yelka qismlari uchun mashqlar:
2. 
Bo’yin mashqlari: 
3. 
Oyoq va tos qismlari uchun mashqlar:
4. 
Gavda uchun mashqlar:


12 

Download 338.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling