Mustaqil ish mavzu: gimnastika darslarini tashkil etish va


Bo’laklarga ajratish usuli


Download 338.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana18.10.2023
Hajmi338.58 Kb.
#1708435
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GIMNASTIKA DARSLARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH

3.Bo’laklarga ajratish usuli
Bu usulda o’qituvchi mashqni bo’laklarga bo’lgan xolda ko’rsatadi va 
tushuntiradi xamda shug’ullanuvchilarga uni ko’rsatish bilan birga bajarishni taklif 
qiladi. Ko’rsatish orqali mashqlarning xar bir qismining aniq bajarilishi 
ta’minlanadi.
4. Faqat namoyish qilish usuli.
O’qituvchi shug’ullanuvchilarga mashqning nomini aytmasdan, uni namoyish 
qiladi. Namoyishdan so’ng u mashqni boshlash va tugatish uchun zarur 
buyruqlarni berish mumkin, balki shug’ullanuvchilarga o’zining xarakatlariga 
o’xshatib bajarishni taklif qilishi mumkin. Bunda o’qituvchi butun majlisda yoki 
uning bir qismi oxirigacha xech narsa aytmaydi. Bu usulni turli xildagi kontingent 
bilan narsa shug’ullanish paytida qo’llash mumkin, lekin u bolalar bilan 
o’tkaziladigan mashg’ulotlarda yaxshi natijalar beradi. Usul o’ziga xos o’yinni 
eslatadi. Bolalar o’qituvchining xarakatlarini aniq o’xshatishga astoydil xarakat 
qiladilar. 



Yordam ko’rsatish. Mashqlarni aniq uyg’unlikda bajarilishi uchun 
o’qituvchi aytib turish, orqali shug’ullanuvchilarga yordam ko’rsatadi. 
Xatolarni tuzatish. Odatda ko’pgina shug’ullanuvchilar u yoki bu mashqlarni 
bajarishda xatoga yo’l qo’ydilar. Bu xollarda o’qituvchi tezda xatolarni yo’q qilish 
choralarini ko’rish lozim. Bahzan u, mashqni to’xtatmay turib, yo’l qo’yilgan 
xatolarni aytib o’tadi.
Bunda bajarilayotgan mashqni surhati va maromiga mos xolda ko’rsatmalarni 
berish maqsadga muvofiqdir. Agar ko’p shug’ullanuvchilar xatoga yo’l qo’ysa, bu 
xolda mashq bajarishni to’xtatish va tegishli tuzatishlarni kiritish maqsadga 
muvofiq.
Xatolar tuzatishning bu usuli o’quvchilarga mazkur mashqning nimaga 
qaratilganligi va yo’l qo’yilgan xatolarning qanday oqibatlarga olib kelishi 
to’g’risida 
batafsil 
gapirib 
berishga 
o’qituvchisiga 
imkon 
yaratadi. 
Shug’ullanuvchilarning maydonda joylashishi. Shug’ullanuvchilarning 
mashqini mustaqil bajarish ko’p xollarda ularning maydonda joylashishiga 
bog’liq. Kalonnaning chap qatori, o’qituvchiga yaqin joylashgan vaziyat 
mashqlarni o’tkazish uchun qulay bo’lishiga qaramasdan bunday vaziyatni xar 
doim xam saqlash shart emas. Aksincha kallonnadagi boshlovchilarni, ularning 
bo’yidan qathiy nazar, muntazam o’zgartirib turish maqsadga muvofiq. Bu 
guruxdagi xamma shug’ullanuvchilar uchun bir xil mashqlarni bajarishda o’nga, 
chapga, 
aylanib, 
sherenga 
va 
kolonlarda 
bir-biriga 
yuzma-yuz 
turib 
xarakatlanishlar orqali ularni o’zgartirib turish lozim.

Download 338.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling