Mustaqil ish mavzulari Qoraqalpoqg‘iston geologiyasiga umumiy geografik ta'rif
Download 112.62 Kb.
|
Mustaqil ish mavzulari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu: Qoraqalpoqg‘iston geologiyasiga umumiy geografik tarif
Mustaqil ish mavzulari Qoraqalpoqg‘iston geologiyasiga umumiy geografik ta'rif. Paleozoy va mezozoy jinslaridan tuzilgan erozion-tektonik tog‘lar. Bo‘r va uchlamchi davr yotqiziqlaridan tuzilgan qatlam denudatsiyalashgan ustyurtlik bilan platolar. 4. Deflyatsiya jarayoni natijasida paydo bo‘lgan akkumulyativ tekisliklar. 5. O‘lkamizning qazilma boyliklari, ulardan foydalanishning sharoitdagi perespektivalari. O‘lkamiz iqlimi va iqlim resurslari. 7. O‘lkamiz iqlimining paydo bo‘lish o‘zgachaliklari O‘lkamizning suvlari va suv resurslari O‘lkamizning tuprog‘i va yer resurslari Qoraqalpog‘istonning o‘simlik va hayvonot dunyosi, bioogik resurslari Qoraqalpog‘istonning tabiiy resurslari va unga xo‘jalik jihatidan baho berish Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning bosh yo‘nalishlari Qoraqalpog‘istonning xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi Qoraqalpog‘istoning ichki rayon o‘zgachaliklari Kelajakda Qoraqalpog‘istonning qishoq xo‘jaligi yerlarida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish 1-mavzu: Qoraqalpoqg‘iston geologiyasiga umumiy geografik ta'rif Qoraqalpog'istonning kopchilik hududi geologik koz qarashdan Turon platformaning ajralmas bir bolagi. U tektonik tomondan qadimgi eralardan buyon turg'un bolib qolgan, harakatsiz, turg'un hudud. Mezozoy erasigacha bu yerlar geosinklinallar hisoblanib, tog' paydo bolish jarayoni paleozoyning oxirida tamomlangan. Shuning uchun xam platformaning fundamentning mezozoygacha davrlarda yotqizilgan chokindi tog' jinslaridan oxak tosh, metamorfizmga uchragan soz loy (slanets), magma jinslaridan granit, gneys, serpenninglar tashkil qiladi. Bu fundament qatlam paleozoy erasida paydo bolgan. Qadimgi qurg'oqlikning paydo bola boshlagan kunlaridanoq yerning yuzasi yuvilish jarayonida uchrab, asta-sekin yemirilib, nurab tekislana boshlagan. Keyinchalik platforma davri boshlanganda, yer yuzasi asta-sekin chokib, paleozoy jinslarining ustida yangidan mezozoy va kaynozoy qatlamlari toplana boshlaydi. Natijada hozirgi kunda ular (qadimgi davr yotqiziqlari) ancha chuqurda yotibdi. Fundament Ustyurtda 1000 m dan (Shaqpaqti) 6000 metrga (Borsakelmas) deyin chuqurlikda yotgan bolsa, Amudaryo deltasinda ancha yuqorida (Qongirotda 2000 m, Xojayli bilan Nukusda 1000 m, To'rtkulda 500 m) yotibdi. Sultan Uvays tog'ida fundament qatlam yer ustida chiqib yotibdi. Fundamentti yopib yotgan chokindi tog' jinslarining qalinligi sol hududdagi shu davrda bolgan fizik-geografik sharoiti bilan zich bog'liq. Masalan, trias davri yotqiziqlari Ustyurtda 1000-2000 metrga gacha qalinlikda uchraydi. Ular Amudaryo etagida va Qizilqumda yoq. Chunki, trias davridagi Ustyurt hududining chokishi yotqiziqlarning (qizil rangli qum, tosh va soz loylar) toplanib qolishi chinkka sharoit tugdirsa, boshqa rayonlar hududining kotarilgan ekanligi yuvilish jarayonini faollashtirib yuboradi. Yura davrida Ustyurt bilan bir qatorda Amudaryoning etaklari ham choka boshlaydi. U yura davri yotqiziqlarining organik moddalarga boy Ustyurtda 1000-1500 metrga va Amudaryoning etagida 250500 metrga gacha qalinlikda toplanib qolish chinkka sharoit tugdiradi. Qizilqumning balandlikda ekanligiga bog'liq uning hududida yuvilish jarayoni davom etadi. Keyinchalik Qizilqumda yura davri yotqiziqlari uchramaydi. Bor davri yotqiziqlarining ham (qizil va qongir rangli qum - loylar, mergel) hudud boyicha joylashishi birday emas. Uning qalinligi Ustyurtda 1200 m, Amudaryo etaklarida 600-700 m bolib, Qizilqumda u yanada kamayadi. Ularning yer yuzasiga chiqib qolgan uchastkalar Sulton Uvays tog'ida, Oqtumshuqning dengiz etagida, Moynaqda, Qiziljarda va Xojaylida esa ayrim tepalik shaklidagi tepalarda uchraydi. Paleogon davrida respublikamiz hududida dengiz sharoitida yotqizilgan, kopincha bir turdagi yashil loy qatlamlari keng tarqalgan bolsa, neogen yotqizigida ohaktoshlarning koproq uchrashini ko'ramiz. Hudud boyicha tarqalgan paleogen yotqiziqlarining qalinligi 0 metrdan 600 metrgacha yetadi. Chunki paleogen davrining oxirida hamma yerda birdan kotarilish paydo bolib, yuvilish jarayoni faollashgan. Natijada Markaziy Ustyurtda, Amudaryo etaklarida, Qizilqumda paleogen yotqiziqlari kamayib, ayrim yerlarda yoqolib nurab, yuvilib ketgan. Paleogen davridagi kotarilishdan keyin Qizilqumda ko'plab yerlar hozirgi vaqtgacha dengiz ostiga tushmagan. Qolgan yerlarda neogen davrida dengiz hukm surgan. U to'rtlamchi davrda chekina boshlagan. Natijada dengiz suvlari respublikaning hududini butunlay deyarli tashlab ketgan. Ustyurtda tortlamchi davrda yuvilish jarayoni ustunlik etganligigan yerining yuzasida kopincha sarmat hak tasli qatlamdi (neogenning yuqori bo'limi) uchratamiz. Amudaryo etaklariga shu ku'nge gacha vaqti-vaqti bilan yuvilish va yotqiziqlarning toplanish protsesslari xarakterli. Qizilqumda bolsa, paleogennen berli uning kotarilmegeni uchun faqat jemirilish jarayoni davom etmoqda. Keyinchalik tortlamchi davr yotqiziqlari Qizilqum va Ustyurt platosiga qaraganda Amudaryoning deltasinda juda qalin va ko'p darajada uchraydi. Demak, Qoraqalpog'iston hududi o'zining platformalik rivojlanish tarixida, yani mezozoy, kaynazoy yerlarida doimo dengiz ostida bolgan. Shuning uchun respublikamizning kopchilik hududi chokindi tog' jinslarining qalin qatlamlari bilan qoplanib yotibdi. Biroq bu qatlamlar bir tekis qalinlikka ega emas (300-500 metrga gacha). Ularning yoq yerlariyam bor. U karlarda fundament yer ustiga chiqib yotibdi. Download 112.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling