Mustaqil ish mavzulari Qoraqalpoqg‘iston geologiyasiga umumiy geografik ta'rif


-mavzu: Kelajakda Qoraqalpog‘istonning qishoq xo‘jaligi yerlarida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish


Download 112.62 Kb.
bet19/19
Sana17.06.2023
Hajmi112.62 Kb.
#1543172
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mustaqil ish mavzulari

15-mavzu: Kelajakda Qoraqalpog‘istonning qishoq xo‘jaligi yerlarida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish

Kelajakda suv resurslaridan oqilana foydalanish rejasiga bog`liq holda qishloq xo`jaligida foydalanadigan ekin erlarning tarkibiga ayrim o`zgarishlar kiritiladi. Sholining maydoni qisqaradi. Uning o`rniga suvni kam talab qiladigan makkajo`xori, arpa, bug`doy va suli ekinlarning maydoni kengaytiriladi. Bu shimoliy rayonning ayrim rayonlarida (Qorao`zyak, Chimboy, Qo`ng`irot) paxtaning ekin maydonini qisqartirishga va uni boshqa donli ekinlarning ekin maydonlari bilan almashtirishga imkon tug`diradi.
Shu bois, termik resurslar bilan kam ta`minlangan shimoliy rayonda xalq xo`jaligi uchun katta ahamiyatga ega, shuningdek, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish maqsadida mo`ljallangan tarmoqlar sifatida g`allachilik, mol-chorvachiligi, bog`dorchilik va savzabotchilik rivojlantirilmoqda. Shimoliy rayonning asosiy sanoat kompleksi Qo`ng`irot-Ustyurt, Chimboy-Qushqonatov sanoat bo`g`inida jamlanadi. Buning asosini energetika sanoati, kimyo sanoati mashina sozlash korxonalari, qurilish materiallari sanoati, engil va oziq-ovqat sanoati, transport, aloqa korxonalari va boshqalar egallaydi.
Keyingi yillarda hozirgi zamon talabi rejalariga javob beradigan ishlab chiqarish bazalarining ishga tushishiga bog`liq Qo`ng`irot, Chimboy shaharlari rivojlanib bormoqda.
Qoraqalpog`istonda keyingi yillar ichida Qo`ng`irot, Chimboy shaharlari katta rivojlanish bosqichlaridan o`tdi. Oldingi manzarada yirik neft`-kimyo sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan yirik sanoat mshimolzi sifatida Qo`ng`irot, Chimboy shaharlari o`sib, rivojlanadi. Bu nomi atalgan shaharlar qulay transport bo`g`inida joylashib, Taxiatosh-Xo`jayli-Qo`ng`irot-Biynau-Aleksandrov Gay dasturida ishlab turgan temir yo`l tarmog`i orqali Rossiya federatsiyasi va boshqa evropa davlatlari bilan ham to`g`ri aloqa qiladi. Oldingi manzarada esa Taxiatosh-Nukus-Chimboy-Qizilurda dasturidagi temir yo`l tarmog`i to`liq ishga tushishi shimoliy rayonning ko`pchilik ma`muriy mshimolzlarini obodonlashtirishga va Qizilqumning katta hajmdagi boyliklarini xalq xo`jaligi sohalariga o`zlashtirishga yo`l ochadi. Bu oxirgi hisobda shimoliy tabiiy-iqtisodiy rayonning ishlab chiqarish kuchlarini ixtisoslashish darajasini etishtiradi va rayonning yirik g`allachilik, chorvachilik, shahar atrofi xo`jaligini samoroli yo`l bilan rivojlanishiga imkon yaratadi.
Download 112.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling