Mustaqil ish mavzulari Qoraqalpoqg‘iston geologiyasiga umumiy geografik ta'rif


-mavzu: O‘lkamizning suvlari va suv resurslari


Download 112.62 Kb.
bet12/19
Sana17.06.2023
Hajmi112.62 Kb.
#1543172
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Mustaqil ish mavzulari

8-mavzu: O‘lkamizning suvlari va suv resurslari
Reja:

  1. Amudaryo

Ko‘llar

  1. Orol dengizi



  1. Amudaryo mintaqadagi barcha suvlarning rejimini o‘z ta’sirida saqlaydi va respublikaning xalq xo‘jaligi majmuasining rivojlanish darajasini aniqlaydi. Amudaryo O‘rta Osiyodagi eng katta daryo. Amudaryo Hindikush tog‘larining shimoliy yonbag‘irida 4950 m balandlikda joylashgan Vrevskiy muzligidan Vaxjir nomi bilan boshlanadi. U cho‘l rayonida joylashganganiga qaramasdan sersuv daryo hisoblanadi.

Amudaryo Orol dengizigacha keng hududni egallab u yengil allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan hududlar orqali o‘tadi, cho‘kindi jinslarni oqizib ko‘p miqdordagi loyqalarni olib keladi. Uning har bir kub metr oqqan suvida o‘rtacha hisob Bilan 5-10 kg gacha loyqa mavjud. Yil davomida Amudaryo orqali oqadigan suvning ko‘p miqdori dehqonchilikda foydalaniladi. Dehqonchilikda foydalaniladigan Amudaryo suvi Qoraqalpog‘iston hududida asosan yirik to‘rt irrigatsiya tizimlari: Paxtaarna, Nazarxon-Qipchoq, Suvenli va Qizketken kanallari orqali yetkazib beriladi. Ularning har biri Amudaryo alohida suv oladigan, ekin maydonlarini nasos yordamida sug‘oradigan magistral kanallarini o‘ziga biriktiradi. Respublikaning eng janubiy birinchi bo‘lib Paxtaarna irrigatsiya tizimi boshlanadi.
Bu tizimda Paxtaarna, Nayman, Beshtom nasos kanali bilan birriktrilgan. Ular To‘rtkul, Elliqal’a va Beruniy tumanlari xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlaydi. Paxtaarna kanali daryoning o‘ng tomonida joylashgan To‘ymo‘yindan boshlanadi. To‘rtkul va Ellikqal’a tumanlarining ekin maydonlari Paxtaarna magistral kanalidan, Beruniy tumanining bir qismi o‘rtacha kattalikdagi uch kanal- Nayman, Beshtom, Bo‘zyopdan va Nayman –Beshtom nasos stansiyasidan suv ichadi.
Nazarxon –Qipchoq irrigatsiya tizimi Jumartov-Qoratov oralig‘ida joylashgan bo‘lib, u daryoning o‘ng tomonidan joylashgan. Nazarxon kanali ham daryoning chap qirg‘og‘ida joylashgan.


  1. Umuman olganda Qoraqalpog‘istonda ko‘llar ko‘p. Ammo ular hududiy bo‘yicha bir tekis joylashmagan. Ayniqsa Amudaryoni deltasi ko‘llarga boy. Ularning ko‘pchiligining (Dao‘itko‘l, Sudoche, Xojako‘l, Yomonsay, Qaroko‘l, Jekenli va boshq.) foyda bo‘lishi Amudaryo va uning irmoqlari bilan bog‘liqli. Ayrimlarining foyda bo‘lishi va yashashi (Ushqulash, Turdiboy, SHanishqili va boshq. ko‘llar) sug‘orish kanallari bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liqli.

Respublikamizning xo‘jalikaro kichik kanallardan chuqurliklarga oqib tushgan suvlar hisobidan da unchalik katta bo‘lmagan suv oydinlari foyda bo‘lganlaridan, Ko‘pning ko‘li, Ilmeko‘l, Mashanko‘l (Qo‘ng‘irot tumani), Mo‘nshoqli va Qaroko‘l (SHo‘manoy tumani), Qarotarang, Mao‘din ko‘li va Atako‘l (Taxtako‘pir tumani), Ko‘kshiyel (Kegeyli tumani), Qirqqiz ko‘li (To‘rtkul tumani) va Aqsha ko‘l (Beruniy tumani).


Download 112.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling